159
Ma‘lumki, taqsimot ordinatasida moda arifmetik o‗rtacha miqdor nuqtasidan u
yoki bu tomondagi nuqta bilan ifodalanadi. Demak, moda bilan arifmetik o‗rtacha
orasidagi farqdan taqsimot asimmetriyasining darajasini o‗lchashda foydalanish
mumkin.
Lekin
0
х
ayirmaning berilgan qiymatida dispersiya katta bo‗lsa,
asimmetriya ko‗zga ilinar-ilinmas tashlanadi, ya‘ni, og‗ishma daraja kichik bo‗ladi.
Aksincha, dispersiya kichik bo‗lsa, nosimmetriklik yaqqol ko‗rinadi,
uning darajasi
katta bo‗ladi. Shuning uchun asimmetriya me‘yori qilib arifmetik o‗rtacha bilan moda
orasidagi
0
х
farqni emas, balki bu ayirmaning kvadratik o‗rtacha tafovutga
nisbatini olish mumkin, ya‘ni
x
x
a
0
.
Bu ko‗rsatkichni mashhur ingliz statistigi K.Pirson
taklif etgan, shuning uchun
Pirson koeffitsienti deb ataladi. Muayyan sharoitda bu ko‗rsatkich noldan katta bo‗lsa
a
0, u holda
asimmetriya musbat hisoblanadi, aks holda (
a
0), u manfiy deb
hisoblanadi. Agar to‗plam birliklari qator o‗rtachasidan
chaproqdagi guruhlarda
ko‗proq to‗plangan bo‗lsa, koeffitsient manfiy ishoraga ega bo‗ladi, taqsimot ham
chap yoqqa og‗ishgan bo‗ladi
va aksincha, ular o‗rtachadan o‗ng tomondagi
guruhlarda ko‗proq to‗plangan bo‗lsa, Pirson koeffitsienti
musbat ishora oladi,
taqsimot ham o‗ng yoqlama og‗ishmalikka ega bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: