8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI
RO’XATIDAN O’TKAZISH Reja:
1.Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va tadbiq etish tartib – qoidalari.
2.Standartlarni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
3.Texnikaviy shartlarni ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi.
Tayanch iboralar:
standart, standartni ishlab chiqish, standartni tasdiqlash, texnikaviy shartlar, texnikaviy shartlarni sihlab chiqish. 1. Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va tadbiq etish tartib – qoidalari O‘zRST 1.1 – 92 “O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat
tizimi. O‘zbekiston Respublikasining standartini ishlab chiqish, kelishib olish,
tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi” standartiga binoan O‘zbekiston
Respublikasi standarti (bundan keyin standart deb yuritiladi) standartlashtirish
bo‘yicha texnikaviy qumitalar (bundan keyin TQ), standartlashtirish bo‘yicha
tayanch tashkilotlar, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, davlat, shirkat,
pudratchi, aktsioner, qo‘shma korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan
ishlab chiqiladi.
Standartni har xil tashkilotlar mutaxassislarining ishchi guruhlari
tomonidan ishlab chiqishga yo‘l qo‘yiladi.
Standartning bir nechta tashkilot tomonidan ishlab chiqilishida yetakchi
ishlab chiquvchi tashkilotlar (ijrochilar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi)
hamkorlikda ish bajaruvchi har bir tashkilot bilan ish kulamini va muddatlarini
aniqlaydi.
Standart respublika hududida kimga qarashli ekanligi va mulk shaklidan
qat’iy nazar, mahsulotlarni chiqaradigan va iste’mol qiladigan hamma korxona
va tashkilotlar uchun majburiydir.
Standartga kiritiladigan o‘zgarish asosiy standart uchun belgilangan
tartibda majburiy kelishib olinishi, tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Standartlarning to’zilishi, mazmuni, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi
GOST 1.5 – 85 ga muvofiq bajariladi.