O‘zbekistonning eng yangi tarixi


partiyalardan yana biri O‘zbekiston “Vatan taraqqiyoti” partiyasi bo‘ldi. Ushbu



Yüklə 5,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/71
tarix20.11.2023
ölçüsü5,56 Kb.
#161992
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71
O\'zb eng yangi tar. majmua 2022 (3)


partiyalardan yana biri O‘zbekiston “Vatan taraqqiyoti” partiyasi bo‘ldi. Ushbu 
partiya 1992-yil tashkil topgan. 1999-yili “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi 
ta’sis etildi. U O‘zbekiston fidokorlar maqsadlari va intilishlarini qo‘llab-
quvvatlaydigan siyosiy uyushma sifatida dunyoga keldi. 2000-yil aprelda “Vatan 
taraqqiyoti” partiyasi va “Fidokorlar” milliy-demokratik partiyasining qo‘shma 
qurultoyi bo‘lib, unda har ikki partiya harakati, faoliyat dasturi yakdilligi muhokama 
qilindi, ularning birlashib ishlashlari maqsadga muvofiq degan xulosa asosida ikkita 
partiya birlashdi. 


30 
Mustaqillikning dastlabki yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri bu – 
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidir. U 1995-yil fevralda tuzilgan. 
Sotsial-demokratik partiyalarning asosiy maqsadi jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni 
hal etishga qaratilgan. Partiya shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlardagi 
sotsial-demokratik yo‘nalishdagi partiyalar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishga va 
xalqaro sotsial-demokratik harakatlarda faol ishtirok etishga intilmoqda. O‘zbekiston 
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi o‘rta sinf va ehtiyojmand aholi tabaqasiga 
tayanadi, ularning siyosiy va ijtimoiy irodalarini ifodalashga intiladi. 
Mustaqillik yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri – bu O‘zbekiston 
Milliy tiklanish demokratik partiyasidir. Ushbu partiya 1995-yili iyunda tuzilgan. 
O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining asosiy maqsad-vazifasi milliy 
an’analarni va qadriyatlarni saqlashdan iborat. 2008-yil iyunda O‘zbekiston 
“Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” 
demokratik partiyasining birlashuv qurultoyi bo‘lib, unda O‘zbekiston “Milliy 
tiklanish” demokratik partiyasi va “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasini 
birlashtirish to‘g‘risidagi masala ko‘rildi. Qurultoyda partiyalarning maqsadli 
dasturiy vazifalari mazmun-mohiyatiga ko‘ra bir-biriga yaqinligi ta’kidlandi va ular 
birlashtirildi. 
O‘zbekiston siyosiy tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib ulgurgan O‘zbekiston 
Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) 2003-yil noyabrda tashkil topgan. 
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi umummilliy siyosiy tashkilot sifatida 
mulkdorlar qatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon xo‘jaliklari vakillari, ishlab 
chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar 
manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalarning o‘tgan yillar davomidagi 
faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularning rivojlanishi uchun huquqiy asos 
yaratilganini ko‘ramiz. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
“Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi 
qonunlar hamda “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda 
mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish 
to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni shular jumlasidandir. Tabiiyki, siyosiy 
partiyalarning jamiyatda qanchalik mavqega ega ekanligini belgilovchi asosiy mezon 
– bu ularning davlat hokimiyati vakillik organlariga bo‘ladigan saylovlarda qanday 
natijalarga erishganligi hisoblanadi. 
O‘zbekiston ekologik harakati. 2008-yil O‘zbekiston Respublikasining “Saylov 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston 
Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 
qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasiga besh yil muddatga 135 deputat saylanib, Qonunchilik 
palatasining 15 deputati O‘zbekiston ekologik harakatidan, o‘z ichki qurultoyidan 
saylanishi belgilandi. Ushbu Qonun asosida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasidagi 


31 
deputatlarining soni 150 deputatdan iborat bo‘ldi. O‘zbekiston ekologik harakati 
2008-yil avgustda tashkil topgan. O‘zbekiston ekologik harakati o‘z faoliyatini 
fuqarolarning hozirgi va kelgusi avlodi qulay atrof-muhit sharoitida yashashi, aholi 
salomatligini yaxshilash, barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona 
foydalanish huquqlarini hamda ularga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan 
yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda jamiyatning bor kuch va 
salohiyatini safarbar qilishga qaratgan. 2017-yil 22-dekabrda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi e’lon qilindi. Mazkur 
Murojaatnomada 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasidagi 15 ta deputatlik o‘rni belgilab qo‘yilmasdan, Ekologik harakat boshqa 
partiyalar bilan teng raqobatga kirishgan holda, saylovlar orqali deputatlik o‘rniga 
erishishi lozimligi taklif etildi.
Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari. 2000-yildan bugungi kunga qadar bo‘lgan 
davrni qamrab olgan bosqichda mamlakatda faol demokratik yangilanish va 
modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi. Ushbu bosqichning asosiy vazifasi qilib 
milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga qaratilgan kuchli davlatdan – kuchli 
fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tish masalasi qo‘yildi. Mamlakatning 
siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari 
chuqurlashdi, inson haqhuquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud 
tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy 
va siyosiy faolligi ortib bordi. Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik 
jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish 
konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini 
yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh etish, 
so‘z erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini takomillashtirish, iqtisodiyotni 
liberallashtirishga qaratilgan demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirishga 
qaratilganligi bilan xarakterlanadi. 
2002-yili bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning IX sessiyasida mamlakatning Birinchi 
Prezidenti Islom Karimov ayni ana shu ko‘p qirrali islohotlarni amalga oshirishning 
yangi tamoyillarini o‘rtaga tashladi. Unda islohotlarga doir ettita masala – ustuvor 
yo‘nalish belgilab berildi. Ustuvor yo‘nalishlardan biri jamiyat hayotida nodavlat va 
notijorat tashkilotlarning o‘rni va rolini oshirish orqali fuqarolik jamiyatini barpo 
etish jarayonlarini chuqurlashtirish, “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari” 
tamoyilini amalga oshirish hisoblanadi. 
Davlat siyosatining bosh yo‘li huquqiy, demokratik davlatni vujudga keltirish, 
qonun oldida barchaning tengligini ta’minlash, “fuqaro – jamiyat – davlat” prinsipini 
joriy etish, ana shu yo‘l bilan fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish bo‘ldi. 
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Islom Karimovning 2010-yil 12-noyabrda 
bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va 
Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada 


32 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida qilgan 
ma’ruzasi amalga oshirilgan islohotlarni sarhisob qilish hamda jamiyat va davlat 
hayotining barcha sohalarini yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab olish 
nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu Konsepsiyada 
mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish borasida amalga 
oshirilgan ishlar mufassal tahlil etilib, bu yo‘nalishdagi demokratik islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish va izchil davom ettirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab 
berildi. 
Davlat 
hokimiyati 
va 
boshqaruvini 
demokratlashtirish 
yuzasidan 
Konstitutsiyaning 78, 89, 93, 96, 98-moddalariga o‘zgartirishlar kiritilib, unga asosan 
Bosh Vazir nomzodi saylovlarda (Oliy Majlis) eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan 
siyosiy partiya yoki teng miqdorda ko‘p o‘rin olgan siyosiy partiyalar tomonidan 
taklif etiladi, Prezident taqdim etilgan nomzodni ko‘rib chiqib, 10 kun muddat ichida 
Oliy Majlis palatalari tomonidan ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taklif etadigan 
bo‘ldi. 
Konsepsiya olti qismdan iborat bo‘lib, unda davlat hokimiyati va boshqaruvini 
demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z 
erkinligini, saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini 
rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, bozor 
iqtisodiyotini liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish borasidagi muhim vazifalar 
belgilangan. 
Sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida advokatura instituti takomillashtirildi va 
uning mustaqilligi yanada mustahkamlandi. Jinoiy jazolarni liberallashtirish 
munosabati bilan jinoyatlar tasnifi o‘zgartirildi. Sanksiya berish huquqi sudlarga 
o‘tkazildi. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi 
to‘g‘risida”, “Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalari 
faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalarini davlat 
tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qilish 
belgilandi. Natijada axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini 
ta’minlash sohasida, umuman, mamlakatda ushbu sohaga oid 10 ga yaqin qonun 
hujjatlari qabul qilindi. 
O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini 
rivojlantirish sohasida saylov qonunchiligi takomillashtirilib, saylov tizimi izchil va 
bosqichma-bosqich liberallashtirib borildi. Muddatidan oldin ovoz berish 
muammosini hal etish, uchastka saylov komissiyalari faoliyatining oshkoraligini 
ta’minlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish belgilandi. 
Ayni paytda yurtimizda 9 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti mavjud. 29 ta 
xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilotlarining filial va vakolat- xonalari faoliyat 
yuritmoqda. 2017-yilda «Nuroniy» jamg‘armasi, YOshlar ittifoqi, O‘zbekiston 
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi, Savdo-sanoat palatasi, 
o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika 


33 
kengashi kabi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish va ularni 
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan alohida farmon va qarorlar qabul qilindi. 
Xalq bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi. 2016-yilda ilk bor mamlakat aholisi va 
hukumatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti yo‘lga qo‘yildi. SHu yilning sentabr oyida 
Bosh vazirning (pm.gov.uz elektron manzilida) virtual qabulxonasi ochildi. 2017-
yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi bu sohadagi 
ishlarni faollashtirdi. 
Prezident SHavkat Mirziyoevning 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik 
shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Uning 
xodimlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining xodimlari hisoblanishi 
belgilab qo‘yildi. 2017-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat 
Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 
yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida Xalq qabulxonalari 
negizida, Prezident huzurida alohida tuzilma – Tezkor davlat xizmatlari agentligini 
tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. Bir yil davomida sinovdan o‘tib, tobora 
takomillashtirilib borilgan ushbu mexanizm dunyo hamjamiyatiga chinakam 
demokratiya yo‘lidagi muvaffaqiyatlarimizdan biri sifatida namoyish etildi. Prezident 
SHavkat Mirziyoev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-
sessiyasida xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini 
mustahkamlashni global maqsad sifatida belgilab, mamlakatimizning barcha 
hududida Prezidentning virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etilganini hamda 
hozirgi kungacha bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulxonalar orqali 
o‘zlarining dolzarb muammolarini hal qilganini ta’kidlab o‘tdi. 
2017–2021-yillarda mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga 
oshirilgan keng 
ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni 
mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, 
jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va 
diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi. 
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining tahlili, bugungi 
kunda jahon bozori talabi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora 
kuchayib borayotgani davlatimizni yanada jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun 
mutlaqo yangicha yondashuvni ishlab chiqishni taqozo etdi. Mamlakatning 2016-
yilda saylangan Prezidenti SHavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan olib borilayotgan 
islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama, jadal 
rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish 
hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni 
amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-
fevraldagi 
farmoni 
bilan 
2017–2021-yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini 


34 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 
tasdiqlandi. 
Harakatlar strategiyasida mamlakatni yanada rivojlantirish bo‘yicha 5 ta ustuvor 
yo‘nalish keltirilgan: 
I. Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish (moviy havorang – osmon 
va toza suv ramzi, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi). 
II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish 
(siyohrang – qonun ustuvorligi va or-nomuslilik ramzi). 
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish (tillarang – iqtisodiyotni 
rivojlantirish elementlari hisoblangan kuch-qudrat va boylik ramzi). 
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish (qizil rang – hayot va aholining munosib 
turmush tarzini ta’minlash ramzi). 
V. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, o‘zaro manfaatli va 
amaliy tashqi siyosat (oq rang – tinchliksevarlik siyosati elementlari hisoblangan 
tinchlik va soflik ramzi). 
Strategiya dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan 
masalalarni kompleks o‘rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va 
xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan. Harakatlar 
strategiyasi 5 bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo‘yicha yil 
nomlanishidan kelib chiqqan holda, alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni 
nazarda tutadi. Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Prezident rahbarlik 
qiladigan 14 kishilik Milliy komissiya tuzilib, u mazkur hujjatda belgilangan 
vazifalarning o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini nazorat qiladigan bo‘ldi. 

Yüklə 5,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin