«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


To'rtinchi iqlim yo‘lidan kelgan



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

To'rtinchi iqlim yo‘lidan kelgan 
musofirning rivoyati
Bundan bir necha yillar muqaddam Dehli 
shahrida juda badavlat shoh hukmronlik qilar, 
uning mulk-u davlati, qo'shinidagi sipohlari be- 
had ko‘p ekan. Jo‘na otli bu shoh o‘zining saxo- 
vati bilan mashhur bolib, xalqini m ol-kol mol-u 
davlat berib xursand qilar ekan. Yuzlab, minglab 
muhtoj odamlar uning ehsoniga sazovor bolgan 
ekan. Bir kuni bir mehmon shohga ajoyib bir 
ko‘zguni sovg'a qildi. Uning ro'parasida o'tirgan 
har bir kishi rost so'zlayotgan bolsa, yuzi nurli 
bolib ko‘rinar, yolg'on so‘zlayotgan bolsa, yuzi 
qora tusga kirardi. Ko‘p kishi ko'zguga boqib turib 
so'zlar ekanlar, shu haqiqatga guvoh boldilar. 
Bu sovg'adan mamnun bolgan shoh mehmonga 
ko‘pdan ko‘p mol-u davlat berib xursand qildi. U 
bilan suhbat qilib turib: «Sen olamda ko‘p olkalar-


ni kezib chiqqan, minglab odamlar bilan suhbat- 
lashgan inson ekansan. Ayt-chi, menga o'xsha- 
gan saxiy kishini eshitganmisan yoki huzuriga 
borib xizmatini qilganmisan?» - deb so‘rab qoldi. 
Bu savoldan gangib qolgan mehmon qanday 
javob berishni bilmasdi. «На» desa, shohning 
ko'ngli ranjishi muqarrar, «yo‘q» desa, yolg‘on 
gapirgan boladi. Oxiri yolg'on bolsa ham: «Yo‘q, 
ko‘rmaganman», - javob qildi. Shoh: «Shu gaping 
rostmi?» - deb so‘radi, mehmon: «Ha, rost», - deb 
talddladi. Shoh: «Unga haligi ko'zguni tutinglar»,
- deb buyurgan edi, mehmonning yuzi qora bolib 
ko'rindi. U xijolat chekib, nima deyishni bilmay 
turarkan, shoh: «Ey pokiza inson, sen men tufayli 
shu holatga tushding. Yolg'on so'zlaganing uchun 
yuzing shunday ko'rindi, endi rost gapirgin, 
shunda yuzing ham pok bolib ko'rinadi», - dedi. 
Mehmon: «KoYganman», - degan edi, shoh unga 
yana ko'zguni ro'para qildi, bu safar uning yuzi 
oq bolib ko'rindi.
Shoh mehmongayana murojaat qilib: «Mendek 
saxovatpesha inson kim ekan, aytib ber», - deb 
so'radi. Mehmon: «Haqiqatni aytishdan boshqa 
choram qolmadi. Faqat mening uzundan uzoq 
hikoyamni bir о‘zing eshitsang, durust boladi, 
deb o'ylayman», - dedi. A ’yonlar-u mulozimlar 
ularni yolglz qoldirdilar. Mehmon so‘z boshladi: 
«Hindistonda jannat bogldek go'zal bir shahar 
bor. U sening mamlakating ichida joylashgan 
bolib, xazinangga har yili mol yuborib turadi. 
Maqtovga arzirli bu shahaming nomi Taroz bolib, 
o‘zi majoziy ishq kabi dilkashdir. Balki u yerda 
sen ham bolgandirsan, hech bolmasa, uning 
maqtovini eshitgandirsan?» Shoh: «U shaharni


ziyorat qilmagan bolmasam ham, xalqdan vasfini 
eshitganman. Sen o‘z hikoyatingni davom ettirib, 
ко‘rganlaringni bayon qilaver», - deb buyurdi. 
Mehmon o‘z so'zini shunday davom ettirdi: «Taroz 
jannatmisol shahar bolib, tubi kabi daraxtlari 
osmonga yetay deydi. Kavsarsimon suvlari har 
tomonda oqib turadi. Havosi jannat bog'idagi kabi 
jonparvar o‘rmoni bog'dan ham yaxshiroq, u sha- 
harda bog-bo'stonsiz kishi yo‘q. Har bir kishining 
bogi go'zallikda betakror. Shoh adolati tufayli xalq 
boy yashaydi. Shahar-u ко‘chalar jannatdek obod, 
uylari bilan odamlari qasrlar-u hurlarni eslatadi. 
Xalqining mol-dunyosi shunchalar ko'pki, boyligini 
qoVishga joy topolmaydi.
Mana shu shaharda ajoyib bir yigit yashay­
di, uning maqtovini mingta so'zamol ham aytib 
tugatolmaydi. Husnda osmon quyoshiga, lutf-u 
ehsonda hayot suviga obcshaydi. O'zi yosh bolsa 
ham, ilm-u kamoloti cheksiz. Har bir fanni shun­
day mukammal egallaganki, ko‘p olimlar unga 
mulozimlik qilishadi. Baxt yulduzi bolgan bu yig- 
itning oti Mas’uddir. U har kuni gulzorda kezib, 
gulrang boda ichishni yoqtiradi. To gul bor ekan, 
gulzorda do‘stlari bilan bazm qilishadi. Boshlari- 
dan oyoqlarigacha gul sochishib, gul ichiga g‘arq 
bolishadi. Gul fasli tugagach esa bazm gulrang 
qasrda davom etadi. Gulrang kiyimlar kiygan bar­
cha odamlaming aysh guli ochilib, boshlaridan gul- 
lar sochiladi. Uning bazmi firdavs bog‘iga o'xshaydi. 
Mening bu gaplarim unga xos fazilatlamingyuzdan 
birigina, xolos. Uning saxovatini esa men emas, 
yuzta Hotam tirilsa ham, aytib ado qilolmaydi».
Bu so‘zlarni eshitgan shohning sabr-u qarori 
qolmay, o'sha sohibkaram yigitni ко‘rib, uning


hayoti bilan tanishishga ahd qildi-da, saroy 
ahliga: «Men bir hafta haramda orom olib, may 
ichmoqchiman. Xizmat ahlini ham bir haftaga 
ishlaridan ozod qilaman, ular uylarida rohat qilib, 
shod bolsinlar», - deb farmon berdi-yu, haramini 
maxsus odamlarga topshirib, ularga zarur vazi- 
falami yukladi.
Jo‘n aning yerda tez yuruvchi bir ulovi bolib, 
uni «Sari us-sayr» deb atashardi. Bir haftalik 
yolni bir kunda bosib o‘tishga qodir bolgan bu 
ulovga tez yurishda chaqmoq ham bas kelolmas, 
osmondagi qushlar ham unga yetolmasdi. Shoh 
unga mindi-da, yuz yog'ochlik yolga ikki kunda 
yetib bordi.
Taroz shahri behisht boglga o'xshab, tuprogldan 
atir isi ufurib turar, o‘z mehmoni tasvirlaganidan 
yuz marta go‘zalroq edi. Shoh odamlardan so‘rab, 
Mas’ud yashaydigan manzilni tezda topdi. Uning 
ro'parasida baland bir darvoza turar, uning oldidagi 
maydon esa xalq bilan tola edi. Eshik oldida mu- 
sofirlarni kutib olishga qo'yilgan xodimlar hozir 
turishardi. Ular Jo'nani musofir deb xayol qildi- 
lar-da, hol-ahvol so‘rashgach, mehmonxonaga 
boshladilar. Otini otxonaga boglab, o'zini qasrga 
taklif etdilar. Mehmonxona bir qasr bolib, undagi 
barcha narsalar shohona ko‘rinishga ega edi. Bu 
yerda Jo'naga orom berishdi-da, oldiga xilma-xil 
taomlami tortishdi. Ko‘p o‘tmay mehmon qoshiga 
mezbon kirib keldi. Uning xulqu kamoli Jo'nani 
hayratda qoldirdi. Mas’ud so‘zlarini tugatguncha, 
mehmon taomlanib boldi. U o‘z mehmonidan: 
«Mizojingiz boda tilaydimi?» - deb so‘rab, so‘ng 
boda keltirishni va bazm tayyorgarligini ko'rish- 
ni buyurdi. Qasr yonida bir hammom qurilgan


bo‘lib, undagi hamma ashyolar qimmatbaho 
toshlar bilan bezatilgan, hovuzlarda suv o'rniga 
gulob tayyorlab qo'yilgandi. Mas’ud mehmonni 
hammomga taklif etdi. Shoh ham hammomga 
kirib, y o l gardidan tozalanishni istab turgan edi. 
Mezbon taklifini qabul qilib, hammomga kirdi-yu, 
u yerdagi narsalami ко‘rib hayratlandi. Bunday 
hammom uning saroyida ham yo‘q edi: zarhal toslar 
quyosh kabi yaltirar, kumushdan ishlangan das- 
talari hilolga o^shar, lungilardan mushk-u anbar 
hidi taralar, ularni tikishda ip o‘rniga zarrin iplar 
ishlatilgan edi. Xizmatchilar yangi ochilgan gulga, 
yo‘q, yo‘q, hammom ichidagi parilarga o‘xshashar- 
di. Bu yerda y o l changidan forig‘ bolgan Jo‘na 
hammomdan chiqar ekan, unga gulrang ipakdan 
tikilgan kiyimlami kiydirishdi. Shu xil rangdagi 
kiyimlami kiyib olgan Mas’ud bilan ikkovlari bazmgoh 
tomon y o l olishdi.
Bazm jannatni, hur va soqiylar kavsar bilan 
bodani eslatishardi. Mas’ud o‘z mehmonini o‘tqa- 
zib, keyin o‘zi o'tirdi. Majlis ahlining barchasi 
gul yuzli bolib, kiyimlari gulnoriy rangda edi. 
Mezbon hukm qilgan edi, xushbichim bir soqiy 
kelib, mehmonga gulgun boda tutdi. Qadahlar 
pay-paydarpay aylanar ekan, may majlis ahlining 
boshiga chiqdi. Shoh ham bodadan boshi qizib, 
ixtiyorsiz har xil gaplami so‘zlay boshladi. Uning 
to'xtovsiz so'zlashini ko‘rgan mezbon ham hay- 
ron bolib qoldi. Jo'na unga qarab: «Ey baxtiyor 
yigit, qiyofang ham isming kabi mas’ud ekan. 
Men Hind mamlakatini kezib chiqqan odamman. 
Lekin Tangri shu qadar donish-u salohiyatni, 
muncha jam’iyatu rafohiyatni nasib etgan boshqa 
bir kishini ko'rmagan edim. Bularning barchasi-


ga qanday qilib erishding? Shu savolimga javob 
berib, mening hayratimin bartaraf aylagil», - deb 
iltimos qildi. Mas’ud unga: «Ey muborakyuzli aziz 
inson, savolingga javob berish mening burchim- 
dir. Bulaming barchasi Yaratganning ne’matlaridir. 
Bizning shohimiz olam ahli boshidagi Tangri 
soyasidir. U nihoyatda odil, o‘z adolati bilan olam 
ahlini hayratga solgan hukmdor. U adolatni qaror 
toptirib, zulm torlarini shunday uzib tashlaganki, 
natijada butun mamlakatda tinchlig-u omonlik 
hukm suradi. Yurtda tinchlik bor ekan, mamlakat 
xalqi ahillikda yashaydi, ilm-u hunar ham rivoj 
topadi. Boshqalarga qaraganda mol-dunyomning 
ko‘proqligiga esa ikki ishim sabab bolgan deb 
bilaman. Biri Yaratganning shukrini ado qilmoq 
bolsa, ikkinchisi shohni doimo duo qilmog'imdir. 
Ana shu ikki ishdan g‘ofil qolgan odamlardan ni­
mani kutish mumkin?» - deb javob qildi.
Bu so'zlar shohni shunday xursand qildiki, 
faiyod urishiga oz qoldi. Uning ko‘nglidan Mas’ud- 
ga bolgan mehr joy oldi. Xushhol bolganidan har 
xil voqealami yoqimli, ravon qilib so'zlab berar 
ekan, bazm ahlini lol qoldirdi. Mas’ud o‘z meh- 
monining fazl-u donishda zamonaning yagonasi 
ekanligini ко‘rib, unga jonini fido qilgisi kelardi. 
Har tarafga ketgan savdogarlardan biri shu kuni 
hisobsiz foyda bilan qaytib kelgan edi, Mas’ud 
mamlakatning bir yillik xirojiga teng bolgan shu 
foydani o‘z mehmoniga tortiq qildi.
Mezbon bazmni yanada bezatish uchun: «0 ‘nta 
hur shodiyona kayfiyat bilan rahba (shodlik uyla- 
rining) eshigini ochsinlar-da, xaloyiq boshiga gul­
lar sochsinlar», - deb buyurdi. Kuz fasli bolishiga 
qaramay, esib turgan shamol gullami socha bosh-


ladi. Yasalgan barcha gullar yoqimli hid taratib, 
bazmni behisht gulistoniga aylantirdi. Mas’ud bir 
tomonga qarab imo qilgan edi, bir gul yuzli go‘zal 
kelib, tabassum bilan quyoshdek porlab turgan bir 
jomni toldirib shohga tutdi-da, uyni quyoshdek 
yoritib yubordi. Mezbon shohga qarab: «Bu jomning 
xosiyati shundaki, bir tolgandan sofag, hech qachon 
maydan bo'shamaydi, u ofag tomonga qarab aylan- 
tirilsa, ichgan bilan undagi may aslo tugamaydi, 
toldirilgach, chap tomonga qarab aylantirilsa, oz- 
ozdan ichilsa ham kamayib boradi. Buni yasagan 
olimlar unga ana shunday tilsim boglashgan». Shu 
zahotiyoq uni sinab koVishgan edi, mezbon aytgan 
fikrlar tasdig'ini topdi. U jom shohni bodaparast 
ayladi-yu, ichmasdan turib mast boldi. Mas’ud uni 
ham mehmoniga hadya qildi. Shoh shodlik ichiga 
sig'may undan may ichar ekan, aql-u hushini ham 
yo‘qotdi. Bazm tugagach, barcha uxlab orom oldi. 
Tong otgach, gulgun qasrda yana kechagidek bazm 
boshlandi. Mas’ud sharofati bilan ajoyib bir soz va 
uni chaluvchi dilnavoz go'zal kirib keldi. Sozning 
nomi «chang» bolib, sozanda yuziga gulrang ipak 
parda yopigliq turardi. Mas’ud: «Sozini qoliga olib, 

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin