Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/206
tarix20.11.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#162455
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   206
8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI

Sakkizinchi sxema
har bir tayyorlangan, ayrim buyumning standartlar 
talabiga 
muvofiqligi 
sinovlar 
o‘tkazib 
aniqlashga 
asoslangan. 
Bu 
sertifikatlashtirish usulida yuqoridagi sxemalarga qaraganda ta’minlovchining 
ma’suliyati ancha yuqori. Tabiiyki muvaffaqiyatli sinovlardan o‘tgan 
buyumlargina sertifikat yoki muvofiqlik belgisini oladi. 8-sxema mahsulotga 
nisbatan yuqori va qat’iyroq talablar qo‘yilganda ishlatilishga asoslangan yoki 
mahsulotning ishlatilishi natijasida standart talablarga mos kelmasligi 
iste’molchiga katta iqtisodiy zarar yetkazganida qo‘llaniladi. Bu xil 
sertifikatlashtirish qimmatbaho metallardan va qotishmalardan tayyorlanadigan 
buyumlarda ko‘proq qo‘llaniladi. Bundan asosiy maqsad qimmatbaho 
metallarning belgilangan miqdorini, tarkibini va buyumning tozaligini 
tekshirishdir.
Buyuk Britaniya instituti tomonidan setrifikatlashirish-ing yangi xili 
yaratilib, bu usul bilan faqat ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarini 
tasdiqlanishi /attestatlanishi/ ga asoslangan.


140 
To‘qqizinchi sxema
mahsulotlarni deklaratsiya muvofiqligi sertifikati 
bo‘lib, mahsulot haqidagi deklaritsiya hujjatlari bilan birgalikda sertifikatlash 
tushuniladi.
Hozirgi zamon adabiyotida har bir sertifikatlashtirish sxemasining afzalligi 
va kamchiliklari tahlil etilgan. Bularning ichida eng mukammal va murakkabi 
beshinchi sxemadir. Bu sxema to‘lik bo‘lganligi uchun uni asos qilib olib, hozirgi 
zamon xalqaro sertifikatlashtirish tizimini yaratilmoqda.
Sertifikatlashtirish tizimlarini boshqaruvchi idora muayyan turdagi 
mahsulot sifatining nazoratini tashkil etish, standartlarga rioya qilishni majburiy 
talab etishini, iste’molchi va savdo talablarini e’tiborga olib, mamlakatdagi 
amalda bo‘lgan qonunlar va meyoriy hujjatlar asosida o‘z ishini tashkil etadi.
Sertifikatlashtirish idorasi sinovlarni o‘tkazish, korxonadagi va savdo 
shahobchasidagi mahsulotning sifatini nazorat qilish hamda nazoratni tashkil 
qilish va shunga o‘xshashlarni bajarib uchinchi tomon vazifasini bajaradi. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin