59
3. Tabiiy boylik.
Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishning, unumli
mehnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda mahsulotlarning joriy
iste‘mol qilishdan ortiqcha qismini jamg‗arish oqibatida vujudga keladi va o‗sib
boradi. Ammo, moddiy-buyumlashgan boylikni qator
yillardagi yillik yalpi
mahsulotlar yig‗indisi sifatida tasavvur qilish noto‗g‗ri bo‗lar edi. Chunki, bu
boylikning bir qismi har yili ishdan chiqarib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab
chiqarish vositalari, iste‘mol buyumlari). Shu sababli ishlab
chiqarish vositalarining
o‗rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy-
buyumlashgan boylik sifatida jamg‗arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy
buyumlashgan boylikning o‗sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.
Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga
ega bo‗lib, tarkibiy tuzilishi bo‗yicha qo‗yidagilarni o‗z ichiga oladi:
- ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);
- noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);
- aylanma kapital (fondlar);
- tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi;
- moddiy zaxiralar va ehtiyojlar;
- aholining uy, tomorqa va yordamchi xo‗jaligida jamg‗arilgan mol-mulk.
Moddiy-buyumlashgan boylik o‗sishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni
ajratib ko‗rsatish mumkin:
- mehnat unumdorligining o‗sishi;
- ishlab chiqarish samaradorligining ortishi;
- milliy daromadda jamg‗arish normasining ortishi.
Tabiat in‘omlari o‗zlarining dastlabki ko‗rinishida tabiiy boylik bo‗lib, shu
holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi.
Buning ma‘nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun
faqatgina potensial boylik
hisoblanadi. Ular inson mehnatining ta‘siri oqibatida real boylikka aylanadi. Milliy
boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning bir qismi nomoddiy
ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning nomoddiy boyligi
60
hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda ashyoviy-buyum shakli bilan bog‗liq bo‗lmagan
alohida turdagi iste‘mol qiymatlar hosil qilinadi. Ular
ham moddiy ishlab chiqarish
sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun, shuningdek bevosita aholining
turmush darajasini ta‘minlash va oshirib borish uchun zarur bo‗ladi. Bunday boyliklarga
ta‘lim, sog‗likni saqlash, fan, madaniyat, san‘at, sport sohalarida vujudga keltiriladigan
nomoddiy qimmatliklar kiradi. Uning
tarkibida tarixiy yodgorliklar, arxitektura
obidalari, noyob adabiyot va san‘at asarlari alohida o‗rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: