O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#161876
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   110
Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta

Nazorat savollari 
1.
Iqtisodiy sikl nima? 
2.
Iqtisodiy siklning davomiyligi nimalarga bog‗liq? 
3.
Makroiqtisodiy beqarorlik nima va u qanday yuzaga keladi? 
4.
To‗liq bandlikni qanday ta‘minlash mumkin? 
5.
Makroiqtisodiy beqarorlikni tartibga solishning qanday usullari mavjud? 
6.
Monetarizmning mohiyatini tushuntirib bering. 
7.
Fiskal siyosat nima va uni qanday amalga oshirish mumkin? 
8.
Bozor mexanizmining samarasizligi nimalarda namoyon bo‗ladi? 
9.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda nimani tushunasiz? 
10.
Rejalashtirish va prognozlashtirish tushunchalariga ta‘rif bering. 
11.
Lag so‗zining mohiyatini tushuntirib bering. 
12.
Lag turlarini tushuntirib bering. 
13.
Iqtisodiy o‗sish modelini tuzish qoidalari nimalardan iborat? 
14.
Investitsion lag nima va uni qanday bartaraf etish mumkin? 


155 
VIII bob. IQTISODIY RIVOJLANISH TURLARI. 
TREND MODELLARI 
 
8.1. Dinamik qatorlarni tekislash va trend modellari. 
8.2. Dinamik qatorlarni analitik tekislash. 
8.3. Iqtisodiy rivojlanish turlari va ularning trend modeli. 
8.4. Trend modellarini tuzish. Splayn funksiyasi. 
8.5. Trend modelini baholash.
 
8.1. Dinamik qatorlarni tekislash va trend modelari 
Vaqtli qatorlar ko‗rsatkichning barqaror o‗zgarishlariga va xususiy tasodiflar 
o‗zgarishiga ega bo‗ladi. Vaqtli qatorlardagi xususiy tasodiflarni bartaraf etish va 
barqaror o‗zgarishlarni aniqlash uchun ular u yoki bu usullar bilan taqqoslanadi. 
Taqqoslangan qatorlarni haqiqiy qatorlar bilan taqqoslash, ayrim korxonalarni, 
tarmoq va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ba‘zi muhim xususiyatlarini aniqlash 
imkonini beradi. Taqqoslangan va haqiqiy qiymat ko‗rsatkichlarining farqi, 
taqqoslangan qatorlar joylashgan va kelajak rivojlanish ko‗rsatkichlari qatorlari 
joylashishi mumkin bo‗lgan chegaralarni aniqlash imkonini beradi. 
Ko‗pgina iqtisodiy tadqiqotlarda, ayniqsa vaqtli qatorlarni tahlil qilish 
jarayonida nihoyatda chegaralanib, tanlash bo‗yicha aniqliklarni qayta ishlashga 
to‗g‗ri keladi. Bunday sharoitda tajribalar guruhini ta‘riflash uchun qilingan har 
qanday urinish, mutloq rasmiy va subyektiv bo‗ladi. Shuning uchun ko‗pchilik 
hollarda hodisaning qandaydir bir tomonini ehtimol ta‘riflash imkoniyatini aniqlash 
qiyin. Iqtisodiy vaqtli qator farq qiluvchi xususiyatlarini quyidagicha ko‗rsatish 
mumkin: 
a) berilgan sharoitda kuzatilayotgan jarayonni qayta kuzatish mumkin emas; 
b) odatda kuzatilayotgan qatorlar, kuzatilayotgan tanlama hajmiga ko‗ra juda 
chegaralangan bo‗ladi. 


156 
Shuning natijasi o‗laroq o‗rganilayotgan hodisalarga ehtimollar nazariyasi 
bilan yondashishda hodisalar modelini statistik eksperimentlarda xayolan tasavvur 
etish, shuningdek, ba‘zi bir ehtimollikni cheklab qo‗yish lozim. Haqiqatdan ham 
statistik xulosalar baholashni tanlashga yoki ko‗rib chiqilayotgan umumiy model 
doirasida oldindan o‗rganilgan nazariy mezon xususiyatiga asoslangan bo‗ladi.
 
Quyidagi uch xil iqtisodiy variatsiyalar mavjud: 
a) vaqtdagi ayrim obyektlar; 
b) makonda obyektlar majmui; 
c) vaqt va makonda obyektlarning to‗plam ko‗rsatkichlarining umumiy 
variatsiyasi. 
Birinchi xil variatsiyani davrlar oralig‗i izchilligida, iqtisodiy ko‗rsatkichlar 
fazasida ma‘lum obyekt holatining o‗zgarishi sifatida tasavvur qilish mumkin. 
Iqtisodiy ko‗rsatkichlardan birini modellashtirayotgan vaqtda, makon tekislikka 
aylanadi. Nuqtaning harakat traektoriyasi esa dinamik qatorni tashkil etadi. 
Variatsiyaning ikkinchi turi vaqt oralig‗ida ma‘lum vaziyatda belgilangan turli 
obyektlarga, ya‘ni fazoda perpendikulyar vaqtdan qo‗llashga mos keladigan nuqtalar 
joylashishiga o‗xshash bo‗ladi. Iqtisodiy ko‗rsatkichlardan biri modellashtirilayotgan 
hollarda - bu taqsimot qatori hisoblanadi. 
Variatsiyaning uchinchi umumiy turi oldingi ikki shaxsiy turlarning qo‗shilgan 
variatsiyasi bo‗lib, diskret tasodifiy jarayon sifatida talqin qilinishi mumkin. 
Ko‗rsatkich umumiy variatsiyalarining shakllanishini quyidagi ikki xil usul 
bilan ifodalash mumkin: 
- majmuaga kiradigan obyektlar ko‗rsatkichi vaqtli qatorlarning umumiyligi 
sifatida; 
- majmuaga kiradigan obyektlar ko‗rsatkichi taqsimot qatorlarining harakati 
sifatida. 
Variatsiyaning yuqorida qayd etilgan turlariga muvofiq ravishda iqtisodiy 
ko‗rsatkichlarning uchta ekonometrik modellarini ko‗rsatib o‗tish mumkin: 
1. Xususiy statik model. Ayrim korxonalarning xususiy dinamik modeli 
makonda iqtisodiy ko‗rsatkichlar ma‘lum nuqtasi vaqtli harakatini makonda mazkur 


157 
obyektning ishlab chiqarish omillari bilan bog‗laydi. Bunday model ko‗pchilik 
hollarda korxona ichki tahlili, normallashtirish va boshqarish uchun qo‗llaniladi.
2. Xususiy dinamik model. Xususiy dinamik model iqtisodiy ko‗rsatkichlari 
xususiy fazoviy modeli korxonalar iqtisodiy ko‗rsatkichlarining fazodagi turli 
holatini tushuntiradi. Odatda bu model korxonalar (tsexlar) darajasi uchun tuziladi 
hamda yanada yuqoriroq darajada analitik maqsadlar uchun foydalaniladi. 
3. Umumiy dinamik model. Obyektlar majmui iqtisodiy ko‗rsatkichlar 
nazariyasining umumiy dinamik modellari ixtiyoriy o‗zgaruvchan iqtisodiy 
ko‗rsatkichlarga ishlab chiqarish omillarining ta‘sirini baholaydi. Mazkur 
modellardan o‗rganilayotgan obyektlar guruhini tahlil va prognoz qilish hamda 
qarorlar qabul qilishda foydalaniladi. 
Ma‘lum oraliqli momentlarga nisbatan hisoblangan hodisa miqdorlaridan 
tuzilgan qator momentli vaqtli qatori deb ataladi. 
Ma‘lum vaqt oraliqlari davomida kechgan jarayonlar natijalari, ya‘ni, 
oqimlarni ta‘riflovchi ko‗rsatkichlar qatori davriy vaqtli qatorlari deb ataladi.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin