1. Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyati. Kreditning turlari va shakillari



Yüklə 496,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/15
tarix20.11.2023
ölçüsü496,72 Kb.
#162337
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Kredit turlari

Ta’lim krediti 
Ta’lim kreditlari tijorat banklari filiallari tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi 
bo’limlariga to’lov-kontrakt asosida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi fuqorosi bo’lgan 
talabalarning o’qishi uchun talabalarning o’zlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga 
berilishi mumkin.


Ta’lim kreditlari, oliy ta’lim muassasalarida o’qish davri hisobga olgan holda, bakalavriatga 
o’qishga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha, magistraturaga o’qishga qabul qilingan 
talabalarga 5 yilgacha bo’lgan muddatga beriladi. Muddatli harbiy xizmatni o’tash davri bu 
muddatga kirmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi 318-sonli qaroriga 
muvofiq bank filiallari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari bo’yicha quyidagi foiz stavkalari 
belgilanadi:
-chin yetimlarga, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh 
nogironlariga-nol 
foiz 
stavkasi 
(foizsiz 
kredit);
-talabalarning qolgan toifalariga - O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta 
moliyalash stavkasidan yuqori bo’lmagan o’zgaruvchan foiz stavkalari.
Kam ta’minlangan oilalardan bo’lgan talabalar uchun kredit bo’yicha qo’shilgan foizlarning 50 
foizi mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman bo’limlari 
tomonidan Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’laridan to’lanadi.
Ta’lim kreditlari bo’yicha foiz stavkasi va bank filiallari tomonidan qo’shiladigan foizlar uchun 
to’lovlar miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o’zgarishiga qarab o’zgarishi 
mumkin, bu kredit shartnomasida qayd etilishi kerak.
Bankka ta’lim kreditini olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
1
. Ta’lim krediti olish to’g’risida ariza.
2. Talaba va oliy ta’lim muassasasi o’rtasidagi to’lov-kontrakt asosida o’qish haqida belgilangan 
tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt). Kontraktda o’qishning belgilangan muddati va 
bir yil uchun to’lov miqdori ko’rsatilgan bo’lishi lozim. O’qish uchun to’lov miqdori keyingi 
yillarda o’zgargan hollarda kontraktlarga tegishli o’zgartirishlar kiritiladi, bu haqda oliy ta’lim 
muassasasi o’n kun muddatda bankka yozma ravishda ma’lum qiladi, so’ngra qarz oluvchi, bank 
va oliy ta’lim muassasasi o’rtasidagi kredit shartnomasiga zarur o’zgartirishlar kiritiladi. 3. 
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari yoki uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan 
qarz oluvchining yashash joyi to’g’risida berilgan ma’lumotnoma.4. Kreditni qaytarishining 
ta’minlanishi to’g’risida hujjat:Agar uchinchi shaxs tomonidan kafillik berilsa, avval kafilning 
moliyaviy ahvoli va to’lov qobiliyati o’rganilib chiqiladi va so’ngra kafil bilan shartnoma 
tuziladi. Kafillik shartnomasi kreditning to’liq summasini va uning foizlarini o’zida jamlab olishi 
lozim. Agar kafillik beruvchi yuridik shaxs bo’lsa, unda kafillik shartnomasida: 

kafilning bank 
hisob raqami ahvoli to’g’risida ma’lumot; 

kafilning boshqa bankdagi hamma bank hisob 
raqamlari hamda undagi qoldiqlari bilan birga ko’rsatilgan ma’lumotnoma; 

kafilning bank 
oldida ssuda bo’yicha va boshqa qarzlari yo’qligi to’g’risidagi ko’rsatma; 

kafilda kartoteka №2 
yo’qligi to’g’risidagi ma’lumotnomalar ilova qilinadi. Agar kafillik beruvchi jismoniy shaxs 
bo’lsa, albatta uning ish joyidan ish haqining hajmi va boshqa to’lovlar haqida ma’lumot hamda 
pasporti bo’lishi kerak. 5. Sug’urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmasligi 
xavfi sug’urta qilinganligi to’g’risidagi sug’urta polisi. 27
Bunda sug’urta mukofoti summasi nafaqat kredit summasini qoplashi kerak, balki uning 
foizlarini ham.Sug’urta polisida bank sug’urta mukofotini oluvchi ekanligi aniq ko’rsatilgan 


bo’lishi kerak. Shuningdek, sug’urta polisi bo’yicha sug’urta to’lovi to’langanligi to’g’risidagi 
isbotlovchi ko’rsatmani ko’rsatishi kerak; 6. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining 
kafilligi(faqat chin yetimlar va “Mehribonlik uylari” da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh 
nogironlari va kam ta’minlangan oilalardan chiqqanlar uchun). Qarz oluvchi yuqoridagi 
hujjatlarni bankka taqdim etish bilan ayni bir vaqtda pasportni shaxsan o’zi ko’rsatadi. Bank 
pasportdan va taqdim etilgan boshqa hujjatlardan zarur ko’chirmalar va nus’halar olishga 
haqlidir. 

Yüklə 496,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin