ko'ngli buzilib, ko'zidan yoshlar oqiza boshladi.
Mehmonning shoh ekanligi, lekin bir narsa uni iz-
tirobga solib, bu yerlarga kelib qolganini sezdi-da,
unga biror chora topib yordam ko'rsatishni diliga
tugib qo'ydi.
Buning uchun esa, awalo, dardi
sirini bilish kerak. Bunday hollarda ishq o'tida
qovrilayotgan oshiqlar ahvolini uni mast qilgan
holda bilib olish mumkinligini eslagan Axiy shu
yolni tutishga qaror qildi. Tong otishi bilan xoja
mehmonxonaga y o l oldi, ketma-ket u yerga Far
rux ham kirib keldi. Yeguliklarga m ol dasturxon
atrofida ikkovlari
tushga qadar qizgln suhbat-
lashib o'tirdilar. Quyosh botishi yaqinlashgach,
xoja may keltirishni va xonanda-yu sozandalami
chaqirib kelishni buyurdi. Bazm boshlanib, mu-
siqa-yu ashulalar yangray boshlagach, ichayot-
ganlar sarxush boldilar. Shunda xoja qoliga may
tola jomni olib, ta’zim bilan shahzodaga tutdi-da,
o‘zi
ham qoliga jom olib, ikkovlari ko'tarishdi.
Soqiy barchaga qadah tutgach, o'zga bir soqiy
yana qadahlarga may toldirib uzata boshladi.
Shu tarzda qadahlar bir necha marta aylangach,
bazm ahlining kayfi osha boshladi, hamma gapga
tushib ketdi. Xoja esa Farruxni xonaga taklif etib,
suhbat boshladi. Shahzoda ham kayfi oshgani
uchun
mamlakat-u davlati, amalga oshmagan
orzularini eslab, ko'zlaridan yosh oqib, o ‘z boshi-
dan o‘tganlami so'zlashga tushdi. Mayni oz ich-
gan Axiy xilma-xil savollar berib, mehmonning
nasabi-yu davlatini, Jasratxondek otasi borligini,
tushida bir parivashni ко‘rib,
oshiq bolganini, u
parivash shaksiz Halabda yashashini bilib oldi.
Xoja mehmon maftun bolgan go‘zalning ko‘rinishi
qandayligi haqida savol berib, Farrux javoblarini
eshitar ekan, jismiga harorat, ko'ngliga iztirob
tushdi. Chunlri mehmon
aytgan belgilar uning
ayoligaxos edi. Demak, bu oshiq yigitning ко‘ngli
uning yostiqdoshiga tushib qolgan ekan. 0 ‘zicha:
«Bu g'arib oshiq shohlig-u davlatidan voz kechib,
olimga ham rozi bolib, oglr ahvolga tushib qolgan
ekan, hijron dardida halok bolishi ham muqarrar.
Uning dardiga mengina chora qila olaman.
Dostları ilə paylaş: