77
Yakuniy qism
– bu qism ham tanishuv qismi kabi 5-7 daqiqali bo‘lib,
ekskursiya ob’ektlari bilan bog‘liq emas. Bu yerda ekskursiya xizmatining mavzusi
bo‘yicha
yakuniy xulosalar qilinadi, bugungi yoritilgan mavzuni kengaytirishi,
chuqurlashtirishi mumkin bo‘lgan boshqa ekskursiya mavzulari haqida ma’lumotlar
beriladi. Yakuniy qism ham tanishuv va asosiy qism kabi muhimdir.
Ekskursiya xizmati qiziqarli bo‘lishibilan birga keraksiz ma’lumotlar oqimi
bilan yuklanmasligi, ma’lumotlarni taqdim
etish usuli toliqtiradigan
bo‘lmasligi,turli toifadagiekskursantlar tomonidan qiziqarli tarzda qabul qilinishi
kerak. Shuning uchun, ekskursiya mavzusi albatta aniq bir toifa ekskursantlarga
yo‘naltirilishi kerak (kattalar, bolalar, yoshlar,
shahar yoki qishloq aholisi, turli
kasb egalari, chet ellik turistlar va h.). Ekskursiya xizmatida bunday yondashuv
differensial yondashuvdeyiladi. U nafaqat iste’molchilar manfaatlarini,
balki
maqsadlarini ham hisobga oladi.Agar ekskursiya xizmati folklor tur tarkibida
tashkil qilinayotgan bo‘lsa, asosiy e’tibor hududning milliy qiyofasi, obidalari va
tarixini ko‘rsatib, hikoya qilishga qaratiladi. Agar ekskursiya xizmati ish yuzasidagi
turizm
tarkibiga kirsa, e’tibor o‘sha hududning umumiy, ishga aloqador
markazlariga qaratiladi. Kurort dam olishlarda ekskursiya xizmati tashkil etilsa,
tabiiy landshaftlar ob’ekt sifatida tanlanadi.
Yangi ekskursiya xizmatini tayyorlash jarayonida
bir nechta bosqichlarni
ajratish mumkin. Ularni ekskursiya muassasalari amaliy faoliyatida yo‘lga
qo‘yilgan ketma-ketlikda ko‘rib chiqamiz. «Ekskursiya xizmatini tayyorlash
bosqichi» tushunchasi birinchi marotaba 1976 yilda amaliyotga qo‘llanila boshlandi
va unda quyidagi 15 ta bosqich ajratildi:
1.
Ekskursiya xizmatining maqsad va vazifalarini aniqlash;
2.
Ekskursiya xizmati mavzusini tanlash;
3.
Zaruriy adabiyotlar ro‘yxatini tuzish;
4.
Ekskursiya ma’lumoti manbalarini aniqlash. Mavzu bo‘yicha muzey,
arxiv fondlari va ekspozitsiyalari bilan tanishish;
5.
Ekskursiya ob’ektlarini tanlash va o‘rganish;
78
6.
Ekskursiya marshrutini tuzish;
7.
Marshrutni ko‘zdan kechirish;
8.
Ekskursiyaningasosiy matnini tayyorlash;
9.
«Gid portfeli»ni tahlash;
10.
Ekskursiya xizmatini o‘tkazishning usullarini aniqlash;
11.
Ekskursiya xizmatini olib borish texnikasini aniqlash;
12.
Uslubiy ishlanmalarni tayyorlash;
13.
Ekskursiya xizmatining individual matnini tuzish;
14.
Sinov ekskursiyasini o‘tkazish;
15.
Ekskursiya xizmatini tasdiqlash.
Ekskursiya uslubiyatining talablaridan biri bilim
olish jarayoni sifatida
ekskursiya
xizmatining
uzluksizligini
ta’minlash,
ya’ni
ma’lumotlarni
ekskursantlarga ta’sirini butun bir ekskursiya xizmati davomida ta’minlay olish
hisoblanadi. Ekskursiya xizmatini olib borish vaqti ob’ektlarni ko‘rsatish, hikoya
qilish, mavzuostilar oralig‘idagi tanaffuslar va mavzuning asosiy savollari
jamlanmasidan iborat bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: