146
ilgarilovchi, ya‘ni sikl fazasi kirib kelguncha o‗zgaruvchi ko‗rsatkichlar;
kechikuvchi yoki ortda qoluvchi, ya‘ni sikl fazasidan so‗ng o‗zgaruvchi
ko‗rsatkichlar;
mos tushuvchi ko‗rsatkichlar, ya‘ni o‗zgarish sikl fazasiga mos tarzda yuzaga
chiqadi;
prosiklik, ya‘ni yuksalish fazasida o‗suvchi, tushkunlik
fazasida pasayuvchi
ko‗rsatkichlar (mahsulot ishlab chiqarish hajmi, narxlar darajasi, pul aylanish tezligi);
kontrsiklik,
ya‘ni tushkunlikda o‗suvchi, yuksalishda pasayuvchi
ko‗rsatkichlar (ishsizlik darajasi);
asiklik, sikl fazalariga (yuksalish, tushkunlik) bog‗liq bo‗lmagan
ko‗rsatkichlar (eksport hajmi).
Iqtisodiy sikllar:
-
yangi texnik ishlanmalar va ilmiy ixtirolar;
-
urushlar;
-
aholi ko‗chishi kabi omillar natijasida yuzaga chiqadi.
Ishsizlik siklik, friktsion, tuzilmaviy shakllarda rivojlanadi.
Friktsion va
tuzilmaviy ishsizlik bozor tizimining amal qilish nuqtai nazaridan ma‘qul ko‗rinish
hisoblanadi.
Shuning uchun to‗la bandlikni hisoblashda friktsion va tuzilmaviy ishsizlik
hisobga olinuvchi ishsizlikning tabiiy darajasi bilan mos tushadi. Ishsizlikning tabiiy
darajasi odatda 5-6 % ni tashkil etadi.
To‗la bandlik sharoitida mumkin bo‗lgan ishlab chiqarish hajmi, mamlakatning
ishlab chiqarish salohiyatini ifoda etadi. Tsiklik ishsizlikning rivojlanishi uning
ishsizlikning tabiiy darajasidan ortiq bo‗lishiga va o‗z
navbatida YaMM haqiqiy
hajmining YaMMning imkon darajasidan ortda qolishiga olib keladi. Uning
o‗lchamlari Ouken qonuni asosida hisoblanadi. Ouken qonuniga ko‗ra ishsizlikning
o‗z tabiiy darajasidan 1 % yuqori bo‗lishi, YaMMning o‗z potensial hajmidan 2-2,5
% ortda qolishiga olib keladi.
147
Inflyatsiya narxlar darajasining o‗sishida namoyon bo‗ladi. Inflyatsiya darajasi,
uning rivojlanish vaqti davrlari - inflyatsion jarayonning asosiy tavsiflaridir.
Inflyatsiya sabablarini aniqlay borib, ayrim iqtisodchilar uni birinchi navbatda
ortiqcha talabning paydo bo‗lishi bilan bog‗lasalar, boshqa
bir iqtisodchilar esa -
mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining o‗sishi bilan bog‗laydilar.
Odatda, iqtisodiyotda qisqa, o‗rta va uzoq muddatli vaqt oraliqlari farqlanadi.
Vaqt omili yordamida inflyatsiya va ishsizlik o‗rtasidagi bog‗liqlik tahlil etilganda,
qisqa muddatli davrda ishsizlik va inflyatsiya o‗rtasida teskari bog‗liqlik, uzoq
muddatli davrda esa to‗g‗ri bog‗liqlik mavjudligi ko‗zga tashlanadi.
Inflyatsiya va
ishsizlik o‗rtasidagi bog‗liqlikni tahlil etishda Filips egri chizig‗idan foydalaniladi.
Iqtisodchilar inflyatsiyaning ishlab chiqarishga ta‘sirini turlicha baholaydilar.
Talab inflyatsiyasi tarafdorlari me‘yoriy ravishda bo‗ladigan inflyatsiya iqtisodiyot
o‗sish su‘ratlarining o‗sishini yuzaga chiqaradi deb ta‘kidlasalar, xarajatlar
inflyatsiyasi tarafdorlari, bunga teskari tarzda uning rivojlanishi ishlab chiqarishning
qisqarishiga olib keladi deb ta‘kidlashadi.
Dostları ilə paylaş: