Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/206
tarix20.11.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#162455
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   206
8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI

3. Ekspert-auditorlar 
Sertifikatlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatda faol qatnashuvchi shaxs 
bu ekspert - auditordir. U odatda Sifat tizimlarini, ishlab chiqarishni va 
mahsulotni sertifikatlashtirishda sinov laboratoriyalarini akkreditlashda va 
boshqa ishlarda qatnashishi mumkin. 
Ekspert - auditor deb, sertifikatlashtirish sohasida muassasa va korxonalar 
faoliyatini baholash va nazorat qilish huquqiga ega bo‘lgan attestatlangan 
shaxsga aytiladi. 
Ekspert-auditor sifatida O‘zdavstandart tomonidan belgilangan tartibda 
attestatlangan fan, sanoat, maishiy xizmat, institutlar va boshqa tashkilotlarning 
vakillari hamda belgilangan hujjatlar bilan ishlashda yetarli chuqur bilimga ega 
bo‘lgan xususiy shaxs ham bo‘lishi mumkin. 
Ekspert-auditor quyidagi vazifalarni bajaradi: 
- mahsulot, jarayon, xizmatlarni, Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni 
sertifikatlashtirish; 
- sertifikatlashtirilgan mahsulot, jarayon va xizmatlarning tavsiflarini 
hamda sertifikatlashtirilgan Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishning turg‘unligini 
nazorat qilish; 

sertifikatlashtirish 
bo‘yicha 
akkreditlash 
idoralari, 
sinov 
laboratoriyalarini (markazlarini) va ularning faoliyatini nazorat qilish; 
- sertifikatlashtirishda tavsiyalar berish. 
Ekspert-auditor o‘z faoliyatini sertifikatlashtirish milliy idorasi, bir turdagi 
mahsulotni sertifikatlashtirish idoralari, Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni 
sertifikatlashtirish doirasida amalga oshiradi. 
Ekspert-auditor muayyan talablarga javob berishi lozim: 
- to‘liq oliy ma’lumotli va sertifikatlashtirish sohasida yetarli bilimga ega 
bo‘lib, faoliyati sertifikatlashtirishning ma’lum turi bo‘yicha attestatlangan 
bo‘lishi kerak; 
- oliy o‘quv yurtini tamomlagandan so‘ng kamida 5 yillik amaliy stajga 
ega bo‘lishi, shundan kamida 3 yili standartlashtirish, metrologiya, sinovlar, 
sifatni boshqarish va ta’minlash sohalarida ishlagan bo‘lishi kerak. 
Ekspert-auditor chuqur bilimli, tadbirkor bo‘lmog‘i lozim. U quyidagi 
sohalar bo‘yicha bilimlarni mukammal egallagan bo‘lishi shart: 
- Respublika sertifikatlashtirish milliy tizimining qoida va tartiblar; 
- sertifikatlashtirish o‘tkazish bo‘yicha bilimlar va meyoriy hujjatlarni 
tushunish; 
- sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‘yicha asosiy ishlar mazmuni; 
- sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‘yicha iqtisodiy va huquqiy asoslari; 
- mamlakat ichidagi va chet ellardagi sertifikatlashtirish va akkreditlash 
tajribasi; 


143 
- standartlashtirish, metrologiya va Sifat tizimlarining asoslari; 
- tekshiruv o‘tkazish va sifatni boshqarishining statistik usullari; 
Ekspert-auditor tahlil qilish, mantiqiy asoslash, o‘zining fikrini qattiq va 
asoslangan holda himoya qilishlik; ijodiy qobiliyatga va murakkab vaziyatda 
to‘g‘ri qaror qabul qilish xususiyatlariga ega bo‘lishi; haqqoniy, ma’suliyatli, 
prinsipial ravishda hayrihoh, xushmuomalali, odobli va o‘zini tutabilishlik kabi 
shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi kerak. Ekspert-auditor tekshirilayotgan obektning 
xodimlari bilan aloqada bo‘lish va kerakli hujjatlar bilan tanishish; ma’lumot 
uchun har qanday qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilish (sertifikatlashtirish 
maqsadlari 
uchun); 
tizimda 
amaldagi 
meyoriy-uslubiy 
hujjatlarni 
takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklifini berish; sertifikatlashtiriluvchi mahsulot, 
jarayon, xizmatlar, Sifat tizimi va ishlab chiqarish bo‘yicha rejalarni tuzatish 
yuzasidan o‘z mulohazalarini kirgazish huquqiga egadir. 
Korxonalarda sertifikatlashtirish sohasidagi ishlarni inobatga olib, 
sertifikatlashtirish milliy idorasi O‘zdavstandart tomonidan ekspert-auditorlar 
tayyorlash maxsus kurslari tashkil etilib, bu sohadagi o‘qishning tashkiliy 
tomonlari O‘zSMSITIning asosiy faoliyatlaridan biri deb qaralmoqda. Ekspert-
auditorlarini tayyorlash odatda ikki bosqichda olib boriladi: nazariy bilimlarni 
olish va attestatlash natijasida ularga tegishli rasmiy hujjatlar topshirish. 
Maxsus kurs tinglovchilarining nazariy bilimlarini O‘zstandart agayentligi 
tomonidan to’zilgan maxsus komissiya baholaydi. Baholanish natijalari yetarli 
darajada bo‘lsa, ularga sertifikatlashtirish milliy tizimining ekspert-auditori 
degan guvohnomasi beriladi (agar attestatlashdan o‘tmasa rad etiladi). 
Ekspert-auditorlar ularga yuklatilgan vazifalari bo‘yicha muayyan burch 
va ma’suliyatlarga egadirlar. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin