144
quvvatda ishlayotganligi,
shuningdek, mahsulotlar baho darajasining o‗sish holati
kuzatiladi.
Keyingi bosqich pasayish (retsessiya) bosqichidir. Bunda ishlab chiqarish va
bandlik darajalari kamayadi, ammo bahoning o‗sish darajasi pasaymaydi. Bu bosqich
faol va uzoq davom etsagina bahoning o‗sish darajasi sustlashishi mumkin.
Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va
turg‗unlik davri boshlanadi.
Ko‗tarilish bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin oshib,
ishlab chiqarish quvvatlaridan to‗liq foydalanish va to‗liq
bandlik darajasiga
erishiladi.
Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega
bo‗lsada, ammo ular davomiyligi va faolligiga ko‗ra o‗zaro farq qilib turadi. Shuning
uchun ham iqtisodchilar bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy
tebranishlar deb atash to‗g‗ri bo‗ladi deb hisoblashadi.
Iqtisodiy tebranishlarning
asosiy sababi sifatida esa ular uch omilni ko‗rsatishadi.
Bir guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi - texnika va
texnologiyalarda ro‗y beradigan o‗zgarishlar deb hisoblaydilar. Ularning fikricha,
fan-texnika yutuqlarini qo‗llash natijasida iqtisodiyotda o‗sish ro‗y beradi. Masalan,
avtomobilning yaratilishi yoqilg‗i sanoati, neft qazib chiqarish, kimyo, yo‗l qurilishi
materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bo‗ldi. Yangi texnologiyalar
ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish esa, ilgari foydalanilmagan
resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Ammo,
texnik va texnologik
yangiliklarning doim ham yaratilavermasligi, iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab
bo‗ladi.
Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va tasodifiy
vaziyatlarga bog‗lashadi. Bu jarayonni monetar siyosatga bog‗laydigan
olimlar ham
mavjud. Ya‘ni, davlat qanchalik ko‗p pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchalik
kamayib boradi va aksincha, pul miqdori qanchalik kam bo‗lsa,
ishlab chiqarish
ko‗lamining pasayishi va ishsizlar sonining ortishi shunchalik tezlashadi.
145
Xullas, iqtisodiy bosqichlarni baholashga turli xil yondashuvlar mavjud. Ammo,
barcha iqtisodchilar ishlab chiqarish va bandlik darajalarining yalpi talab; boshqacha
aytganda, yalpi xarajatlar miqdoriga bog‗liqligi haqidagi fikrni qo‗llab-quvvatlaydilar.
Chunki, korxonalar o‗z tovar va xizmatlarini ularga talab bo‗lsagina ishlab chiqaradi.
Ya‘ni, talab katta bo‗lmaganda, korxonalarda tovar va xizmatlarni katta miqdorda
ishlab chiqarish foydali emas. O‗z navbatida, ishlab chiqarishda bandlik va daromadlar
darajasi ham, aynan shu sababli, past bo‗ladi. Yalpi xarajatlar miqdori qanchalik ko‗p
bo‗lsa, ishlab chiqarishning o‗sishi katta foyda olib
keladi hamda ishlab chiqarish,
bandlik va daromadlar darajasi ortib boradi.
Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta‘sir etuvchi omillarni o‗rganish,
iqtisodiy tebranishlar amplitudasini qisqartirish barcha hukumatlar makroiqtisodiy
siyosatining muhim maqsadlaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: