jarayonlarni boshqarilishini belgilab qo‘yishi kerak. Bu boshqarish
sifat menejmenti tizimida aniqlanishi lozim.
Izoh 1: Sifat menejmenti tizimining jarayonlari yuqorida sanab
o ‘tilganlami hisobga olgan holda boshqarish, resurslar bilan
ta ’minlashini, mahsulotni ishlab chiqarish va o ‘lchash jarayonlarini
o ‘z ichiga olishi kerak.
Izoh 2: Tashqi tomonlarga beriladigan jarayonlar tashkilot sifat
tizimi uchun zarur, ammo tashkilotga nisbatan tashqi jam oa
tomonidan bajariladigan deb hisoblanadi.
Izoh 3: Tashqi jarayonlar ustidan nazoratni ta ’minlash
tashkilotni, iste’molchilar, qonunchilik va reglamentlarning barcha
talablariga muvofiqlikka javobgarlikdan ozod qilmaydi. Tashqi
jarayonlarga nisbatan qo‘llaniladigan nazorat turi va darajasi
quyidagi faktorlarga bog‘liq b o ‘lishi mumkin:
a) tashkilotning tegishli talablarga muvofiq b o ‘lgan mahsulotni
yetkazib berish xususiyatiga tashqi jarayonning potensial ta’siri;
b) nazoratni birgalikda qo‘llash darajasi;
v) 7.4 b o ‘lim talablarini qo‘llash hisobiga zarur nazoratga
erishish xususiyati.
Agar tashkilot sifat menejmenti tizimini (bundan buy on -
SMT) yaratish b o ‘yicha qaror qabul qilsa, unda ISO 9001:2008 da
keltirilgan talablarga muvofiq uning ishlab chiqilishi rejalashtirilishi
kerak.
Yuqorida ko‘rsatilganga muvofiq tashkilotda bajariladigan
jarayonlar belgilanishi kerak.
SMT ga kiritiladigan jarayonlarni belgilashda tizimni ishlab
chiquvchi - tashkilot quyidagi savollarga javob berishi kerak:
sifat menejmenti tizimlariga qaysi jarayonlar kiritiladi?
Dostları ilə paylaş: