Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


Layoqatlilik, o‘qitish va xabardorlik



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/100
tarix20.11.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#162205
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish (2)

Layoqatlilik, o‘qitish va xabardorlik
Tashkilot:
a) talablarga muvofiqlikka ta’sir qiluvchi faoliyatni amalga 
oshirayotgan xodimlarning layoqatliligiga qo‘yiladigan talablarni 
o‘rnatishi;
b) imkoniyat bo‘lganda zarur layoqatlilikka erishish uchun 
zarur bo‘lgan o‘qitishni ta’minlashi yoki boshqa tadbirlarni ko‘rishi;
v) ko‘rilgan tadbirlarning natij aliligini baholashi;
g) xodimlarni ular faoliyatining o‘rni va ahamiyati haqida 
hamda sifat sohasida maqsadga erishishda qo‘shgan hissasi haqida 
xabardor qilishi;
d) 
ma’lumoti, o‘qitish, ko‘nikmalari va tajribalari haqida 
yozuvlarni qayd qilib borishi kerak.
Korxonada ishlovchi xodimlar korxonaning sifat sohasidagi 
imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim faktorlardan biri 
hisoblanadi. SMT samarali faoliyatini ta’minlash uchun barcha 
darajalarda xodimlar malakasini ta’minlash, o‘qitilishini o‘tkazish, 
malakasini va motivatsiyasini oshirishni ta’minlash bo‘yicha 
tadbirlarni rejalashtirish kerak.
Tashkilotda mahsulot sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi turli ishlarni 
bajaruvchi xodimlar layoqatining mezonlari belgilanishi kerak:
- zarur ma’lumot;
- malaka;
- maxsus 
guvohnomalar, 
sertifikatlar, 
litsenziyalar 
mavjudligi;
- maxsus tayyorgarlik;
- ishchilar razryadlari.
Tashkilot turli faoliyat turlarini amalga oshiruvchi ishchilarning
104


alohida toifalari layoqatliligini davriy baholash zaruriyatini 
belgilashi kerak.
Layoqatlilikning davriy baholanishi xodimlarni attestatsiyasi va 
sertifikatsiyasi, malaka imtihonlari va h.k. o‘tkazilishi yo‘li bilan 
amalga oshirilishi mumkin.
Tashkilotda asosiy toifa ishchilarni o‘qitishga ehtiyojni 
aniqlash tartibi va tayyorlash va qayta tayyorlash tartibi, malakani 
uzluksiz oshirish, xodimlarni qayta tayyorlash, o‘qitishni tashkil 
qilish va olingan bilimlarni baholash rejalarini shakllantirish tartibi 
o‘rnatilishi kerak.
Tashkilotda xodimlar 
o‘qitish 
va 
malakasini 
oshirish 
samaradorligini baholash va xodimlarni o‘qitish va malakasini 
oshirish hisobiga tashkilot faoliyatini yaxshilash usullari ishlab 
chiqilishi kerak.
3. Infratuzilma
Tashkilot 
mahsulotga 
qo‘yiladigan 
talablarga 
uning 
muvofiqligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani 
aniqlashi, yaratishi va ishchi holatda saqlashi lozim.
Infratuzilma;
a) imoratlar, ishlab chiqarish xonalari va ular bilan bog‘liq 
bo‘lgan vositalarni;
b) jarayonlarni amalga oshirish uchun asbob-uskunalar (texnik 
va dasturiy vositalar) ni;
v) ta’minot xizmatlari (transport, aloqa yoki axborot tizimlari 
kabi) ni o‘z ichiga olishi mumkin.
Tashkilot infratuzilmasi ishlab chiqarish jarayonlarini amalga 
oshirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Tashkilotda infratuzilmani tegishli holatda ushlab turish 
bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi bo‘linmalar aniqlanishi kerak.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin