5. Boshqarishga tizimli yondashuv Tashkilot
o ‘z
maqsadlariga
erishishda
o ‘zaro
bog‘liq
jarayonlarni aniqlashi, tushunishi va boshqarishi korxonaning
samaradorligi va yuqori tashkiliy-texnikaviy darajasiga hissa
qo‘shadi.
SMT bazaviy modelini ishlab chiqishda bu tamoyil, tashkilot
mahsulot yoki xizmatlarni yaratish jarayonlarini mahsulot yoki
xizmatlarni buyurtmachi ehtiyoj lariga muvofiqlikka tekshirish
jarayonlari bilan birlashtirishga harakat qilayotganligini ta’kidlaydi.
6. Doimiy yaxshilash Tashkilotning faoliyatini doimiy yaxshilashga o ‘zgarmas
maqsad deb qaralishi lozim.
Tashkilot SMT faoliyati orqali buyurtmachining kelajakdagi
ehtiyojlarini samarali qanoatlantirish va joriy qilingan jarayonlarni
eng yaxshi natijalarga erishishini o ‘z maqsadi deb qaraydi.
7. Faktlarga asoslangan qarorlarni qabul qilish Samarali qarorlar m a’lumotlarni va axborotlarni tahlil etishga
asoslanadi.
SMT faoliyatiga taalluqli qarorlarni qabul qilish uchun bu
darajada faktlar va m a’lumotlar qo‘llaniladi. Bunda m a’lumotlar
manbalari b o ‘lib auditlar, to ‘g ‘rilovchi amallar, jarayonlar faoliyati,
buyurtmachilar shikoyatlarining tahlillari natijalari, shuningdek
boshqa manbalar hisoblanadi. Tahlilda qanoatlanganlik darajasi va
SMT samaradorligini oshirish uchun qo‘llanilishi mumkin b o ‘lgan
m a’lumotlarga alohida e’tibor beriladi.
8. Yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlar Tashkilotlar va ularning yetkazib beruvchilari o ‘zaro bog‘liq
bo‘ladi va o ‘zaro manfaatli munosabatlar ikkala tomonning moddiy
boylik yaratish imkoniyatlarini oshiradi [13].
56