141
Zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning antropotsentrik sifati jamiyatning barcha
a‘zolari farovonligini oshirish imperativining ideal modeli sifatida individlar,
guruhlar va umuman jamiyatning o‗zaro zid manfaatlarini amalga oshirish aniq-
tarixiy sharoitlarida shakllanadi. Shuning uchun aniq milliy iqtisodiyotga nisbatan
kontseptual belgilarni asoslashda iqtisodiy rivojlanish sifatini uning rivojlanish
darajasiga bog‗liq ravishda differensiatsiyalash zarur.
Differentsiatsiyalash yondashuvi insonning qanday iqtisodiy fe‘l-atvor
modelini tanlashini belgilovchi inson tabiati, norasmiy institutsional an‘analar va
madaniyatlarni hisobga olishdan kelib chiquvchi yangi rivojlanish sifatini
shakllantirish harakatlari samaradorligini rad etmaydi, balki oshiradi.
Endi iqtisodiy faoliyatni intellektuallashtirish iqtisodiy rivojlanishning
umumlashtiruvchi sifat belgisi va bilimlar multiplikatori samarasining asoslarini
ko‗rib chiqamiz.
Iqtisodiy faoliyatni intellektuallashtirish sharoitida zamonaviy iqtisodiy
rivojlanishning sifat paradigmasi asosida raqobatdan xoli va begonalashtirilmaydigan
ijtimoiy boylik sifatida «bilim» kategoriyasi va uni qayta ishlab chiqarish va o‗sib
boruvchi ehtiyojlarni qondirish strategik resursi sifatidagi «inson sarmoyasi»
kategoriyasi yotadi.
Dostları ilə paylaş: