Tekshiriluvchilar uchun auditor ularning bo‘linmasi faoliyatini
baholash uchun kelgan begona shaxs hisoblanadi. Auditorning
vazifasi - tekshirilayotgan
tomon ishonchini qozonish, o ‘z ijobiy
munosabatini, b o ‘linmaga yordam berish xohishini ko‘rsatish
bo‘lishi kerak.
Auditorning vazifasi - m a’lumot olish. Auditor gapirayotgan
vaqtida m a’lumot ololmasligini yodda tutish kerak. Auditor
m a’lumot olish davrida vaqtning 25% ida, tekshiriluvchi - 75 % da
gapirishi ideal hisoblanadi.
Auditor tomonidan tuzilgan b a’zi
savollarga suhbatdosh
tomonidan «ha» yoki «yo‘q» deb javob berilishi mumkin, bu holda
auditor yetarli m a’lumot ololmaydi. Auditor savollami yaxshilab
tanlash orqali zarur m a’lumot olishni ta’minlashi kerak.
Auditor tayyor javoblarni keltirib chiqaruvchi y o ‘naltirilgan
savollarni
bermasligi
kerak.
Y o‘naltirilgan
savol
faqatgina
aniqlangan faktni tekshirish yoki tasdiqlash uchun qo‘llanilishi
kerak. «На» yoki «yo‘q» javob berilishi mumkin bo‘lgan
yopiq
savollar ham ushbu maqsad uchun xizmat qiladi.
So‘rov davomida quyidagilar tavsiya qilinadi:
•
suhbatdoshlarning ismi - shariflarini yozib olish;
•
muhim tomonlarni maqsadga y o ‘nalgan holda tekshirish,
chek - varaqni oriyentir sifatida qo‘llagan holda suhbatni olib borish;
•
xotirjam b o ‘lish,
munozaraga kirishmaslik,
•
auditni jadal amalga oshirish, ammo shoshilinch xulosalar
chiqarmaslik;
•
savollarni aniq shakllantirish, bir
martada bitta savol berish
va keyingi savolni berishdan oldin a w alg i savolga javobni kutish;
•
suhbatdoshni keng qamrovli javoblarga rag‘batlantirgan
holda, savollarni: «N IM A », «К1М », «Q AND AY», «Q A CH O N »,
«Q A Y ER D A » va «N IM A U C H U N » so‘zlaridan boshlash;
•
og‘zaki m a’lumot olgandan so‘ng, iltimos qilgan holda uni
obyektiv guvohliklar bilan mustahkamlash.
So‘rov va hujjatlar tahlilidan tashqari,
vizual kuzatish
m a’lumot yig‘ishning muhim usuli hisoblanadi.
Xodimlar,
hujjatlar, texnologik qurilmalar, monitoring va
o ‘lchashlar uchun qurilmalar, ish o ‘rinlarining
holati audit
mobaynida kuzatish obyektlari b o ‘ladi.
81
Ichki audit uchun asosiy resurslardan biri - inson resurslaridir,
shuning uchun ham tashkilot auditorlarning kerakli layoqatini
belgilashi, mavjud darajasini baholashi va zarur layoqatga erishish
va ushlab turish uchun kerakli faoliyatni amalga oshirishi kerak.
Auditorning
layoqatliligi, uning shaxsiy sifatlari asosida bilim
olish, ish tajribasi, auditor sifatida tayyorgarlik ko‘rish va
tekshirishlarni o ‘tkazish tajribasi orqali shakllanadi [14].
Dostları ilə paylaş: