61
III bob. IQTISODIY O„SISHNING YOPIQ VA OCHIQ
MODELLARI
3.1. Iqtisodiy o„sish va byudjet-soliq siyosati.
3.2. Investitsiyalarning ichki iqtisodiy harakati.
3.3. Milliy daromadning intensivlik dinamikasi.
3.4. Ijtimoiy ishlab chiqarish va uning tashqi muhit bilan o„zaro bog„liqligi.
3.5. Ochiq ishlab chiqarish jarayoni modeli.
3.6. Yopiq iqtisodiyot va uning xususiyatlari.
3.1. Iqtisodiy o„sish va byudjet-soliq siyosati
Byudjet-soliq siyosatining iqtisodiy o‗sishga ta‘sir etish mexanizmlari
xususiyatlari, uning o‗zgarishlarida vujudga keladigan
katta miqdordagi ijobiy va
salbiy oqibatlarning mavjud bo‗lishi bilan ifodalanadi hamda ushbu jarayon vaqt
bo‗yicha keskin farq qilishi mumkin. Xususan, tibbiyot va ta‘lim xarajatlarining real
o‗sishi inson kapitali sifatini va iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini o‗rta
davrga
mo‗ljallangan muddatga oshiradi. Boshqa tomondan esa, agar qo‗shimcha
byudjet
xarajatlari soliq stavkalarini oshirishni taqozo etsa, bu esa aholining egalik qiladigan
daromadlari va tovar ishlab chiqaruvchilar foydasining pasayishiga olib keladi.
Buning natijasida jamg‗arish qisqarib, korxonalaring investitsiya faolligi pasayadi.
Yuqorida ko‗rib chiqilgan inson kapitali sifati o‗sishidan
keladigan ijobiy samaraga
nisbatan, o‗sish uchun salbiy samara tez sodir bo‗ladi.
Agar byudjet xarajatlari o‗sishi byudjet kamomadlariga mos ravishda o‗sib
borsa, bunda qisqa muddatli davrda pul hajmi ortadi va inflyatsiya jarayonlari
tezlashib, foiz stavkalari oshadi hamda iqtisodiy o‗sishga to‗sqinlik
qiluvchi omillar
va boshqa muammolar paydo bo‗ladi.
Byudjetning xarajat va daromad ko‗rsatkichlarining muayyan vaqt bo‗yicha
qatorlari absolyut ko‗pchiligining statsionar xarakteri ekonometrik tahlil o‗tkazishga
hamda byudjet boshqaruvi doirasida ham, iqtisodiy siyosatning
boshqa turlarining
doirasida ham statistik ahamiyatga ega bo‗lgan o‗zaro aloqalarining mavjudligi
62
haqidagi gipotezani tekshirish imkonini beradi.
Byudjet tahlili natijalarining ko‗rsatishicha, hisobot davridagi oxirgi 6-8
yilda
byudjetning xarajat va daromadlari qisqarishining barqaror tendensiyasi shakllandi.
Ekonometrik tahlil natijalari byudjet daromadlarining qisqarishiga turli xildagi
byudjet xarajatlarining turlicha bog‗liqligi haqidagi gipotezani tasdiqladi.
Mavjud byudjet statistikasi hisoboti byudjet xarajatlarining to‗rt xilini:
davlat
investitsiyalari uchun xarajatlar
Dostları ilə paylaş: