162
8.3. Iqtisodiy rivojlanish turlari va ularning trend modeli
O‗zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‗tish jarayonlarining
makroiqtisodiy
dinamikaga ta‘sirini tahlil qilish o‗tish jarayonidagi milliy iqtisodiyotini rivojlanishni
3 bosqichini ajratib ko‗rsatadi.
1-bosqich. Bozor asoslarini yaratish va bozor iqtisodiyoti ga o‗tish (1991-
yildan, 1996-yil oxiriga qadar) O‗zbekistonda boshqa Sharqiy Evropa va MDH
mamlakatlaridan farqli ravishda iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich, ishlab
chiqarish harakteri va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‘minlanishi bilan ajralib turdi.
Bu bosqichda hukumatning asosiy vazifasi - bozor iqtisodiyotining
institutsional
asoslarini yaratishga qaratildi.
Huquqiy islohotlar doirasida esa davlat boshqaruvi vazifalari o‗zgartirildi,
yangi bank sektoriga doir me‘yoriy bazalar yaratildi, ijtimoiy himoyaga katta e‘tibor
qaratildi. Tovar va fond birjalarini tashkil etishga oid me‘yoriy aktlar qabul qilindi,
sug‗urta kompaniyalari, aktsionerlik jamiyatlari faoliyati jonlana boshladi.
O‗tish jarayonidagi huquqiy asos sifatida mulk to‗g‗risidagi, korxonalar,
banklar va bank faoliyati to‗g‗risidagi xususiylashtirish,
xorijiy investitsiyalar
to‗g‗risidagi qonunlarni qabul qilinishini ko‗rsatish mumkin. Shu bilan bir vaqtning
o‗zida narxlar erkinlashuvi, uy-joy fondining va kichik korxonalarni xususiylashtirish
jarayoni amalga oshirildi.
Yirik va o‗rta korxonalarni aktsionerlik jamiyatlariga aylantirish mulkka
bo‗lgan munosabatlarni o‗zgarishiga olib keldi, lekin amalda davlat bu korxonalarni
ega sifatida qolaverdi.
Davlat nazorati faqatgina narxni tashkil etishdagina emas, balki kreditlarni
taqsimlashda, valyutani tartibga solishda saqlanib qolindi.
Narx erkinlashuvi
natijasida esa iste‘mol tovarlari narxi oshdi. o‗rtacha oylik o‗sish hajmi 1992-1993
yillar ichida 19-21% ni tashkil etdi.
Joriy schyot taqchilligi 10%doirasida bo‗ldi va uni moliyalashtirish tashqi qarz
va majburiyatlarni yig‗ilishi asosida bo‗ldi. Tashqi qarz darajasi islohotlarni oldingi
ikki yili mobaynida 20%ga oshdi.
163
Islohotlarni jadallashuviga O‗zbekiston milliy valyutasining 1994 yilda so‗mni
muomalaga kiritish va yagona rubl zonasidan chiqishi katta ta‘sir ko‗rsatdi. Bu
makroiqtisodiy barqarorlikka erishishda zarur bo‗lgan monetar siyosatni o‗tkazishni
ta‘minladi. Lekin, milliy valyutaning konvertatsiyasining cheklangan imkoniyatlarga ega
ekanligi, tashqi savdo va iqtisodiyotni rivojlanishiga to‗sqinlik berdi.
Shu bilan birga qabul qilingan chora-tadbirlar makroiqtisodiy va moliyaviy
holatni barqarorlashtirishda o‗z o‗rniga ega bo‗lishdi. qishloq xo‗jaligi mahsulotlariga
(paxta va bug‗doydan tashqari) davlat buyurtmasini yo‗q qilinishi,
narxning kelgusi
erkinlashuvi, bank nazoratini kuchayishi bunga sabab bo‗ldi.
Kuchli monetar siyosat natijasida inflyatsiya darajasi 6,3%ga 1995-yilda, 1996-
yilning dastlabki to‗qqiz oyida esa 4,4 %ni tashkil etdi. Valyuta kursi orasidagi farq
1994- yil boshida 7,5 martadan 1995- yilda 1,1 martagacha qisqardi. 1995- yilda joriy
operatsiyalar schyoti taqchilligi YaIMga nisbatan 0,2 %ni tashkil etdi.
YaIMning qisqarishi hajmi 1994- yilda 4,2 %ga, 1995- yilda 0,9%ga, 1996 yil
birinchi yarim yilligida YaIM o‗sishi ko‗zga tashlanib, u 1,7%ni tashkil etdi.
Xalqaro tashkilotlar tomonidan O‗zbekistonga nisbatan ishonch oshdi. 1995-yil
yanvaridan boshlab XVF tomonidan moddiy qo‗llab-quvvatlanib, tarkibiy
o‗zgarishlarni amalga oshirdi. MDH davlatlari ichida O‗zbekistonda birinchilar
qatorida ishlab chiqarish pasayishidan, 1996- yildan boshlab o‗sishga erishildi.
Bozor iqtisodiyotiga o‗tishning dastlabki besh yilida O‗zbekistonda
eng kam
16,5% ishlab chiqarish pasayishi (MDH bo‗yicha - 38,5%, Rossiyada - 30%,
Qozoqistonda - 29% ni tashkil etgan).
O‗tish jarayonida O‗zbekistonda Belarus va Ukrainadan farqli ravishda
ortiqcha sanoat quvvatiga ega bo‗lmagan. Bu erda asosiy o‗rinni mavjud rivojlangan
yoqilg‗i-energetika kompleksi va boy tabiiy-xomashyo resurslarga ega bo‗lganligi,
qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini eksportga yo‗naltirilganligini egalladi.
2-bosqich. valyuta bozorini tartibga solish (1996- yil oxiridan 2000- yil
oxirigacha) iqtisodiy islohotlarni sur‘atini pasayishiga 1996- yildagi paxta hosilini
pasayishi va O‗zbekiston eksportidagi oltin va boshqa tovarlarga jahon naxlarini
pasayganligi sabab bo‗ldi. O‗zbekiston 1996- yil IV-choragidan
boshlab almashuv
164
kursi va valyuta operatsiyalarining qattiq ma‘muriy tartibga solishga o‗tdi. Kurs
tafovuti tez oshdi va bu bozor indikatorlarining asosiysi hisoblanadi.
1997- yilga kelib monetar siyosat ancha yumshadi, bank tizimi soliq siyosatida
xususiylashtirishda ilgarigi siljishlar ko‗zga tashlandi. Islohotlarning huquqiy bazasi
kengaydi, Oliy Majlis tabiiy monopoliyalar, bankrotlik,
Er kodeksi kabi qonunlarni
qabul qildi. Bularning bari natijasida makroiqtisodiy barqarorlikka olib keldi. O‗rtacha
iste‘mol tovarlari indeksi 28 %gacha pasaydi, YaIM sur‘ati o‗sdi. Lekin, so‗mning
oshirilgan almashuv kursi eksportning pasayishiga sabab bo‗ldi. Kechiktirilgan qarzlar
oshdi, tashqi qarz oshishi tendensiyasi va rezervlar qisqardi.
3-bosqich. islohotlarning jonlanishi va iqtisodiyotni erkinlashuvi (2001-yildan
hozirgi davrgacha). Bu bosqichda valyuta bozori erkinlashuvi va soliq
jarayonlarining biroz susayganligi ko‗zga tashlanadi. Makroiqtisodiy darajada bu
eksport dinamikasini barqarorlashshuvida va kurs farqini 2002-yil o‗rtasiga kelib
1,5marta pasaygan.
Iqtisodiyotning kelgusi rivojlanishi uchun iqtisodiy o‗sishni 6-7-yil oralig‗idagi
holatini tahlil qilish zarur.
Talab yoki taklif: YaIM dinamikasini o‗tish jarayonida nima belgilaydi?
Iqtisodiyot ikki omil: talab va taklif ta‘sirida rivojlanishi mumkin. Birnchi
guruhga to‗plangan kapital hajmi, mavjud tabiiy va mehnat resurslari kiradi. Ikkinchi
guruhga esa uy xo‗jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulotlarga talab va
davlat (joriy iste‘moli)ning investitsion tovarlarga talab, tashqi davlatning talabi
kiradi.
Dostları ilə paylaş: