O‘zbekistonning eng yangi tarixi


-mavzu: Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy



Yüklə 5,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/71
tarix20.11.2023
ölçüsü5,56 Kb.
#161992
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71
O\'zb eng yangi tar. majmua 2022 (3)

9-mavzu: Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy 
taraqqiyot 
(2-qism) 
Reja: 
5.
Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va 
milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati.
7.
Tarixiy shaharlar (Buxoro, Samarqand, Marg‘ilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, 
SHahrisabz) yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonlanishi. Toshkent shahri – 
Islom madaniyati poytaxti.


51 
8.
O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta’minlash 
borasidagi davlat siyosati.
Ma’naviyat maskanlari. Teatr. Mustaqillik yillarida madaniy hayotda ham tub 
o‘zgarishlar yuz berdi. Bu, avvalo, teatr san’ati rivojlanishida yaqqol sezila boshladi, 
yangi teatr dargohlari qurib ishga tushirildi. 1991-yilda Farg‘ona, 1993-yilda 
Xorazmda davlat qo‘g‘irchoq teatrlari ish boshladi, 1994-yilda Qashqadaryo va 
Namangan viloyat teatrlari qoshida qo‘g‘irchoq guruhlari, 2001-yilda Surxondaryo 
viloyat qo‘g‘irchoq teatri ochildi. O‘zbek davlat akademik drama (2001-yil) va 
O‘zbekiston akademik rus drama teatrlari (1999-yil) kabi poytaxt hamda viloyat teatr 
jamoalariga yangi binolar qurildi, ta’mirlandi. 2015-yilning oktabrida rekonstruksiya 
qilingan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining 
ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 
1993-yilning 
sentabrida 
“Turkiston” saroyi ish boshladi. 2009-yilda 
“O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyi, 2011-yilda Simpoziumlar saroyi va Alisher 
Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidan tashkil topgan Ma’rifat markazi 
majmuasi, 2014-yilda Farg‘ona viloyatida Teatr-konsert saroyi kabi ma’naviyat 
maskanlari ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston teatr 
san’atini rivojlantirish to‘g‘risida”gi (1998-yil) farmoniga muvofiq ma’naviy-
ma’rifiy islohotlarda teatr arboblarining faol ishtirokini ta’minlash, milliy 
qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratish kabi 
maqsadlarda “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. 2017-yil 
faoliyati tanqidiy o‘rganilib, “O‘zbekteatr” birlashmasi tugatilib, uning funksiyalari 
Madaniyat vazirligiga o‘tkazildi. 
2001-yil O‘zbek davlat akademik drama teatriga Prezident farmoni bilan “Milliy 
teatr” maqomi berildi. 2014-yilda Prezident “O‘zbek milliy akademik drama 
teatrining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Ushbu qarorga 
muvofiq teatr ta’mirlandi va yubiley tadbiri bo‘lib o‘tdi. 
Poytaxtdagi respublika teatrlari qatorida viloyat jamoalari ham xalqaro madaniy 
munosabatlarda qatnashib kelmoqda. Bu borada O‘zbekiston YOshlar teatri, Ilhom 
teatri va Qashqadaryodagi “Eski masjid” teatr-studiyasi faollik ko‘rsatdi. 2018-yil 
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi huzurida ilk bor harbiy teatr-studiya – «Turon» tashkil 
etildi. Mazkur teatr nafaqat harbiylar va ularning oilalari, balki barcha uchun xizmat 
ko‘rsatadi. 
Boshqa sohalarda bo‘lgani singari, 2017-yil teatr san’ati sohasida ham keng 
islohotlar boshlandi. eng avvalo, 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar 
strategiyasida teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar 
faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash belgilab qo‘yildi. Madaniyat muassasalarining faoliyatini tashkil 
etish, madaniyat va san’atning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini oshirish, yosh 
avlodni milliy va umuminsoniyga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston 


52 
Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va 
takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bugungi 
kunda mamlakatimizdagi mavjud 37 ta teatr faoliyatini ta’minlash uchun 2017-
yilning o‘zida davlat budjetidan 81 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Davlat madaniyat 
muassasalari 
va 
davlat 
arxivlari 
xodimlari 
mehnatiga 
haq 
to‘lashning 
takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy rag‘batlantirishni 
kuchaytirish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, davlat madaniyat muassasalari artistlari, 
ma’muriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, ijodiy va boshqa xodimlarining mehnat haqi 
miqdorlari o‘rtacha 45 foizga oshirildi. 
Musiqa va raqs san’ati. Mustaqillik yillarida musiqa san’atida tub burilish asliga 
qaytish an’anaviy ohanglardan bahramandlik va ta’sirlanishda namoyon bo‘ldi. 
Buning uchun, eng avvalo, xalqqa yaqinlashish, el orasida yurish, eng noyob xalq 
iste’dodlarini izlab topish zarur edi. SHu maqsadda 1992-yili bir qancha ko‘rik-
tanlovlar o‘tkazildi. Jumladan, Toshkent shahrida mart oyida milliy soz 
ijrochilarining “Asrlarga tengdosh navolar”, aprel oyida mashhur san’atkorlar asarlari 
ijrochilarining “Boqiy ovozlar”, Xorazm viloyatida may oyida folklor jamoalarining, 
iyun oyida Qo‘qon shahrida askiya, qiziqchi va masxarabozlarning va avgust oyida 
Toshkent shahrida lapar, yalla ijrochilarining ko‘rik-tanlovlari tashkil etildi. Ular bir 
necha o‘nlab iste’dodlarni kashf qildi. Bu kabi tadbirlar, festivallar o‘tkazilishi 
an’anaga aylanib, xalqaro miqyosda nomoddiy madaniy merosni asrash yuzasidan 
olib borilayotgan harakatlar bilan uyg‘unlashib ketdi. 
Mustaqillik davrida professional musiqa va raqsni rivojlantirish ishlariga ham 
e’tibor qaratildi. 1996-yil “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 1997-yil Mukarrama 
Turg‘unboeva nomidagi “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasi hamda Toshkent 
davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tuzildi. 2001-yil “O‘zbeknavo” 
estrada birlashmasi, Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish 
Kengashi ish boshladi. Istiqlol davrida tamomila yangi ko‘rik-tanlovlar, festivallar 
yuzaga keldi. 
1995-yilda Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston – Vatanim manim” mavzuida 
ko‘rik-tanlov o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qildi. 1996-yil mart oyidan o‘tkazilib 
kelinayotgan “O‘zbekiston – Vatanim manim” mavzuidagi ko‘rik-tanlovi 
mustaqillikni, Vatanni anglash, uni ulug‘lash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. 
SHuning uchun ham 1996-yil 27-avgust kuni maxsus farmon qabul qilindi. Unda har 
yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi, “O‘zbekiston – Vatanim manim” qo‘shiq 
bayrami kuni deb e’lon qilindi. Tanlov mustaqillikni madh etuvchi yuzlab qo‘shiqlar 
yaratilishiga turtki bo‘ldi. 
Vazirlar Mahkamasining 1997-yildagi qarori bilan har ikki yilda bir marotaba 
Samarqand shahrida “SHarq taronalari” xalqaro musiqa festivali o‘tkazila boshlandi. 
Birinchi festivalda dunyoning 31 mamlakatidan vakillar ishtirok etishdi. Festivalning 


53 
mintaqaviy qamrovi ham tobora kengayib bormoqda. 2015-yili X festivalda 66 
mamlakatdan vakillar qatnashdi.
YUNESKO tomonidan yuritiladigan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi 
ro‘yxatidan SHashmaqom (2008), Boysun madaniy muhiti (2008), Navro‘z (2009), 
Katta ashula (2009), Askiya (2014) o‘rin oldi. 2017-yilda Prezident qarori bilan 
O‘zbek milliy maqom san’ati markazi tashkil etildi. 2018-yildan boshlab SHahrisabz 
shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san’ati festivalini o‘tkazish 
belgilandi. 1998-yili mamlakatimizda birinchi marta simfonik musiqa festivali 
o‘tkazildi. Mazkur festivalda dunyoning 20 ga yaqin mamlakatlaridan ijrochilar 
ishtirok etishdi. 
Mustaqillik yillari musiqa san’atini akademik, an’anaviy va zamonaviy 
yo‘nalishlarida rivojlanishiga zarur shart-sharoitlar yaratish qatorida uning ta’limiga 
ham e’tibor berildi. 2002-yilda Toshkent davlat konservatoriyasi O‘zbekiston davlat 
konservatoriyasiga aylantirildi. Konservatoriyaning yangi binosi qurildi. 
Prezidentning qarori bilan qabul qilingan Bolalar musiqa va san’at maktablarining 
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash 
bo‘yicha davlat dasturi ham muhim o‘rin tutib, uning doirasida 2009–2014-yillarda 
hududlarda 278 ta musiqa va san’at maktabi foydalanishga topshirildi. 
“Nihol”, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotlari ta’sis etilishi, “Kamalak 
yulduzlari” respublika bolalar ijodiyoti festivali, “Sozlar navosi” yosh musiqa 
ijrochilari va boshqa ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib kelinayotgani yangi iste’dodlarni 
ro‘yobga chiqarish va qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga xizmat qiladi. 
Tasviriy san’at. Tasviriy san’at uchun mustaqillik keng imkoniyatlar yaratib 
berdi. Avvalo, 1997-yilda O‘zbekistonda birinchi bor Badiiy akademiya tashkil etildi. 
2002-yili Toshkent foto uyi, 2004-yili O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi, 2005-
yili O‘zbek liboslari galereyasi, 2006-yili Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi ish 
boshladi. 
Mamlakat Prezidentining 1997-yil “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy 
san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi farmonida amaliy bezak san’ati ahamiyatini oshirish, qo‘lda 
ishlanadigan badiiy buyumlarni tayyorlashda davlat tomonidan madad berilish 
choralari belgilandi. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni 
ta’sis etildi, “Hunarmand” uyushmasi tashkil qilindi. Qolaversa, hunarmandlar 
daromad solig‘idan ozod etildi. 
Kino. Mustaqillik yillarida milliy kino san’atini rivojlantirishga ham alohida 
e’tibor qaratildi. Dastlabki davrdagi moliyaviy qo‘llab-quvvatlashlar 2004-yili 
“O‘zbekkino” milliy agentligi tashkil etilgandan keyin yangi bosqichga ko‘tarildi. 
2017-yil kino san’ati uchun ham muhim yil bo‘ldi. Birgina shu yilning o‘zida 
“O‘zbekkino” milliy agentligiga davlat budjetidan 12 milliard 400 million so‘m 
ajratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 2017-yil 29-dekabr 
kuni milliy kino san’ati xodimlari va mutasaddilari bilan uchrashdi. Unda kino 


54 
san’atining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, madaniyat va san’at 
yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari, tajriba va malaka oshirishini tashkil etish, 
hududlarda kinoteatrlar qurish, ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari 
muhokama qilindi. SHuningdek, kinematografiya sohasini rivojlantirish borasida 
qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash, xorijiy kinostudiyalar va kinoijodkorlar 
bilan aloqalarni mustahkamlash, ular bilan hamkorlikda filmlar yaratishni yo‘lga 
qo‘yish ta’kidlandi. 
Badiiy adabiyot. Mustaqillik yillarida badiiy adabiyotda milliylik, ming yillik 
tarixiy ijodiy an’analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari 
tiklandi. Badiiy adabiyotda mustaqillikni asrab-avaylash, ozod va obod Vatan qurish, 
barkamol insonni tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu 
bo‘lib qoldi. Abdulla Oripov, Odil YOqubov, Pirimqul Qodirov, Xurshid Davron 
kabi ijodkorlarning tarixiy roman, pesa va qissalarida ulug‘ bobokalonlarimiz Amir 
Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur va boshqalarning siymolari umuminsoniy va milliy 
qadriyatlarga mos tarzda yangicha talqinda yoritildi. 
Mustaqillik davri adabiyotining yalovbardorlari O‘zbekiston qahramonlari Said 
Ahmad, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad 
YUsuflar ijodiy faoliyati bilan butun xalqimiz faxrlanadi. Istiqlol davridagi o‘zbek 
adabiyotshunosligi oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda O.SHarofiddinov, 
B.Qosimov, N.Karimovlarning asarlari alohida o‘rin egallaydi. Muhammad Ali va 
T.Malikning 
romanlari, 
U.Azim, 
E.A’zam, 
S.Sayyid, 
H.Xudoyberdieva, 
H.Ahmedova, J.Ergasheva, X.Do‘stmuhammad, SH.Salimova singari shoir va 
adiblarning badiiy barkamol, g‘oyaviy etuk asarlari katta hissa bo‘lib qo‘shildi. 
Umuman, adabiyotga e’tibor madaniyatning muhim yo‘nalishi bo‘lib qoldi. 
YOzuvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida 2010-yil O‘zbekiston YOzuvchilar 
uyushmasi huzurida “Ijod” fondi tashkil etilib, 2011-yildan yosh ijodkorlarning 
birinchi kitoblari davlat hisobidan chop qilina boshlandi. Adabiyotga e’tibor 2017–
2018-yillarda yanada kuchaydi. 2017-yil 12-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish
kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha 
komissiya tuzish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. SHu yildan 10 yoshdan 30 
yoshgacha bo‘lgan kitobsevarlar o‘rtasida “YOsh kitobxon” respublika ko‘rik tanlovi 
tashkil etildi. SHuningdek, O‘zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoevning 2017-yil 3-
avgust kuni ijodkor ziyolilar bilan bo‘lgan uchrashuvida bir qator madaniy 
muassasalarga homiy tashkilotlar belgilab berildi. SHu yo‘nalishda Xalq banki bilan 
YOzuvchilar uyushmasining “Do‘stlar klubi” tashkil etildi. “Do‘stlar klubi”ning 
tashkil etilishi yozuvchi va shoirlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va nufuzini oshirish, 
ularning ijodiy salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish, moddiy va ma’naviy 
rag‘batlantirish, munosib ish va turmush sharoiti yaratib berish uchun keng 
imkoniyatlar yaratmoqda. 


55 
Muzey. Millatimizning o‘zligini anglashda hamda milliy, tarixiy qadriyatlarimizni 
tiklashda muzeylar alohida o‘rin tutadi. Muzeylar orqali o‘tmishni, tarixni ko‘rish, 
eslash, sezish, o‘rganish mumkin. SHu boisdan ham, mustaqillik yillarida mavjud 
muzeylarni ta’mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo 
etishga alohida e’tibor berildi. 1996-yili Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi, 
Olimpiya shon-shuhrati, 2002-yili Qatag‘on qurbonlari xotirasi, Surxondaryo 
viloyatining markazi – Termiz shahrida Arxeologiya muzeyi ish boshladi. 1991–
1994-yillarda 73 ta muzey mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2017-yilda 450 ga yaqin muzey 
faoliyat olib bormoqda. O‘zbekiston Prezidentining 1998-yildagi “Muzeylar 
faoliyatini 
tubdan 
yaxshilash 
va 
takomillashtirish 
to‘g‘risida”gi farmoni 
mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Muzeylar 
davlat muhofazasiga olindi, ularni ta’mirlash, muzey eksponatlarini boyitish davlat 
budjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. Muzeylar faoliyatini 
muvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish, moddiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash maqsadida 1998-yilda “O‘zbekmuzey” Respublika jamg‘armasi tuzildi. 
Aholining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko‘maklashuvchi “Moziydan 
sado” jurnali ta’sis etildi va u 1999-yildan boshlab o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr 
etila boshlandi. 
YOshlar ma’naviyatida muzeylarning ahamiyati hisobga olinib, 2014-yil Vazirlar 
Mahkamasining qarori bilan haftaning seshanba va juma kunlari bolalar va ularning 
ota-onalariga bepul xizmat ko‘rsatish, har yili 2–8 sentabr kunlari “Muzeylar 
haftaligi”ni tashkil etish belgilandi. SHunday qilib, davlat madaniy hayotning ko‘p 
qirrali xususiyatini saqlagan holda jamiyat rivojlanishiga qulay shart-sharoit 
yaratishga e’tibor qaratib kelmoqda. SHuningdek, madaniyat O‘zbekiston aholisining 
asosiy qismini tashkil etuvchi yoshlarga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir. 

Yüklə 5,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin