1. Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyati. Kreditning turlari va shakillari



Yüklə 496,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/15
tarix20.11.2023
ölçüsü496,72 Kb.
#162337
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Kredit turlari



KREDIT TURLARI
 
RE’JA
1. Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari. 
2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyati.
3. Kreditning turlari va shakillari. 
4. Xulosa 
 
 
 
 
 


KIRISH
Insoniyat turmush tarzini banklar xizmatisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki banklar 
xo’jalik subyektlarini kredit mablag’lari bilan ta’minlab, ijtimoiy sarmoyani qayta taqsimlash 
jarayonida vositachi sifatida qatnashadi va jamiyat miqyosida umumiy samaradorlikni oshirishga 
xizmat qiladi. Aynan shu jarayonda bank va mijoz o’rtasida qonun talabi va me’yoriy hujjatlar 
asosidagi, turli shakl va usulga ega munosabatlar yuzaga keladi. Bu munosabatlar jahon 
andazalari talabida shakllanishi va huquqiy tenglik asosida rivojlanib borishi davr talabi bo’lib, 
endilikda banklar faoliyatining rivoji bevosita mijozlar faoliyatiga bog’liqdir. Ma’lumki, 
respublikamiz mustaqillikka erishishi bilan, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda banklar 
tomonidan berilayotgan kreditlarning ahamiyati beqiyos darajada oshib bormoqda. Bank 
kreditlari yordamida iqtisodiyotning muhim tarmoqlari rivojlantirilmoqda, yangidan-yangi 
korxonalar barpo etilmoqda va aholi uchun qo’shimcha ish joylari tashkil qilinmoqda, ilg’or 
texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlar joriy etilmoqda, yangidan-yangi mahsulot turlarini 
ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda. Har qanday taraqqiyot jarayoni qarama-qarshiliklar
muammolar asosida mukammallashib boradi. Mamlakatimiz banklari taraqqiyot jarayonini ham 
muammolardan xoli deb bo’lmaydi. Ushbu muammolarning bank faoliyatiga salbiy ta’sir etish 
doiralarini aniqlash va bartaraf etish bizlardan ijodiy izlanishni talab etadi. O’zbekiston tijorat 
banklari bilan aholi o’rtasidagi kredit munosabatlarining rivojini tavsiflovchi ko’rsatkichlar 
sur’atini tahlil qilish muammoli kreditlarning yuzaga kelayotganligini namoyon qilmoqda. 
Bunday ahvolning yuzaga kelishiga sabab bo’lguvchi omillar qatoriga qo’yidagilarni kiritish 
mumkin: 
1.Ssudadan boshqa maqsadalarda foydalanish yoki aholining bank oldidagi qarzini o’z vaqtida 
qaytarmaslik kabi holatlarning tez- yuz berib turishi;
2.Bankning foiz siyosati , qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholashdagi kamchiliklar va 
hokazolar. 
Mazkur yuqoridata’kidlab o’tilgan omillar ta’sirini pasaytirish chora-tadbirlari hamda 
kredit turlari va shakillari rivojlantirish istiqbollarini o'z ichiga oladi. Bundan 
maksad, 
Respublikamiz tijorat banklari kredit siyosatinin. amaldagi holatini tahlil qilish va banklararo 
raqobatni rivojlantirish sharoitida kredit turlari va shakllarini takomillashtirishning nazariy va 
amaliy jihatlarini yoritib berishdan iborat.

Yüklə 496,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin