155
VIII bob. IQTISODIY RIVOJLANISH TURLARI.
TREND MODELLARI
8.1. Dinamik qatorlarni tekislash va trend modellari.
8.2. Dinamik qatorlarni analitik tekislash.
8.3. Iqtisodiy rivojlanish turlari va ularning trend modeli.
8.4. Trend modellarini tuzish. Splayn funksiyasi.
8.5. Trend modelini baholash.
8.1. Dinamik qatorlarni tekislash va trend modelari
Vaqtli qatorlar ko‗rsatkichning barqaror o‗zgarishlariga
va xususiy tasodiflar
o‗zgarishiga ega bo‗ladi. Vaqtli qatorlardagi xususiy tasodiflarni bartaraf etish va
barqaror o‗zgarishlarni aniqlash uchun ular u yoki bu usullar bilan taqqoslanadi.
Taqqoslangan qatorlarni haqiqiy qatorlar bilan taqqoslash, ayrim korxonalarni,
tarmoq va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ba‘zi muhim xususiyatlarini aniqlash
imkonini beradi. Taqqoslangan va haqiqiy qiymat ko‗rsatkichlarining farqi,
taqqoslangan qatorlar joylashgan va kelajak rivojlanish ko‗rsatkichlari
qatorlari
joylashishi mumkin bo‗lgan chegaralarni aniqlash imkonini beradi.
Ko‗pgina iqtisodiy tadqiqotlarda, ayniqsa vaqtli qatorlarni tahlil qilish
jarayonida nihoyatda chegaralanib, tanlash bo‗yicha aniqliklarni
qayta ishlashga
to‗g‗ri keladi. Bunday sharoitda tajribalar guruhini ta‘riflash uchun qilingan har
qanday urinish, mutloq rasmiy va subyektiv bo‗ladi. Shuning uchun ko‗pchilik
hollarda hodisaning qandaydir bir tomonini ehtimol ta‘riflash imkoniyatini aniqlash
qiyin. Iqtisodiy vaqtli qator farq qiluvchi xususiyatlarini quyidagicha ko‗rsatish
mumkin:
a) berilgan sharoitda kuzatilayotgan jarayonni qayta kuzatish mumkin emas;
b) odatda kuzatilayotgan qatorlar, kuzatilayotgan tanlama hajmiga ko‗ra juda
chegaralangan bo‗ladi.
156
Shuning natijasi o‗laroq o‗rganilayotgan hodisalarga
ehtimollar nazariyasi
bilan yondashishda hodisalar modelini statistik eksperimentlarda xayolan tasavvur
etish, shuningdek, ba‘zi bir ehtimollikni cheklab qo‗yish lozim. Haqiqatdan ham
statistik xulosalar baholashni tanlashga yoki ko‗rib
chiqilayotgan umumiy model
doirasida oldindan o‗rganilgan nazariy mezon xususiyatiga asoslangan bo‗ladi.
Quyidagi uch xil iqtisodiy variatsiyalar mavjud:
a) vaqtdagi ayrim obyektlar;
b) makonda obyektlar majmui;
c) vaqt va makonda obyektlarning to‗plam ko‗rsatkichlarining umumiy
variatsiyasi.
Birinchi xil variatsiyani davrlar oralig‗i izchilligida, iqtisodiy ko‗rsatkichlar
fazasida ma‘lum obyekt holatining o‗zgarishi sifatida tasavvur qilish mumkin.
Iqtisodiy ko‗rsatkichlardan birini modellashtirayotgan vaqtda,
makon tekislikka
aylanadi. Nuqtaning harakat traektoriyasi esa dinamik qatorni tashkil etadi.
Variatsiyaning ikkinchi turi vaqt oralig‗ida ma‘lum vaziyatda belgilangan turli
obyektlarga, ya‘ni fazoda perpendikulyar vaqtdan qo‗llashga mos keladigan nuqtalar
joylashishiga o‗xshash bo‗ladi. Iqtisodiy ko‗rsatkichlardan biri modellashtirilayotgan
hollarda - bu taqsimot qatori hisoblanadi.
Variatsiyaning uchinchi umumiy turi oldingi ikki shaxsiy turlarning qo‗shilgan
variatsiyasi bo‗lib, diskret tasodifiy jarayon sifatida talqin qilinishi mumkin.
Ko‗rsatkich umumiy variatsiyalarining shakllanishini quyidagi ikki xil usul
bilan ifodalash mumkin:
- majmuaga kiradigan obyektlar ko‗rsatkichi vaqtli qatorlarning umumiyligi
sifatida;
- majmuaga kiradigan obyektlar ko‗rsatkichi taqsimot qatorlarining harakati
sifatida.
Variatsiyaning yuqorida qayd etilgan turlariga
muvofiq ravishda iqtisodiy
ko‗rsatkichlarning uchta ekonometrik modellarini ko‗rsatib o‗tish mumkin:
1. Xususiy statik model. Ayrim korxonalarning xususiy dinamik modeli
makonda iqtisodiy ko‗rsatkichlar ma‘lum nuqtasi vaqtli harakatini makonda mazkur
157
obyektning ishlab chiqarish omillari bilan bog‗laydi. Bunday model ko‗pchilik
hollarda korxona ichki tahlili, normallashtirish va boshqarish uchun qo‗llaniladi.
2. Xususiy dinamik model. Xususiy dinamik model iqtisodiy ko‗rsatkichlari
xususiy fazoviy modeli korxonalar iqtisodiy ko‗rsatkichlarining fazodagi turli
holatini tushuntiradi. Odatda bu model korxonalar (tsexlar)
darajasi uchun tuziladi
hamda yanada yuqoriroq darajada analitik maqsadlar uchun foydalaniladi.
3. Umumiy dinamik model. Obyektlar majmui iqtisodiy ko‗rsatkichlar
nazariyasining umumiy dinamik modellari ixtiyoriy o‗zgaruvchan iqtisodiy
ko‗rsatkichlarga ishlab chiqarish omillarining ta‘sirini baholaydi. Mazkur
modellardan o‗rganilayotgan obyektlar guruhini tahlil va prognoz qilish hamda
qarorlar qabul qilishda foydalaniladi.
Ma‘lum oraliqli momentlarga nisbatan hisoblangan
hodisa miqdorlaridan
tuzilgan qator momentli vaqtli qatori deb ataladi.
Ma‘lum vaqt oraliqlari davomida kechgan jarayonlar natijalari, ya‘ni,
oqimlarni ta‘riflovchi ko‗rsatkichlar qatori davriy vaqtli qatorlari deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: