O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#161876
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   110
Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta

L
AK
Y
,


46 
bu yerda: 
Y
– ishlab chiqarish hajmi; 
K
– kapital sarflari; 
L
– ishchi kuchi sarflari; 
A

, - ishlab chiqarish funksiyasining koeffitsientlari; 
A
– avtonom texnik taraqqiyot 
koeffitsienti;
va - ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi va kapital sarflari bo‗yicha 
elastiklik koeffitsientlari. 
Elastiklik koeffitsienti bir ko‗rsatkich miqdorining foizda o‗zgarishi natijasida 
boshqa bir ko‗rsatkich miqdorining o‗zgarish darajasini ifodalaydi. Shunga ko‗ra,
koeffitsienti kapital sarflarining 1% ga o‗sishi, ishlab chiqarish hajmining necha 
foizga o‗sishini, koeffitsienti esa ishchi kuchi sarflarining 1% ga o‗sishi ishlab 
chiqarish hajmining necha foizga o‗sishini ko‗rsatadi. va ning yig‗indisi ishchi 
kuchi va kapital sarflarining bir vaqtning o‗zida 1% ga o‗sishi ishlab chiqarish 
hajmining necha foizga o‗sishini ko‗rsatadi. 
Ch.Kobb va P.Duglas o‗z tadqiqotlarida AQSh qayta ishlash sanoatining 1899-
1922 yillar mobaynidagi ish faoliyatini tahlil qilib, ishlab chiqarish funksiyasining 
ko‗rsatkichlarini aniqlashga harakat qilganlar va u quyidagi ko‗rinishda:
75
,
0
25
,
0
01
,
1
L
K
Y

Bu ko‗rsatkichlar shuni anglatadiki, o‗sha davrda AQSh qayta ishlash 
sanoatida kapital sarflarining 1% ga oshirilishi ishlab chiqarish hajmini 0,25% ga, 
ishchi kuchi sarflarining 1% ga oshirilishi esa ishlab chiqarish hajmini 0,75% ga 
oshishiga olib kelar ekan.
Keyinchalik Kobba-Duglasning ishlab chiqarish funksiyasini Golland 
iqtisodchisi Yan Tinbergen yanada takomillashtirib, unga yangi omil - texnika 
taraqqiyoti ko‗rsatkichini kiritdi. Natijada ishlab chiqarish funksiyasi formulasi 
quyidagi ko‗rinishni oldi: 
rt
e
L
AK
Y
1

bu yerda: 
e
rt
– vaqt omili. 
Ishlab chiqarish funksiyasiga vaqt omilining kiritilishi endilikda nafaqat 
miqdor, balki «texnika taraqqiyoti» atamasi orqali uyg‗unlashuvchi sifat o‗zgarishlari 
- ishchi kuchi malakasining o‗sishi, innovatsiya jarayonlarining kuchayishi, ishlab 


47 
chiqarishni tashkil etishning takomillashuvi, jamiyat miqyosida ma‘lumotlilar 
darajasining oshishi va boshqalarni ham aks ettirish imkonini berdi. 
Iqtisodiy o‗sishning keynscha modeli makroiqtisodiy muvozanatning keynscha 
nazariyasini rivojlantirish va unga tanqidiy yondashish natijasida vujudga kelgan. Bu 
modellar orasida ingliz olimi R.Xarrod va amerikalik olim E.Domarning iqtisodiy 
o‗sish modellari e‘tiborga molik hisoblanadi. Har ikkala modelning umumiy jihatlari 
mavjud bo‗lib, ular quyidagilar orqali shartlanadi: 
1) Ular neoklassik modellardan farqli o‗laroq bir omilli model hisoblanadi. 
Ya‘ni, bu modellarda milliy daromadning o‗sishi faqat kapital jamg‗arishning 
funksiyasi hisoblanib, kapital samaradorligiga ta‘sir ko‗rsatuvchi ishchi kuchi 
bandligining oshishi, fan-texnika taraqqiyoti (FTT) yutuqlaridan foydalanish 
darajasining o‗sishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi kabi boshqa 
barcha omillar nazardan chetda qoldiriladi;
2) Ishlab chiqarishning kapital sig‗imi ishlab chiqarish omillari narxlarining 
nisbatiga bog‗liq bo‗lmay, faqat ishlab chiqarishning texnik sharoitlari orqali 
aniqlanadi. 
Neokeynscha modelda investitsiyalarning o‗sishi iqtisodiy o‗sish va uning 
sur‘atlarini belgilovchi omil hisoblanib, u bir tomondan, milliy daromadning 
o‗sishiga imkon yaratadi, ikkinchi tomondan esa, ishlab chiqarish quvvatlarini 
kengaytiradi. O‗z navbatida daromadning o‗sishi bandlikning oshishiga imkon 
yaratadi. Investitsiya hajmining ko‗payishi natijasida kengaytirilgan ishlab chiqarish 
quvvatlari daromadning o‗sishi orqali to‗liq ishga tushirilishi lozim. 
Iqtisodiy 
o‗sishning E.Domar modeli. Bu model makroiqtisodiy 
muvozanatning keynschilik nazariyasini tanqidiy qayta ishlash va rivojlantirish 
sifatida vujudga keldi. Ma‘lum bo‗lganidek, Keynsning asosiy maqsadi - rivojlangan 
mamlakatlarda ommaviy ishsizlik va ishlab chiqarish quvvatlaridan to‗liq 
foydalanmaslik sabablarini aniqlash edi. Bu hodisa 1929-1933 yillarda ―Buyuk 
depressiya‖ davrida halokatli o‗lchamlarga erishib, bu vaqtda nafaqat yangi kapital 
qo‗yilmalarga, balki asosiy kapitalni yangilashga ham imkoniyat yo‗q edi. Shu 


48 
sababli Dj.Keyns nazariyasini fanda depressiv yoki stagnatsiyalanuvchi iqtisodiyot 
nazariyasi deb atashadi. 
Urushdan keyingi davrda g‗arb mamlaktlaridagi iqtisodiy holat o‗zgardi – 
iqtisodiy o‗sish masalalariga olimlar diqqatini qaratgan yuqori kon‘yunktura davri 
boshlandi. Biroq, yangi sharoitlarda keynschilik nazariyasi chetga surib qo‗yilmadi, 
balki sifat jihatdan yangi muammolarni hal qilish uchun ijodiy o‗zgartirildi. Chunki, 
bu nazariya bozor iqtisodiyoti amal qilishining bir qator fundamental savollariga 
javob bera olar edi. Milliy daromad, iste‘mol, jamg‗arma va investitsiyalar kabi 
iqtisodiy miqdorlarga asoslanib, Dj.Keyns iqtisodiy faoliyat darajasining o‗zgarishini 
tushuntira oladigan modelni ishlab chiqdi. U iqtisodiy pasayish va ishsizlikning 
o‗sishi davrida iste‘mol va jamg‗armalar, shu jumladan, investitsiyalar qisqarishini 
isbotladi. Shuning uchun, yalpi talab o‗sishining haqiqiy dastaklari mavjud 
bo‗lmagan taqdirda, Dj.Keynsning fikricha, hukumat talabni tartibga solish chora-
tadbirlaridan foydalangan holda iqtisodiyotga aralashishi zarur. Talabni soliqlarni 
pasaytirish orqali yoki davlat xarajatlarini ko‗paytirish orqali oshirish mumkin, bu esa 
o‗z navbatida iqtisodiy faollikni jonlantiradi. 
Iqtisodiy o‗sish neokeynschilik modelining mohiyati nimada? 
1.
Ularning barchasi Dj.Keynsning asosiy postulati – yalpi talabga asoslanadi. 
Modellarni qurishda ularning mualliflari muvozanatlashgan iqtisodiy o‗sishning hal 
qiluvchi sharti - yalpi talabning oshishi ekanligidan kelib chiqishgan. 
2.
Iqtisodiy o‗sishning asosiy omili bo‗lib, kapital qo‗yilmalar (investitsiyalar) 
hisoblanadi, ular multiplikatorlar orqali daromadni oshiradi yoki o‗zi daromad 
oshishining natijasi hisoblanadi (akselerator ta‘sirida). Qolgan barcha ishlab chiqarish 
omillari (bandlikning oshishi, uskunalardan foydalanish darajasi, ishlab chiqarishni 
tashkil etishning yaxshilanishi) hisobga olinadi va modeldan chiqarib tashlanadi. 
Bunda bu modellarning keynschilik tabiati va neoklassik nazariyalardan asosiy 
farqlanishi mujassamlashgan. 
Shunday qilib, o‗sishning neonekeynschilik modeli ikki o‗ziga xos xususiyat 
bilan xarakterlanadi: 


49 
iqtisodiy o‗sishga daromad darajasi bilan belgilanadigan talab nuqtai 
nazaridan yondashish;
investitsiyalarning iqtisodiy o‗sishdagi muhim roli bilan, chunki daromad 
kapitalning jamg‗arilishiga bog‗liq (demak, yalpi talab hajmi ham). 
Iqtisodiy o‗sishning neokeynschilik modellari kelib chiqishi Polshalik bo‗lgan 
amerikalik iqtisodchi E.Domar va ingliz iqtisodchisi R.Xarrod tomonidan 
shakllantirilgan. Ular tomonidan olingan natijalar shunchalik bir-biriga yaqin ediki, 
natijada fanda ular Xarrod-Domar modeli deb atala boshlandi. Biroq, modellarda 
o‗ziga xoslik borligi tufayli, ularning har birini ko‗rib chiqamiz, xulosa qilib esa 
ularni umumlashtiruvchi holatga e‘tiborni qaratamiz. 
Iqtisodiy o‗sishning E.Domar modeli. E.Domar uning modeli keynschilik 
an‘analariga xosligi va keynschilik fundamentiga asoslanganini aniqligini tan olgan, 
ammo, shu bilan birga keynschilik modelining investitsiyalar va iqtisodiy dinamikaga 
tegishli qismiga o‗z hissasini qo‗shganligini ta‘kidlab o‗tgan. 
Oldindan o‗rnatilganidek, Dj.Keyns tizimida daromadlarning shakllanishi 
investitsiya funksiyasi hisoblanib, ular multiplikator samarasi orqali yalpi talab va 
bandlikni oshiradi. Boshqacha qilib aytganda, Dj.Keyns davlat xarajatlariga, ayniqsa 
ularning jamoat ishlarini amalga oshirish bilan bog‗liq qismiga (yo‗l, ko‗prik qurish 
va boshqalar) alohida e‘tibor qaratgan. 
Nega u ommaviy bozor mahsulotlari ishlab chiqarishga, masalan avtomobillar, 
kir yuvish mashinalari yoki mebel ishlab chiqarishga e‘tibor qaratmagan? Chunki, 
qayta ishlab chiqarish (samarasi) talabni hosil qilish bozorga ortiqcha tovar massasini 
chiqarishdan ko‗ra muhim edi. Shuning uchun Dj.Keyns investitsiyalarning tovar 
taklifiga ta‘sirini o‗z tahlilidan qolgan ishlab chiqarish quvvatlari mavjudligini tahlil 
qilgan holda ham shunday qildi. (yangi zavodlarga investitsiya qilishga mavjudlari 
turganda hojat yo‗q). 
Aynan shu punktda E.Domar, Dj.Keyns nazariyasiga aniqlik va qo‗shimcha 
kiritdi – unda investitsiyalar nafaqat daromadlarni shakllantirish, balki quvvatlarni 
yaratish, ishlab chiqarishni va tovarlar taklifini rivojlantirish omili hamdir. Bu orqali 
E.Domar investitsion jarayonning ikki xilligiga e‘tibor qaratdi, uning fikricha, milliy 


50 
daromadning muvozanatli o‗sish modeli mohiyati ham shundan iborat. Boshqacha 
aytganda, u iqtisodiyotning muvozanatlashgan holatidan kelib chiqqan (ya‘ni, umumiy 
talabni ifodalovchi ishlab chiqarish quvvatlariga teng bo‗lganda). 
Undan keyin E.Domar quyidagi savolni qo‗ydi: agar investitsiyalar ishlab 
chiqarish quvvatlarini oshirsa va shu bilan birga qo‗shimcha daromadlarni 
shakllantirsa, unda daromad o‗sishi sur‘ati ishlab chiqarish quvvatlari o‗sishi 
sur‘atlariga teng bo‗lishi uchun investitsiyalar qanday o‗sishi kerak? Bu savolga 
javob berish uchun E. Domar uchta tenglamalar tizimini tuzdi: 
1)
taklif tenglamasi; 
2)
talab tenglamasi; 
3)
taklif va talab tengligini ifodalovchi tenglama. 
1.
Taklif tenglamasi investitsiyalar hosil qiladigan ishlab chiqarish quvvatlari 
o‗sishini ko‗rsatadi. 
Yaratilgan ishlab chiqarish quvvatlari hisobiga olinadigan ishlab chiqarish 
o‗sishi 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin