Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari


 Texnikaviy shartlarni ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/206
tarix20.11.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#162455
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   206
8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI

 
3. Texnikaviy shartlarni ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi 
O‘zRST 1.2 – 92 «O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat 
tizimi. Texnikaviy shartlarni ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi» standartida muayyan mahsulotning (xizmatning) 
texnikaviy shartlarini, shuningdek ularga kiritiladigan o‘zgartirishlarini ishlab 
chiqish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida gap boradi. 
O‘zbekiston Respublikasi texnikaviy shartlarining loyihalari va ularga 
kiritiladigan o‘zgartirishlar standartlashtirish texnika qumitalari tomonidan ishlab 
chiqiladi. Asoslangan hollarda texnikaviy shartlar loyihalarini vazirliklar, 
mahkamalar, uyushmalar, konsernlar yoki standartlashtirish bo‘yicha tayanch 
tashkilotlari, davlat, kooperativ, ijara, aksionerlik korxonalari, qo‘shma 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, texnika qumitalari bilan kelishib ishlab 
chiqadilar. 
Texnikaviy shartlarda belgilab qo‘yilgan talablar mazkur mahsulotga 
daxldor bo‘lgan amaldagi standartlar talabidan past bo‘lmasligi hamda mahsulot 
(buyumlar, ashyolar, moddalar) standartlari va texnikaviy shartlari talabiga zid 
kelmasligi kerak. 
Texnikaviy shartlarning to’zilishi, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi 
GOST 2.114 – 70 talablariga mos kelmog‘i kerak. 
Texnikaviy shartlar mazkur texnikaviy shartlar o‘rniga boshqa me’yoriy 
hujjat ishlab chiqilayotgan yoki undan qo‘llanishi bundan buyon maqsadga 
muvofiq bo‘lmay qolganda yoki mahsulotni ishlab chiqarish to‘xtatilganda bekor 
qilinadi. Texnikaviy shartlarni tasdiqlagan idora ularni bekor qiladi. 
Texnikaviy shartlarning loyihalarini kelishib olish mazkur standartda 
ko‘rsatilgandek belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Texnikaviy shartlar ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi)ning buyurtmachi 
bilan kelishuviga muvofiq o‘zaro tasdiqlanishi mumkin. 
Texnikaviy shartlar belgilangan tartibda O‘zstandart Agentligi tomonidan 
ro‘yxatga olinadi. 
O‘zRST 1.4 – 93 «O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat 
tizimi. Standartlar va texnikaviy shartlar bilan ta’minlash tartibi». Bu standartda 
standartlar va texnikaviy shartlar bilan ta’minlash tartibidagi umumiy qoidalar, 


95 
standartlar bilan ta’minlash tartibi, texnikaviy shartlar va korxona standartlari 
bilan ta’minlash tartibi bayon etilgan. 
Texnikaviy shartlarni ishlab chiqish O‘zRST 2 – 92 asosida amalga 
oshirilib quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi (3 – rasm): 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin