116
mahsulotning kerakli darajada sifatliligi haqidagi kafolatni o‘z ustiga oladi.
Bunday sertifikatlashtirish faoliyatini o‘z-o‘zini sertifikatlashtirish deb yuritiladi.
Muvofiqlikni attestatlash uchinchi tomon tarafidan “sinov
laboratoriya-
sining bayonoti” tushunilib, ma’lum namuna mahsulotga bo‘lgan talablarni
belgilovchi ma’lum standartlar yoki boshqa hujjatlar
bilan muvofiq ekanligini
bayon etishiga aytiladi.
Sertifikatlashtirish deganda mahsulot /buyum, mol/ yoki xizmat muayyan
standartga yoki texnikaviy shartlarga mos kelishini tasdiqlash maqsadida
o‘tkaziladigin
faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot /buyum,
mol/ ning sifati haqida iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat
beriladi.
Yana bir zarur atamalardan biri “
sertifikatlashtirish tizimi”
bo‘lib, u
quyidagicha
ta’riflanadi:
Sertifikatlashtirish
tizimi
-
muvofiqlikning
sertifikatlashtirish faoliyatini o‘tkazish uchun ish tartibi qoidalariga va
boshqarishiga ega bo‘lgan tizimdir.
“Sertifikatlashtirish tizimi” atamasidan tashqari Sertifikatlashtirish sxemasi
/sxema sertifikatsii/
kiritilib, uni quyidagicha ta’riflanadi: “Muvofiqlikning
sertifikatlash-tirilishini o‘tkazishdagi uchinchi tomon faoliyatining tarkibi va
tartibi”.
Sertifikatlashtirish tizimlarida qatnashuvchi uchta tushuncha to‘g‘risida
to‘xtalib o‘tamiz: sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish,
sertifikatlashtirish
tizimida qatnashuvchi va sertifikatlashtirish tizimi a’zosi.
Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish deganda sertifikatlashtirish
tizimining
qoidalariga
muvofiq
guvohnoma
talabgoriga
berilgan
sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi deb ushbu tizimning qoidalariga
binoan faoliyat ko‘rsatadigan, lekin tizimni
boshqarish imkoniyatiga ega
bo‘lmagan sertifikatlash-tirish idorasi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi deganda ushbu tizimning qoidalariga
binoan faoliyat ko‘rsatadigan va tizimni boshqarishda qatnashadigan
sertifikatlashtirish idorasi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish ikki xil bo‘ladi:
Dostları ilə paylaş: