Ki b o ‘Isa kema suvda sur’atnamoy,
Safar qilsa toeqqiz yilu yetti oy.
Hamul bahri a ’zamni bir davr etar,
Qayu yerdakim suvga kirmish, yetar.
Ayon bo‘ldiki uch yilu bir nima,
B o ‘lur suv aro sayr qilsa kema.
Muhitiga markazki beishtiboh,
Erur bahri a ’zamga ul nuqtagoh.
Yaqin borur ul yon azimat chog‘i,
Iki yilchiliq y o ‘l-u kamrak dog‘i.
Yana kelmagi dog4 oncha b o ‘lur,
Azimatda borg‘on zamonda b o ‘lur.
Iskandar to'rt yillik yaroq qilib, Muhit o'rtasiga
ittifoq bilan safar qilishni buyurdi. Shoh yana
anjuman tuzib, o‘z xalqining safar choglda o‘zi-
ga qilgan sadoqati, shijoati, jonbozliklari haqida
anchagina shirin so'zlar aytib: «Men ularni 13
yil qiynab kelyapman. O'tgan vaqt ichida qan-
chadan qancha chiroyli, ajoyib joylarni ко‘rib
bahra olmadik, suv olamining qancha sirlaridan
voqif bolmadik. Dengizlaming barchasini tashqi
tomondan tamosho qildim. Yagona bir armonim
shu bolib qoldiki, dengizda ikki yil borishga, ikki
yil qaytishga vaqt sarflasak, Olam dengizining
markazi bolmish Muhit dengizining markaziga
yetib boramiz. Faqat bir tilagim hammalaringizni
Rum sari qaytarib, bir qism 300 tacha lashkar va
donishmandlar bilangina bormoqdir. Bu yerda
sizlar qiladigan ishlar qolmadi», - deganida butun
kemadagilar suron ko‘tarishib, hamisha shoh bi
lan birga bolishga hozir ekanliklarini talddladilar.
Shunda shoh bolmasa boshqacharoq bir yolni
tavsiya qildi. Shoh o‘z elini uch guruhga boladi.
2 000 jangchi shoh amri bilan vataniga qarab
yolga tushadi.
Shoh yana 700 kemani o‘zi bilan olib qoladi.
Qolgan ana shu xalqqa dediki: «Sizlar to‘rt yil davo-
mida mana shu orolda meni kutasizlar, Rumdan
ko‘p mol-dunyo olib kelasizlar. Xudo xohlasa, 4 yil
o'tgach eson-omon sizlar bilan ko'rishib, vatanga
birga qaytamiz. Agar yolda menga biron xatar
yetsa, dengizga cholcsam, daiyo toTonlari halok
qilsa, bu yerda yana kutishni davom ettirmay,
xat yozib qoldirasiz-da, vatanga jo'nayverasiz».
Iskandar yolga tushib suvda suzib borarkan,
necha ming kishi xuddi dengiz ilmi bilan yillar
davomida shug4illangandek yakdil-u hamjihat
mehnat qilishardi. Shoh kema ichiga kirib kel
gach, undagi ishlar yana jonlashib ketdi. Odam
lar tun-u kun beorom, yemay-ichmay uxlashni
unutib qotygandilar. Kecha-kunduz dengizni
kuzatsalar ham, suvdan chiqib suvga botayotgan
quyoshdan boshqa narsa ko‘rinmasdi. Daiyolar-
da kezishgan chog'da ba’zi yerlarda suvning ota
chuqur emasligi tufayli har xil baliqlar, xilma-xil
baliq ko'zlari ko‘zga tashlanar, ko‘zi o*tli hayvonlar
kemalarga hujum qilib kelar ekan, u ko'zlaming
tutashidan yog‘ochlar yonib ketmasmikin, deb
vahm qilardilar. Dengizda po'rtana ko'tarilganda,
kema uchi awal kotarilib, so‘ngra pastga inib va-
himali о У uyg‘otardi. Askarlar dengizning betartib
harakatidan o'zlarini arang tutib turisharkan,
Iskandar ham bo‘sh kelmaslikka tirishar, shu
tarzda goh o‘ziga taskin berib, goh tinmayin kema
ichida yurib oglr damlarni kechirardi.
Vaqt bu yanglig‘ o‘tib bir yil-u to'qqiz oy de-
ganda dengiz markaziga yaqinlashib qolishdi.
Iskandarga: «Ey odamzod, maqsadingga yetding,
uning orzusida yillar kezgan eding», - degan nido
eshitildi. Kema turgan suvning Muhit markazi
ekanligi Ilyos-u Suqrotga ham ayon bolib dar-
hol Iskandar qoshiga yetib kelishdi. To'rtovlari
maslahatlashib bu joy Muhit markazi ekanligiga
shubha yo'qligi haqida uzil-kesil bir fikrga kelishdi.
Kemalami harakatdan to'xtatish uchun ularning
bodbonlari - yelkanlarini tushirdilar. Iskandar
eliga dediki: “Endi sizlaming har qaysingiz bilan
xayrlashaman. Men dengiz ostini ko‘rishni havas
qilgan edim. Endi shu muddat keldi. Murodimni
tomosha qilish uchun suv ostiga tushmoqchi-
man”. Bu yerda rivoyatning shu o‘rni haqida zid-
diyat, qarama-qarshilik bor. Emishki, shoh bir
sandiqsimon shisha idishning ichiga kirib, bosh
tomoniga arqon boglashib, kemadan tortib turish-
gan emish. Ehtiyotlik bilan u shishani suv ichra
solibdilar. Shoh shisha ichida bir necha oy qolib,
dengiz osti holini: ming xil baliqlarning ko'rinish-
lari va yashash sharoitlarini tomosha qilganmish.
Yuz kun o'tgach, keyin shishani yuqoriga tortib
olishibdi. Bu hikoyatgina bolsa kerak, shunday
voqealarning yuz berishiga aql bovar qilmaydi.
Mening fikrimcha, bu hodisa shunday yuz ber
gan: tarixiy olimlar Iskandami ham nabiy, ham
valiy deb atashadi. Uning tani riyozat topmish edi,
sayr ishlari tugallangach, suluk ishi ham tamom
boldi. Valiylikdan o‘zini xabardor topib, nubuv-
vat maqomi ko'zini yoritdi. Ko'zi ul shuladan
nurli bolg‘ach, qayon boqdi ko‘rdi, nekim bor edi
qancha sirli ishlar unga oshkor edi. Suv ichida
tomosha qilib yurarkan, yer yuzidagi jonivorlar
ham unga aks etib ko‘rinib turardi.
Iskandar dengiz kezarkan, bahr shohi unvoniga
ham ega boldi. Butun jahon uni hokim-u valiy-u
payg‘ambar-u muzaffar shoh sifatida tanidi.
Kema qaytar ekan, juda tez sur’at bilan suzib
borar, ikki yillik yolni bir yilda bosib o'tishardi.
О ‘zining j onajon poytaxti Rumga eson-omon yetib
borgan Iskandar suv ichida yana bir kun qolmoq-
chi edi, lekin jismi zaiflashib kuchi qolmadi. Ham
ma bilan bir-bir ko‘rishgach, jismi betob bolib,
xayoliga keldiki: «Ketmak kerak, bu jahon tarkin
etmak kerak».
Bu payt havo juda qizib ketgan, yerlami suv
sepib ham sovutish qiyin edi. Shunchalik issiq ediki,
yerga oyoq qo^gan odamning oyogl yerga yetgach,
yonib ketishi aniq edi. Iskandar saman otini su
rib borarkan, issiq jismini madorsiz ayladi. Otda
yurish imkoni yo‘qligidan maysazor ustiga tushdi.
Yerdagi shamoldan maysalararo orom olmoqchi
edi u. Kasallik ancha kuchaygan, jismini isitma
o‘rtar edi. Joy qilish uchun o‘rin tayyorlashgacha
ham chiday olmadi. Biyobon shunday qizib ketgan
ediki, birov shohga o‘z qalqoni bilan soyabon qilib
turdi. U ham sipohdorlik qilgan mahalda qalqonni
zarkor qilib yaratgan ekan. Shoh taqdiri nomasida
uning hayoti tugallanarkan, unga yer temir, samo
oltin bolib ko‘rinadi deyilgandiki, ish yaqinlashib
qolibdi. Ko'zdan yosh toldb, qayg4i bilan jondan
qolini yuvdi.
Dostları ilə paylaş: |