137
tarzining o‗zagi hisoblanadi. Intellektual faoliyat uning qo‗shimcha qismi bo‗lishdan
to‗xtadi. Moddiy va pul shaklida kapital to‗plash, axborotni to‗plash va o‗zlashtirish,
kredit berish va ijodiy faoliyatga avans ajratishga o‗z o‗rnini bo‗shatib bermoqda.
Foydali qazilmalarni topish aqlli odamlar, g‗oyalar, ixtiro
va konsepsiyalarni topish
sa‘y-harakatlari tomonidan ikkinchi o‗ringa surilishi mumkin. Shuningdek, bandlik
tuzilmasida ham jiddiy o‗zgarishlar ro‗y beradi: shu paytgacha noma‘lum bo‗lgan toifa
– ilgari sanoat xodimlari yoki undan ham oldin dehqonlarga tegishli bo‗lgan o‗rinni
egallaydigan bilimlar xodimlari (
knowledge workers
) asosiy ishlab chiqarish kuchiga
aylanadi. ―Axborot hamjamiyati‖ ―bilimlarga asoslangan jamiyat‖, ―axborot
iqtisodiyoti‖, ―intellektual iqtisodiyot‖, ―bilimlarga asoslangan iqtisodiyot‖ tushuncha
va atamalari ham bejiz paydo bo‗lgani yo‗q.
Insoniyat tarixi davomida bilimlar har doim
intellektual va iqtisodiy
rivojlanishning muhim omili bo‗lib kelgan. Biroq, so‗nggi yillarda yangi bilimga ega
bo‗lish jarayoni o‗zgardi: innovatsiyalar bevosita innovatsiya jarayoniga ta‘sir qildi.
Bilimlar yaratilishi, joriy etilishi va ulardan foydalanishga yordam beradigan
vositalar ham tubdan yangilandi. Axborotni qayta ishlash, jo‗natishning yangi
vositalari, 20-30 yil avval mumkin bo‗lmagan taqsimlangan
axborot tarmoqlari
ko‗plab jarayonlarni birxillashtirdi.
Menejment sohasida taniqli olim Piter Druker
1
―Kapitalizmdan bilimlar
jamiyati sari‖ maqolasida ikkinchi jahon urushidan keyin boshlangan va XX asrning
80-yillarida yorqin namoyon bo‗lgan boshqaruv sohasidagi inqilobni zamonaviy
insoniyatni rivojlantirishning mustaqil bosqichi sifatida ajratgan.
Inson ehtiyojlari yuksalishi va qobiliyatlari shakllanishi jarayoni iqtisodiy
rivojlanish bilan uzviy bog‗liqligi belgilangan. Agar insonda iqtisodiy faoliyatda o‗z
salohiyatini ro‗yobga chiqarish
yuksak ehtiyoji shakllansa, iqtisodiy rivojlanish va
inson kamoloti vektorlari o‗zaro mos keladi, demak iqtisodiy rivojlanish yangi
antropotsentrik sifat kasb etadi.
Progressiv adaptatsion imkoniyatlar iqtisodiyoti tizimli adaptatsion salohiyat
xususiyatiga ega bo‗lib, bu unga tashqi ta‘sirlarga, jumladan
innovatsion iqtisodiyot
1
Peter F.Drucker1939‘s‖The End of the Economic Man‖to ―Vanaging in the Next Society‖.
138
tomonidan uzatiladigan impulslarga javob qaytarishda, uning maqsadlariga mos
rivojlanish traektoriyasini tanlashda muayyan erkinlik darajasini kafolatlaydi. Ushbu
adaptatsion salohiyat tashqi moliyaviy-iqtisodiy yoki institutsional ekspansiya tahdidi
oldidagi milliy raqobatbardoshlik resursini saqlash va ko‗paytirish garovi
hisoblanadi. Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish polimorfizmi milliy iqtisodiyotlarning
rivojlanish xususiyatlarini aks ettiruvchi turli xil statistik ma‘lumotlar
bilan
tasdiqlanadi. Ular milliy iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish imkoniyatlarini
yaratuvchi jahon yalpi mahsulotiga katta ulushi va iqtisodiy rivojlanishning o‗rtacha
sur‘atlari bilan ajralib turadi.
Zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning mohiyat aniqligini aks ettiruvchi
kontseptual belgilarning umumlashtiruvchi tavsiflari antropokratik muammolarga
mansublik, iqtisodiy rivojlanishni barqaror va samarali sifatida belgilash layoqati
hisoblanadi (2-rasm).
2-rasm. Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sifati tarkibiy qismlarining tuzilmaviy
sxemasi
Dostları ilə paylaş: