«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Bu o ‘lgan g ‘anbingni yod aylagil



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Bu o ‘lgan g ‘anbingni yod aylagil,
Duo birla ruhini shod aylagib.
Kotib Iskandarning bu maktubini kechiktir- 
may uning onasi qoliga topshirdi. Chunki shoh: 
«Vaqtni kechiktirmay, tun-u kun ot yeldirib, bu 
maktubni onamga yetkazing. Quyoshimni qora 
bulutlar yopganida, boshim ustida ko‘p iztirob 
chekib, jahonni aza bilan xarob qilmang. Meni 
tobut ichiga joylab, kecha-kunduz to bet о vs iz yu­
rib, bor kuchingiz bilan harakat qilib, Iskandami 
Iskandariyaga yetkazing. U yer tiriklikda vatanim 
bolgan edi, olim paytida ham u shahar mening 
mozorim bolsin.
Agar na’shim ustida to'plansangiz, u chog'da 
albatta bir qolimni tobutdan chiqarib qoyinglarki, 
odamlar hayrat emas, ibrat ko'zi bilan boqib, bu 
panja barmoqlari saf chekib jahon mamlakatlarini, 
barcha quruqlik va dengizlaming lal va gavharlari- 
ni egallagan edi. Endi ajal qoli jo'nash nog'orasini


chalib, bo‘yniga olim arqonini solganida, jahondan 
shal insonning qoli misoli, chinor ilgiga o^shab 
ketib boryapti. Kimga bilim madadkor bolsa, ja­
hondan qolini yuvishi ham shunday oson boladi, 
deb tushunsin».
Shu yerga yetganda shohning so‘zi tugadi, ke­
yin ko‘zini yumdi. Foniy mulkni jasurlik bilan, tez 
egallagan edi, endi baqo mulkin olgali jazm qildi. 
Hikmat ahli kitoblardek qaro kiydi, falak bolsa, bu 
ishi bilan qiyomat kunini oshkora ayladi. Negaki, 
jahonning bor xalqi oh-u noladan shovqin-suron 
ko‘tardi. Shunday qiyomatki, go У о osmon yerga, yer 
ко Idea kotarildi. Falak bilan yer birday chayqaldi.
Keyin odamlar Iskandami mahofaga yotqizib, 
mahkam boglab, na’shini aytganidan ham chi- 
royli bezatishib, jahonshohi vasiyatlarini yoddan 
chiqarmay, xorlik bilan faryod-u fig‘on qilib ovoz 
chiqarmay, na’shi tartibini o‘zi aytganday shaklda 
yasab, saroy sari yolga tushdilar.
Burunroq bir kishidan nomani berib yubor- 
dilar. Onasi voqeadan xabar topib, Rustamdan 
ayrilgan Zolday behol, hushini yo‘qotgan holda 
oUrar, kolcsini chok-chok tilishni istasa ham, 
bu g‘amdan o'zini halok aylashni istasa ham, 
lekin o‘g li yuborgan maktub mazmuniga boqib, 
shu bilan joni mahzuniga tasalli berib o‘tirardi. 
Iskandar nimanikim yozsa, uni eshitish foydali 
ekanligini u yaxshi bilardi. Lekin o‘zining alamiga 
qanday chora topishni bilmay, qalbidagi o‘tdan 
jahon o'rtashini, jahongina emas, to'qqiz osmon 
o'rtashini tilar edi u. Lekin shoh so'ziga sadoqat, 
uni so‘zsiz ado qilish uni zo‘rg‘a saqlab turardi.
Tobut uning tomon yaqinlashib kelar ekan, 
toglar, dashtlar qora rang ostida qoldi. Odamlar


na’shni boyinlariga olishdi, buni ko'rgan onaizor 
aso tutib, belini qattiq bogladi-da, ichidan bir 
o‘tlig‘ oh tortdi. Uyatdan falak boshini quyi sol­
di. Yiroqdan o‘g li tobutini ko'rgan ona falakdan 
shunday faiyod eshittiki, u malika saroyigacha 
yetib bordi. Zo‘rg‘a-zo‘rg‘a tobutga yetib olgan ona 
un chekib, oshuftahol faryod qildi: «Xush kelding, 
ey aziz mehmon, ushbu qarigan kaniz qurboning 
bolsin. Bu saroy senga loyiq emas edi, bizni g4ir- 
batga tashlab ketding. Jannat bogl bo'stonini 
munawar aylab, farishtalaming qorongl kechasini 
yoritding.
Manga falak zulm qildi: bu yolga sendan burun 
tusha olmadim, senga jannat ichidan oVin tayyorlay 
olmadim. Charx ajoyib bir о yin koVsatib quyosh 
botdi-yu, charxning keksa kampiri omon yuribdi. 
Qazodan bu ish yuz bergach, balo seli vayron jis- 
mimni halok qildi. Koshki edi oq sochimni yoyib, goh 
o'zimga kelib, gohida ketib qollarim bilan yoqamni 
chok qilolsam edi. Ustimga qora kigiz tashlab, bor 
ovozim bilan nola chekolsam edi. tobuting oldida 
zaif jonimni berib, jismimni jisming ustiga tashlay 
olsam edi. Falak zulmidan kofaglimni bo'shatib, o‘gil 
kabi ona ham borsa edi. Motam tutib, oh-faiyod 
chekolmayotganim, jonimni berib, orqangdan yetib 
borolmayotganim men uchun jonim dardi kulfat-u 
alam iztirobi bolib qoldi.
Yozgan nomang sendan burunroq manga yetib 
keldi-yu, ne ishlami iltimos qilgan bolsang ular 
menga uqubat boldi, lekin hukmingni bajarmas- 
likka haddim bormidi? Chunki bu so'zlar Xoqon-u 
qaysar so‘zi emas, balki Iskandar so'zlari edi. 
Tanim qutichasidagi pok gavhar qani, quruqlik 
va suvlar shohi Iskandar qani?».


Ana shunday so'zlar bilan ona o‘z o‘g‘lini oxirgi 
yolga kuzatdi. Xaloyiq ichida oh-faryod ko'tarildi. 
Barcha aholi afg‘on-u oh tortib kelardilar. Tiyra 
tuproq bag‘rini o'yib, ul tuproq ichiga quyoshni 
yoshurdilar. Bu olamdagi eskidan qolgan rasm 
quyoshning tuproqqa botmogidir. Ravshan tanini 
qora tuproqqa topshirib, madfanini yasab, yuz 
tuman zeb ila sipehr atlasini qabrpo‘sh etdilar. 
Necha fig‘on-u oh ayladilar. Har qancha fig ‘on qilib 
osoyish topmay, ranj-u alamlarga davo topolmay
ko‘ngillardagi havas tikanlarini sindirib, barcha el 
o‘z ko‘ngillarini tindirdilar.
Iskandar hayotni tark etgach, onasiga butun 
koinot qaro boldi. Shoh yozgan vasiyatnomaga 
tola amal qilgan iffatli Bonu jahon ahlidan hech 
kim bajara olmagan ishni ado etdi. Bundan vo- 
qif bolgan barcha yaqin kishilari unga ofarin 
aytdilar. Dafndan so‘ng barchalari undan hoi 
so‘rashga keldilar. Uning maskani Iskandar mo- 
zoriga aylangandek edi. Birin-ketin yetti daryo, 
yetti dengizdek bolib, o‘glining eng yaqin yetti 
hamrohi olimlar undan hoi so‘rab, nasihat qilish 
uchun tashrif buyurdilar va navbatma-navbat 
dil so‘zlarini Bonuga izhor etdilar. Ona ularning 
hurmatlarini joyiga qo^ib, awal ulami oltirtirib, 
keyin o‘zi o‘tirib, sukut qildi. Olimlar ham biroz 
sukut saqlashgach, barchadan burun Aflotun 
so‘z boshladi: «Bonu davrondan ogohdir, bilim 
ichida davr ahliga shohdir. Bizlarning pand-u 
nasihatimiz Sizga hojat emas. Faqat birgina duoni 
izhor etmay qololmaymiz:

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin