147
Inflyatsiya narxlar darajasining o‗sishida namoyon bo‗ladi. Inflyatsiya darajasi,
uning rivojlanish vaqti davrlari - inflyatsion jarayonning asosiy tavsiflaridir.
Inflyatsiya sabablarini aniqlay borib, ayrim iqtisodchilar uni birinchi navbatda
ortiqcha talabning paydo bo‗lishi bilan bog‗lasalar, boshqa bir iqtisodchilar esa -
mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining o‗sishi bilan bog‗laydilar.
Odatda, iqtisodiyotda qisqa, o‗rta va uzoq muddatli vaqt oraliqlari farqlanadi.
Vaqt omili yordamida inflyatsiya va ishsizlik o‗rtasidagi bog‗liqlik tahlil etilganda,
qisqa muddatli davrda ishsizlik va inflyatsiya o‗rtasida teskari bog‗liqlik, uzoq
muddatli davrda esa to‗g‗ri bog‗liqlik mavjudligi ko‗zga tashlanadi. Inflyatsiya va
ishsizlik o‗rtasidagi bog‗liqlikni tahlil etishda Filips egri chizig‗idan foydalaniladi.
Iqtisodchilar inflyatsiyaning ishlab chiqarishga ta‘sirini turlicha baholaydilar.
Talab inflyatsiyasi tarafdorlari me‘yoriy ravishda bo‗ladigan inflyatsiya iqtisodiyot
o‗sish su‘ratlarining o‗sishini yuzaga chiqaradi deb ta‘kidlasalar, xarajatlar
inflyatsiyasi tarafdorlari, bunga teskari tarzda uning rivojlanishi ishlab chiqarishning
qisqarishiga olib keladi deb ta‘kidlashadi.
Dostları ilə paylaş: