Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/168
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161973
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   168
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

Tanishuv qismi
– qoidaga ko‘ra 2 qismdan iborat:

tashkiliy, 
ya’nigid guruh bilan tanishadi, xavfsizlik qoidalari, marshrutda 
o‘zini tutishi bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazadi; 
-
axborot, 
ya’nigidekskursantlargamavzu haqida, marshrutning masofasi, 
davomiyligi, jo‘nash vaqaytish vaqti, sanitar bekatlar va ekskursiya xizmatining 
tugash joyi haqida ma’lumot beradi. 
Asosiy qism
– aniq ekskursiya ob’ektlarini ko‘rsatish va hikoya qilish asosida 
tuziladi. Asosiy qism bir nechta mavzuostilardan iborat bo‘lib, bitta umumiy 
mavzuda umumlashadi va ob’ektlarda yoritiladi. Mavzuostilar odatda 5 tadan 12 
tagacha bo‘lishi mumkin. Ekskursiya xizmatini tayyorlashda shunday ob’ektlarni 
tanlash kerakki, vaqt bo‘yicha aniq rejalashtirilgan va ekskursiya xizmati 
mavzusining mazmunini yoritishga yordam qilsin. 


77 
Yakuniy qism
– bu qism ham tanishuv qismi kabi 5-7 daqiqali bo‘lib, 
ekskursiya ob’ektlari bilan bog‘liq emas. Bu yerda ekskursiya xizmatining mavzusi 
bo‘yicha yakuniy xulosalar qilinadi, bugungi yoritilgan mavzuni kengaytirishi, 
chuqurlashtirishi mumkin bo‘lgan boshqa ekskursiya mavzulari haqida ma’lumotlar 
beriladi. Yakuniy qism ham tanishuv va asosiy qism kabi muhimdir. 
Ekskursiya xizmati qiziqarli bo‘lishibilan birga keraksiz ma’lumotlar oqimi 
bilan yuklanmasligi, ma’lumotlarni taqdim etish usuli toliqtiradigan 
bo‘lmasligi,turli toifadagiekskursantlar tomonidan qiziqarli tarzda qabul qilinishi 
kerak. Shuning uchun, ekskursiya mavzusi albatta aniq bir toifa ekskursantlarga 
yo‘naltirilishi kerak (kattalar, bolalar, yoshlar, shahar yoki qishloq aholisi, turli 
kasb egalari, chet ellik turistlar va h.). Ekskursiya xizmatida bunday yondashuv 
differensial yondashuvdeyiladi. U nafaqat iste’molchilar manfaatlarini, balki 
maqsadlarini ham hisobga oladi.Agar ekskursiya xizmati folklor tur tarkibida 
tashkil qilinayotgan bo‘lsa, asosiy e’tibor hududning milliy qiyofasi, obidalari va 
tarixini ko‘rsatib, hikoya qilishga qaratiladi. Agar ekskursiya xizmati ish yuzasidagi 
turizm tarkibiga kirsa, e’tibor o‘sha hududning umumiy, ishga aloqador 
markazlariga qaratiladi. Kurort dam olishlarda ekskursiya xizmati tashkil etilsa, 
tabiiy landshaftlar ob’ekt sifatida tanlanadi. 
Yangi ekskursiya xizmatini tayyorlash jarayonida bir nechta bosqichlarni 
ajratish mumkin. Ularni ekskursiya muassasalari amaliy faoliyatida yo‘lga 
qo‘yilgan ketma-ketlikda ko‘rib chiqamiz. «Ekskursiya xizmatini tayyorlash 
bosqichi» tushunchasi birinchi marotaba 1976 yilda amaliyotga qo‘llanila boshlandi 
va unda quyidagi 15 ta bosqich ajratildi: 
1.
Ekskursiya xizmatining maqsad va vazifalarini aniqlash; 
2.
Ekskursiya xizmati mavzusini tanlash; 
3.
Zaruriy adabiyotlar ro‘yxatini tuzish; 
4.
Ekskursiya ma’lumoti manbalarini aniqlash. Mavzu bo‘yicha muzey, 
arxiv fondlari va ekspozitsiyalari bilan tanishish; 
5.
Ekskursiya ob’ektlarini tanlash va o‘rganish; 


78 
6.
Ekskursiya marshrutini tuzish; 
7.
Marshrutni ko‘zdan kechirish; 
8.
Ekskursiyaningasosiy matnini tayyorlash; 
9.
«Gid portfeli»ni tahlash; 
10.
Ekskursiya xizmatini o‘tkazishning usullarini aniqlash; 
11.
Ekskursiya xizmatini olib borish texnikasini aniqlash; 
12.
Uslubiy ishlanmalarni tayyorlash; 
13.
Ekskursiya xizmatining individual matnini tuzish; 
14.
Sinov ekskursiyasini o‘tkazish; 
15.
Ekskursiya xizmatini tasdiqlash. 
Ekskursiya uslubiyatining talablaridan biri bilim olish jarayoni sifatida 
ekskursiya 
xizmatining 
uzluksizligini 
ta’minlash, 
ya’ni 
ma’lumotlarni 
ekskursantlarga ta’sirini butun bir ekskursiya xizmati davomida ta’minlay olish 
hisoblanadi. Ekskursiya xizmatini olib borish vaqti ob’ektlarni ko‘rsatish, hikoya 
qilish, mavzuostilar oralig‘idagi tanaffuslar va mavzuning asosiy savollari 
jamlanmasidan iborat bo‘lishi kerak. 
 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin