O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti


  8.3. Iqtisodiy rivojlanish turlari va ularning trend modeli



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#161876
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   110
Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta

 


162 
8.3. Iqtisodiy rivojlanish turlari va ularning trend modeli 
O‗zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‗tish jarayonlarining makroiqtisodiy 
dinamikaga ta‘sirini tahlil qilish o‗tish jarayonidagi milliy iqtisodiyotini rivojlanishni 
3 bosqichini ajratib ko‗rsatadi. 
1-bosqich. Bozor asoslarini yaratish va bozor iqtisodiyoti ga o‗tish (1991-
yildan, 1996-yil oxiriga qadar) O‗zbekistonda boshqa Sharqiy Evropa va MDH 
mamlakatlaridan farqli ravishda iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich, ishlab 
chiqarish harakteri va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‘minlanishi bilan ajralib turdi. 
Bu bosqichda hukumatning asosiy vazifasi - bozor iqtisodiyotining institutsional 
asoslarini yaratishga qaratildi. 
Huquqiy islohotlar doirasida esa davlat boshqaruvi vazifalari o‗zgartirildi, 
yangi bank sektoriga doir me‘yoriy bazalar yaratildi, ijtimoiy himoyaga katta e‘tibor 
qaratildi. Tovar va fond birjalarini tashkil etishga oid me‘yoriy aktlar qabul qilindi, 
sug‗urta kompaniyalari, aktsionerlik jamiyatlari faoliyati jonlana boshladi. 
O‗tish jarayonidagi huquqiy asos sifatida mulk to‗g‗risidagi, korxonalar, 
banklar va bank faoliyati to‗g‗risidagi xususiylashtirish, xorijiy investitsiyalar 
to‗g‗risidagi qonunlarni qabul qilinishini ko‗rsatish mumkin. Shu bilan bir vaqtning 
o‗zida narxlar erkinlashuvi, uy-joy fondining va kichik korxonalarni xususiylashtirish 
jarayoni amalga oshirildi. 
Yirik va o‗rta korxonalarni aktsionerlik jamiyatlariga aylantirish mulkka 
bo‗lgan munosabatlarni o‗zgarishiga olib keldi, lekin amalda davlat bu korxonalarni 
ega sifatida qolaverdi. 
Davlat nazorati faqatgina narxni tashkil etishdagina emas, balki kreditlarni 
taqsimlashda, valyutani tartibga solishda saqlanib qolindi. Narx erkinlashuvi 
natijasida esa iste‘mol tovarlari narxi oshdi. o‗rtacha oylik o‗sish hajmi 1992-1993 
yillar ichida 19-21% ni tashkil etdi. 
Joriy schyot taqchilligi 10%doirasida bo‗ldi va uni moliyalashtirish tashqi qarz 
va majburiyatlarni yig‗ilishi asosida bo‗ldi. Tashqi qarz darajasi islohotlarni oldingi 
ikki yili mobaynida 20%ga oshdi. 


163 
Islohotlarni jadallashuviga O‗zbekiston milliy valyutasining 1994 yilda so‗mni 
muomalaga kiritish va yagona rubl zonasidan chiqishi katta ta‘sir ko‗rsatdi. Bu 
makroiqtisodiy barqarorlikka erishishda zarur bo‗lgan monetar siyosatni o‗tkazishni 
ta‘minladi. Lekin, milliy valyutaning konvertatsiyasining cheklangan imkoniyatlarga ega 
ekanligi, tashqi savdo va iqtisodiyotni rivojlanishiga to‗sqinlik berdi. 
Shu bilan birga qabul qilingan chora-tadbirlar makroiqtisodiy va moliyaviy 
holatni barqarorlashtirishda o‗z o‗rniga ega bo‗lishdi. qishloq xo‗jaligi mahsulotlariga 
(paxta va bug‗doydan tashqari) davlat buyurtmasini yo‗q qilinishi, narxning kelgusi 
erkinlashuvi, bank nazoratini kuchayishi bunga sabab bo‗ldi.
Kuchli monetar siyosat natijasida inflyatsiya darajasi 6,3%ga 1995-yilda, 1996-
yilning dastlabki to‗qqiz oyida esa 4,4 %ni tashkil etdi. Valyuta kursi orasidagi farq 
1994- yil boshida 7,5 martadan 1995- yilda 1,1 martagacha qisqardi. 1995- yilda joriy 
operatsiyalar schyoti taqchilligi YaIMga nisbatan 0,2 %ni tashkil etdi. 
YaIMning qisqarishi hajmi 1994- yilda 4,2 %ga, 1995- yilda 0,9%ga, 1996 yil 
birinchi yarim yilligida YaIM o‗sishi ko‗zga tashlanib, u 1,7%ni tashkil etdi. 
Xalqaro tashkilotlar tomonidan O‗zbekistonga nisbatan ishonch oshdi. 1995-yil 
yanvaridan boshlab XVF tomonidan moddiy qo‗llab-quvvatlanib, tarkibiy 
o‗zgarishlarni amalga oshirdi. MDH davlatlari ichida O‗zbekistonda birinchilar 
qatorida ishlab chiqarish pasayishidan, 1996- yildan boshlab o‗sishga erishildi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‗tishning dastlabki besh yilida O‗zbekistonda eng kam 
16,5% ishlab chiqarish pasayishi (MDH bo‗yicha - 38,5%, Rossiyada - 30%, 
Qozoqistonda - 29% ni tashkil etgan). 
O‗tish jarayonida O‗zbekistonda Belarus va Ukrainadan farqli ravishda 
ortiqcha sanoat quvvatiga ega bo‗lmagan. Bu erda asosiy o‗rinni mavjud rivojlangan 
yoqilg‗i-energetika kompleksi va boy tabiiy-xomashyo resurslarga ega bo‗lganligi, 
qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini eksportga yo‗naltirilganligini egalladi. 
2-bosqich. valyuta bozorini tartibga solish (1996- yil oxiridan 2000- yil 
oxirigacha) iqtisodiy islohotlarni sur‘atini pasayishiga 1996- yildagi paxta hosilini 
pasayishi va O‗zbekiston eksportidagi oltin va boshqa tovarlarga jahon naxlarini 
pasayganligi sabab bo‗ldi. O‗zbekiston 1996- yil IV-choragidan boshlab almashuv 


164 
kursi va valyuta operatsiyalarining qattiq ma‘muriy tartibga solishga o‗tdi. Kurs 
tafovuti tez oshdi va bu bozor indikatorlarining asosiysi hisoblanadi. 
1997- yilga kelib monetar siyosat ancha yumshadi, bank tizimi soliq siyosatida 
xususiylashtirishda ilgarigi siljishlar ko‗zga tashlandi. Islohotlarning huquqiy bazasi 
kengaydi, Oliy Majlis tabiiy monopoliyalar, bankrotlik, Er kodeksi kabi qonunlarni 
qabul qildi. Bularning bari natijasida makroiqtisodiy barqarorlikka olib keldi. O‗rtacha 
iste‘mol tovarlari indeksi 28 %gacha pasaydi, YaIM sur‘ati o‗sdi. Lekin, so‗mning 
oshirilgan almashuv kursi eksportning pasayishiga sabab bo‗ldi. Kechiktirilgan qarzlar 
oshdi, tashqi qarz oshishi tendensiyasi va rezervlar qisqardi. 
3-bosqich. islohotlarning jonlanishi va iqtisodiyotni erkinlashuvi (2001-yildan 
hozirgi davrgacha). Bu bosqichda valyuta bozori erkinlashuvi va soliq 
jarayonlarining biroz susayganligi ko‗zga tashlanadi. Makroiqtisodiy darajada bu 
eksport dinamikasini barqarorlashshuvida va kurs farqini 2002-yil o‗rtasiga kelib 
1,5marta pasaygan.
Iqtisodiyotning kelgusi rivojlanishi uchun iqtisodiy o‗sishni 6-7-yil oralig‗idagi 
holatini tahlil qilish zarur. 
Talab yoki taklif: YaIM dinamikasini o‗tish jarayonida nima belgilaydi? 
Iqtisodiyot ikki omil: talab va taklif ta‘sirida rivojlanishi mumkin. Birnchi 
guruhga to‗plangan kapital hajmi, mavjud tabiiy va mehnat resurslari kiradi. Ikkinchi 
guruhga esa uy xo‗jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarga talab va 
davlat (joriy iste‘moli)ning investitsion tovarlarga talab, tashqi davlatning talabi 
kiradi. 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin