Tijorat banklari va ularning filiallari xo’jalik yurituvchi subyektlarga ta’minlangan yoki
“ishonchli” deb nomlanadigan, ta’minlanmagan (blankli) kreditlar berish to’g’risida
qarorlar
qabul qilishlari mumkin.
Kreditlarni ta’minotsiz - ishonch asosida
berish bank uchun katta xatar bilan bog’liq
bo’lganligi
uchun ham, bunday kreditni oluvchining kreditni qaytarish qobiliyati (reytingi) 1-
sinfdan past bo’lishi mumkin emas. Shuningdek, bank bilan kredit oluvchi o’rtasida
doimiy
aloqa mavjud bo’lishi va kredit oluvchining to’lovga layoqatliligi (qobilligi) shubha
tug’dirmasligi lozim. Ishonchli kreditlar reytingi 1-sinfga mansub bo’lgan (ayrim xollarda istisno
tariqasida, kreditlarni muntazam ravishda o’z vaqtida yoki muddatidan oldin qaytargan kreditga
layoqatliligi 1-sinfdan past bo’lgan xo’jalik yurituvchi subyektlarga),
yaxshi kredit tarixi va
yetarli o’z sarmoyasiga ega bo’lgan likvidlik darajasi o’rtadan yuqori bo’lgan hamda kam-
ko’stsiz kreditni qaytara olish qobiliyatiga ega bo’lgan mijozlarga beriladi. Ishonchli kreditlarni
berishni asosiy shartlaridan biri qaytarish muddati 1 yilgacha bo’lishidir. Ba’zi xollarda istisno
tariqasida bank filiali kredit komissiyalari yoki Bosh bank kredit qo’mitasining qaroriga muvofiq
12 oydan ortiq bo’lgan muddatlarga ishonchli kreditlar ajratilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: