132
YaMMni hisoblashda kompaniyalarning moliyaviy hujjatlaridan statistik
ma‘lumotlarni olamiz va ular YaMMning haqiqiy nominal ko‗rsatkichini aniqlashga
imkon beradi. Chunki, biror-bir yilda yaratilgan nominal YaMMning o‗sishi bir
tomondan ishlab chiqarish hajmining o‗zgarishini,
ikkinchi tomondan bahoning
o‗zgarishini bildiradi deya olmaymiz. Muammo shundan iboratki, qiymat (vaqt,
miqdor) ko‗rsatkichlarini shunday tuzatishimiz kerakki,
u ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlar fizik hajmining o‗zgarishini aniq ifodalasin.
Bu muammo yechimi iqtisodchilar tomonidan topilgan. Ya‘ni, baholar o‗sib
borganda nominal YaMM ko‗rsatkichi kamaytiriladi va aksincha baholar kamayib
borganda ko‗paytiriladi. Bu to‗g‗rilashlar turli yillarda YaMM ko‗rsatkichlarini
solishtirish imkonini beradi. Joriy baholarda (baholarning o‗zgarishini hisobga
olmagan holda) hisoblangan YaMM nominal YaMM ni bildiradi. Demak,
bunga
teskari ravishda inflyatsiya darajasini (ya‘ni, baholarning o‗sishi) yoki deflyatsiya
(ya‘ni, baholarning kamayishi) darajalarini hisobga olgan holda hisoblangan YaMM
real YaMM sanaladi.
Real YaMM = (Nominal YaMM / baho indeksi)x100%.
Dostları ilə paylaş: