Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/100
tarix20.11.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#162205
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish (2)

13- 
amaliy mashg‘ulot
Mahsulot ishlab chiqarishda sifat menejmenti tizimini
qo‘llash
Reja:
1. Mahsulotni ishlab chiqarishni rejalashtirish
2. Iste’molchi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar. Mahsulotga 
qo‘yiladigan talablarni aniqlash
3. Mahsulotga qo‘yiladigan talablarni tahlil qilish
4. Iste’molchi bilan o‘zaro munosabat
5. Loyihalash va ishlab chiqish. Loyihalash va ishlab chiqishni 
rejalashtirish
7. Sotib olish. Sotib olish jarayoni
Tayanch iboralar: 
sotish, rejalashtirish, ishlab chiqarish, 
tashkilot mahsuloti, loyihalash
1. Mahsulotni ishlab chiqarishni rejalashtirish.
Tashkilot mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan 
jarayonlarni rejalashtirishi va ishlab chiqishi darkor. Ishlab 
chiqarish jarayonlarini rejalashtirishda sifat menejmenti tizimi 
boshqa jarayonlarining talablari bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lishi 
kerak.
Tashkilot ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirishda zarur 
bo‘lgan holda:
a) sifat sohasidagi maqsadlarini va mahsulotga qo‘yiladigan 
talablarni;
b) muayyan mahsulot uchun jarayonlar va hujjatlarni ishlab 
chiqish zarurligini va zarur resurslar bilan ta’minlashni;
v) aniq bir mahsulotni verifikatlash (tekshirish), validatlash 
(tasdiqlash), monitoringi, o‘lchanishi, nazorati, sinovlari bo‘yicha 
faoliyatini va uni qabul qilib olish mezonlarini;
g) ishlab chiqarish jarayonlariga va tayyor mahsulotga 
qo‘yiladigan talablarga ularning muvofiqligini tasdiqlash uchun 
zarur bo‘lgan yozuvlarni aniqlashi kerak.
107


Rejalashtirish natijalari ushbu tashkilot uchun qulay ko‘rinishda 
rasmiylashtirishi kerak.
Izohlar:
1 Sifat menejmenti tizimining jarayonlari bayonnomasi va aniq 
bir mahsulot, loyiha yoki kontraktga qo‘llash uchun mo‘ljallangan 
resurslarni o‘z ichiga olgan hujjat sifat rejasi deb ko‘rilishi mumkin.
2 Tashkilot mahsulotning ishlab chiqarish jarayonlarini ishlab 
chiqishda bandda keltirilgan talablarga amal qilishi mumkin.
Tashkilot mahsulot ishlab chiqarishning hayotiy sikllari 
jarayonlarini (ya’ni mahsulotga ehtiyojni aniqlashdan boshlab, uni 
iste’molchiga yetkazib berish va sotilgandan so‘ng xizmat 
ko‘rsatishgacha bo‘lgan tashkilotdagi bevosita mahsulot ishlab 
chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni) rejalashtirishi va ishlab 
chiqishi kerak.
Mahsulotning hayotiy sikllari jarayonlari shuningdek biznes -
jarayonlar yoki asosiy jarayonlar deb ataladi. Asosiy jarayonlar 
tashkilot uchun muhim hisoblanadi, chunki ularni bajarishda 
mahsulot qo‘shimcha qiymatining qo‘shilishi ro‘y beradi. Jarayonlar 
kichik jarayonlardan iborat bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish tashkilot maqsadlari 
bilan moslangan bo‘lishi va ularning boshqaruv jarayonlari, 
resurslar menejmenti jarayonlari, o‘lchashlar, tahlil va yaxshilash 
jarayonlari bilan o‘zaro aloqasini hisobga olishi kerak.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin