«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Ki b o ‘Isa kema suvda sur’atnamoy



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Ki b o ‘Isa kema suvda sur’atnamoy,
Safar qilsa toeqqiz yilu yetti oy.
Hamul bahri a ’zamni bir davr etar,
Qayu yerdakim suvga kirmish, yetar.
Ayon bo‘ldiki uch yilu bir nima,
B o ‘lur suv aro sayr qilsa kema.
Muhitiga markazki beishtiboh,
Erur bahri a ’zamga ul nuqtagoh.
Yaqin borur ul yon azimat chog‘i,
Iki yilchiliq y o ‘l-u kamrak dog‘i.
Yana kelmagi dog4 oncha b o ‘lur,
Azimatda borg‘on zamonda b o ‘lur.
Iskandar to'rt yillik yaroq qilib, Muhit o'rtasiga 
ittifoq bilan safar qilishni buyurdi. Shoh yana 
anjuman tuzib, o‘z xalqining safar choglda o‘zi- 
ga qilgan sadoqati, shijoati, jonbozliklari haqida 
anchagina shirin so'zlar aytib: «Men ularni 13


yil qiynab kelyapman. O'tgan vaqt ichida qan- 
chadan qancha chiroyli, ajoyib joylarni ко‘rib 
bahra olmadik, suv olamining qancha sirlaridan 
voqif bolmadik. Dengizlaming barchasini tashqi 
tomondan tamosho qildim. Yagona bir armonim 
shu bolib qoldiki, dengizda ikki yil borishga, ikki 
yil qaytishga vaqt sarflasak, Olam dengizining 
markazi bolmish Muhit dengizining markaziga 
yetib boramiz. Faqat bir tilagim hammalaringizni 
Rum sari qaytarib, bir qism 300 tacha lashkar va 
donishmandlar bilangina bormoqdir. Bu yerda 
sizlar qiladigan ishlar qolmadi», - deganida butun 
kemadagilar suron ko‘tarishib, hamisha shoh bi­
lan birga bolishga hozir ekanliklarini talddladilar. 
Shunda shoh bolmasa boshqacharoq bir yolni 
tavsiya qildi. Shoh o‘z elini uch guruhga boladi. 
2 000 jangchi shoh amri bilan vataniga qarab 
yolga tushadi.
Shoh yana 700 kemani o‘zi bilan olib qoladi. 
Qolgan ana shu xalqqa dediki: «Sizlar to‘rt yil davo- 
mida mana shu orolda meni kutasizlar, Rumdan 
ko‘p mol-dunyo olib kelasizlar. Xudo xohlasa, 4 yil 
o'tgach eson-omon sizlar bilan ko'rishib, vatanga 
birga qaytamiz. Agar yolda menga biron xatar 
yetsa, dengizga cholcsam, daiyo toTonlari halok 
qilsa, bu yerda yana kutishni davom ettirmay, 
xat yozib qoldirasiz-da, vatanga jo'nayverasiz». 
Iskandar yolga tushib suvda suzib borarkan
necha ming kishi xuddi dengiz ilmi bilan yillar 
davomida shug4illangandek yakdil-u hamjihat 
mehnat qilishardi. Shoh kema ichiga kirib kel­
gach, undagi ishlar yana jonlashib ketdi. Odam­
lar tun-u kun beorom, yemay-ichmay uxlashni 
unutib qotygandilar. Kecha-kunduz dengizni


kuzatsalar ham, suvdan chiqib suvga botayotgan 
quyoshdan boshqa narsa ko‘rinmasdi. Daiyolar- 
da kezishgan chog'da ba’zi yerlarda suvning ota 
chuqur emasligi tufayli har xil baliqlar, xilma-xil 
baliq ko'zlari ko‘zga tashlanar, ko‘zi o*tli hayvonlar 
kemalarga hujum qilib kelar ekan, u ko'zlaming 
tutashidan yog‘ochlar yonib ketmasmikin, deb 
vahm qilardilar. Dengizda po'rtana ko'tarilganda, 
kema uchi awal kotarilib, so‘ngra pastga inib va- 
himali о У uyg‘otardi. Askarlar dengizning betartib 
harakatidan o'zlarini arang tutib turisharkan, 
Iskandar ham bo‘sh kelmaslikka tirishar, shu 
tarzda goh o‘ziga taskin berib, goh tinmayin kema 
ichida yurib oglr damlarni kechirardi.
Vaqt bu yanglig‘ o‘tib bir yil-u to'qqiz oy de- 
ganda dengiz markaziga yaqinlashib qolishdi. 
Iskandarga: «Ey odamzod, maqsadingga yetding, 
uning orzusida yillar kezgan eding», - degan nido 
eshitildi. Kema turgan suvning Muhit markazi 
ekanligi Ilyos-u Suqrotga ham ayon bolib dar- 
hol Iskandar qoshiga yetib kelishdi. To'rtovlari 
maslahatlashib bu joy Muhit markazi ekanligiga 
shubha yo'qligi haqida uzil-kesil bir fikrga kelishdi. 
Kemalami harakatdan to'xtatish uchun ularning 
bodbonlari - yelkanlarini tushirdilar. Iskandar 
eliga dediki: “Endi sizlaming har qaysingiz bilan 
xayrlashaman. Men dengiz ostini ko‘rishni havas 
qilgan edim. Endi shu muddat keldi. Murodimni 
tomosha qilish uchun suv ostiga tushmoqchi- 
man”. Bu yerda rivoyatning shu o‘rni haqida zid- 
diyat, qarama-qarshilik bor. Emishki, shoh bir 
sandiqsimon shisha idishning ichiga kirib, bosh 
tomoniga arqon boglashib, kemadan tortib turish- 
gan emish. Ehtiyotlik bilan u shishani suv ichra


solibdilar. Shoh shisha ichida bir necha oy qolib, 
dengiz osti holini: ming xil baliqlarning ko'rinish- 
lari va yashash sharoitlarini tomosha qilganmish. 
Yuz kun o'tgach, keyin shishani yuqoriga tortib 
olishibdi. Bu hikoyatgina bolsa kerak, shunday 
voqealarning yuz berishiga aql bovar qilmaydi. 
Mening fikrimcha, bu hodisa shunday yuz ber­
gan: tarixiy olimlar Iskandami ham nabiy, ham 
valiy deb atashadi. Uning tani riyozat topmish edi, 
sayr ishlari tugallangach, suluk ishi ham tamom 
boldi. Valiylikdan o‘zini xabardor topib, nubuv- 
vat maqomi ko'zini yoritdi. Ko'zi ul shuladan 
nurli bolg‘ach, qayon boqdi ko‘rdi, nekim bor edi 
qancha sirli ishlar unga oshkor edi. Suv ichida 
tomosha qilib yurarkan, yer yuzidagi jonivorlar 
ham unga aks etib ko‘rinib turardi.
Iskandar dengiz kezarkan, bahr shohi unvoniga 
ham ega boldi. Butun jahon uni hokim-u valiy-u 
payg‘ambar-u muzaffar shoh sifatida tanidi.
Kema qaytar ekan, juda tez sur’at bilan suzib 
borar, ikki yillik yolni bir yilda bosib o'tishardi. 
О ‘zining j onajon poytaxti Rumga eson-omon yetib 
borgan Iskandar suv ichida yana bir kun qolmoq- 
chi edi, lekin jismi zaiflashib kuchi qolmadi. Ham­
ma bilan bir-bir ko‘rishgach, jismi betob bolib, 
xayoliga keldiki: «Ketmak kerak, bu jahon tarkin 
etmak kerak».
Bu payt havo juda qizib ketgan, yerlami suv 
sepib ham sovutish qiyin edi. Shunchalik issiq ediki, 
yerga oyoq qo^gan odamning oyogl yerga yetgach, 
yonib ketishi aniq edi. Iskandar saman otini su­
rib borarkan, issiq jismini madorsiz ayladi. Otda 
yurish imkoni yo‘qligidan maysazor ustiga tushdi. 
Yerdagi shamoldan maysalararo orom olmoqchi


edi u. Kasallik ancha kuchaygan, jismini isitma 
o‘rtar edi. Joy qilish uchun o‘rin tayyorlashgacha 
ham chiday olmadi. Biyobon shunday qizib ketgan 
ediki, birov shohga o‘z qalqoni bilan soyabon qilib 
turdi. U ham sipohdorlik qilgan mahalda qalqonni 
zarkor qilib yaratgan ekan. Shoh taqdiri nomasida 
uning hayoti tugallanarkan, unga yer temir, samo 
oltin bolib ko‘rinadi deyilgandiki, ish yaqinlashib 
qolibdi. Ko'zdan yosh toldb, qayg4i bilan jondan 
qolini yuvdi.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin