148
qobil desalar, boshqalari bunga qarshi edilar. Bunday ko‗zga ko‗ringan
iqtisodchilardan biri Dj.Keyns edi. Uning fikricha, iqtisodiyotni boshqarish va
tartiblashda
davlat ishtiroki zarurdir, ammo u cheklangan bo‗lishi lozim degan fikrni
olg‗a surdi. Chunki uning fikricha, bozor iqtisodiyoti ayrim muammolarni hal etishga
qodir emas deb qaradi. Masalan, ijtimoiy muammolar, mudofaa, ilm-fan taraqqiyoti va
boshqalar. Bu masalalarni hal qilishda davlatning roli katta deb qaradi. Uning fikri
to‗g‗ri ekanligi vaqt o‗tishi bilan o‗z isbotini topdi.
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni boshqarish va
tartibga solishda davlatning roli kattadir. Davlat iqtisodiyotga faol aralashib, bozor
mexanizmining amal qilishiga ko‗maklashadi, raqobatchilik muhitini yaratib, aholini
bozorning salbiy oqibatlaridan himoyalash chora-tadbirlarini ko‗radi.
Bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan boshqarib,
tartibga solishdan asosiy
maqsad – bozor munosabatlarini muayyan va ma‘lum yo‗nalishlar asosida
rivojlantirib, iqtisodiy tanglik va qiyinchiliklarning oldini olish, ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish, aholi turmush darajasining pasayishiga yo‗l qo‗ymaslikdan
iborat. Bozor iqtisodiyoti asosida rivojlanayotgan O‗zbekistonda davlat tomonidan
tartibga solinadigan va boshqariladigan, ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini
shakllantirish maqsadida o‗tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar o‗z
natijalarini
bermoqda. Bu eng avvalo mulk shakllarining o‗zgarib borishi, mulkka munosabat,
davlat mulki asosida ko‗plab nodavlat mulklarning paydo bo‗lishi, sanoat va qishloq
xo‗jaligiga investitsiyalarining, xususan chet el investitsiyalarining kirib kelishi,
milliy iqtisodiyot modernizatsiyasini amalga oshirish, yangi texnika va
texnologiyalarni joriy etish, shu asosda xalq turmush darajasining
yuksalib borishi
misol bo‗la oladi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish g‗oyalari g‗oyatda
murakkab va keng qirralidir. Ularning eng asosiylari quyidagilardir:
1.
Har qanday jamiyatda nima ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish,
kimlarga ishlab chiqarish, kim foydalanadi degan savol qo‗yish va unga javob topish
lozim bo‗ladi. Bu savolga javob berishga qarab iqtisodiy tizimlar bir-biridan farq
qiladi.
149
2.
Boshqaruvda yakka hokimlikdan bozor tizimiga o‗tish, davlatning
iqtisodiyotga aralashuvini cheklash.
3.
Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish.
4.
Mavjud bozor mexanizmlaridan samarali foydalanish;
Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho, narxlar iqtisodiyotni tartiblashning muhim
vositasi hisoblanadi. Bunda davlat narxlarning oshib
ketmasligi va boshqalarni
hisobga olib iqtisodiyotga aralashib turadi va bozor iqtisodiyoti mexanizmlari to‗la
bajara olmagan vazifalarni o‗z zimmasiga oladi.
Bozor mexanizmining samarali ishlash uchun sharoit yaratib beradi. Bunda
davlat quyidagilardan foydalanadi.
iqtisodiy subyektlarning faoliyat qoidalarini belgilashdan;
aholini bozor sharotilari, iqtisodiyotning holati borasidagi axborotlardan
boxabar qiladi;
iqtisodiyot subyektlari o‗rtasidagi munozara, bahs, ziddiyatlarni hal qilishga
ko‗maklashish chora-tadbirlarini ko‗radi.
Bozor iqtisodiyotida davlat o‗z mulkiga asoslanib, tadbirkorlik bilan
shug‗ullanadi. U hech qachon yuqori mavqega ega bo‗lmasligi kerak.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish va tartibga solishning eng muhim
shakllaridan biri dasturlash va rejalashtirishdir. Rejalashtirish
va prognozlashtirish
qisqa muddatga (1-2 yil), o‗rta muddatga (5 yil), uzoq muddatga (20 yil)
mo‗ljallanishi mumkin.
Davlat bozor iqtisodiyotini tartibga solish va boshqarishda turli usullardan
foydalanadi, undan asosiy maqsad iqtisodiyotni rivojlantirish va aholi turmush
darajasini yuksaltirish, farovonlik va tinchlikni saqlashdan iborat.
Iqtisodiyotni tartiblashda asosan 2 usuldan foydalaniladi:
ma‘muriy usul;
iqtisodiy usul
Ikkala usul ham bir-birini to‗ldirish va yagona mexanizm kabi harakat qilish
lozim, aks holda ko‗zlangan maqsadga erishib bo‗lmaydi. Bozorni tartibga solishda
qo‗l keladigan bir necha ma‘muriy usullar mavjud. Bulardan biri monopoliyaga
150
qarshi qo‗llaniladigan usul hamda ayrim faoliyat turlarini cheklash,
atrof-muhitni
mahofazalash, resurslardan foydalanish milliy standartlarini ishlab chiqish, ijrosini
qattiq nazorat qilish, aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlarini ko‗rishdan
iborat.
Aytilganlar asosida davlat kerakli ma‘muriy-iqtisodiy chora-tadbirlarni ko‗radi.
Bundan tashqari davlat pul-kredit, bank tizimi sistemasining qay darajada
rivojlanayotganligi, iqtisodiyotni rivojlantirishda ularning rolini oshirish, bank
faoliyatini kengaytirish, ular ko‗rsatayotgan faoliyat turlarini ko‗paytirish
chora-
tadbirlarini ko‗radi.
Bozor iqtisodiyotini tartiblash va boshqarishdan asosiy maqsad mamlakat
iqtisodiy rivojlanishini ta‘minlashdan iborat. Bunda davlat kadrlar tayyorlash va
yangi yo‗nalishlarga asosiy e‘tiborni qaratishini ham yoddan chiqarmaydi.
Davlat iqtisodiyotni tartiblashda ta‘kidlaganimizdek, baholar, raqobat kurashi,
qiymat qonuni, talab va taklif, pul muomalasi va boshqa qonun va mexanizmlardan
keng foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: