«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Ne amr etganing toki bor jonimiz



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Ne amr etganing toki bor jonimiz,
Tag‘oJul qilurg‘a ne imkonimiz.
Chu bizdin duo aylading muddao,
Ne ish ilgimizdin kelur, ju z duo!».
Safar chog‘i ob-u havo yetishgan kunlaming 
birida Iskandar Suqrotga murojaat qilib: «Dengiz 
yurishini boshlasak, xato bolmasmikan? Sen bu 
muammolardan yaxshi xabardorsan, sendan ilti­
mos qilib so'rajoniz. Sen bizga peshvolik qilasan. 
Agar elni qayoqqa boshlasang, hammamiz don- 
ishing payravi bolamiz», - dedi. Suqrot ularning


shartini qabul qilib, yol boshladi. Bir to‘da olimlar 
Jazoyir tomondan yurishni ma’qul qildilar. Bir 
necha kun shu suvda yurildi.
Yana bir kuni Iskandar barcha donishmand-u 
allomalami yiglb, dedi: «Dengiz kayfiyatini aytin- 
giz. Ki ne vaz’ iladur yer ila dengiz?» Donolar bir 
necha zamon tafakkur dengiziga botdilar-da, 
dedilarki: «Suqrot bayon qilsun. Chunki u hikmat 
ahlining ustodidir, zamiri xirad hikmatobodidir». 
Keyin Suqrot bu savolga shunday javob bera bosh­
ladi: «Yer jismi yumaloq shaklda. Yaratuvchi uni 
kurra shaldiga kiritgan. Lekin ul kurra suv ichida 
nihon bolib, ochiq qismini jahon deb ataydilar. 
Unda shaharlar, toglar, qir, sahro, dala, dashtlar 
joylashgan. Ammo uni suv ihota qilib turadi. Biroq 
yetti iqlim ochiq qolgan. Ammo ular ham tamom 
ochiq emas, balki har tarafdan dengiz bilan o‘ral- 
gan. Muhiti charxpalaksimon bolib, uning atro­
fida yetti daryo, 16 dengiz bor. Bulardan tashqari 
yuztacha daiyo bor. Har birining o'zgacha ismi, 
xalq shu nomlari bilan taniydi ularni. Nechuk- 
ki, Koliak, yo'qsa rudi Hirot va yo Nil yo Furot. 
Ulardan jahon obod boladi, dengizlar boshlanishi 
nuqtasi ham shular.
Haligi yetti daiyo ko'plab orollami o‘z ichiga 
oladi. Hammasi Muhit bahridan ayriladi. Muhit 
olti yuz orolli, olti daiyodan biri Bahri Rum. Unda 
ham 600 orol bor, Bahri Mag‘rib shimoli sharqisi 
obod, ul suvda 1 000 orol mavjud.
Uchinchisi Bahri Zang-u Habash. 1300 orolni 
o‘z ichiga oladi. Hisobda to'rtinchisi Bahri Hind 
bolib, janubida bir soy bor, oti Sind. Beshinchi 
dengiz keldi Daxyoyi Chin. U suvda ham orollar 
va yarim orollar ko‘pdan ко‘p. Oltinchi Nil, ikki


mingga yaqin oroli bor. Yettinchi suv Mashriq suvi 
bolib, tuman ming kema suzib yuradi. Unda o‘n 
ikki ming orol bor. Buning birla o‘n oltita, vassa- 
lom. Bulardan boshqa yana Hazar dengizi ham 
bor, suvi vahimali, ayniqsa, shamol paytida. Unda 
ham orollar ko‘p bolib, hadsiz-hisobsizdir. Muhit 
bulaming barchasining manbayidir. Lekin uch 
tomoni quruqlikdadir. Ular juda chuqur bolib, 
osmon unga tushsa, botib ketadi. Lekin ularning 
orollari yo‘q. Ammo katta jussalijonivor shu suvda 
suzib yuradi.
Dengiz ishi asoslarini aytib o'tdim, lekin uning 
yanada nozik tomonlarini sayr etib ko‘rganda 
puxtaroq anglash mumkin*.
Iskandar Suqrot suhbatidan xursand bolib, unga 
minnatdorchilik elon qildi. Oldin yetti daryo ichiga 
kirish, so fag Muhit sari azm qilishga ahd qildi.
Iskandar dengiz kayfiyati, turlari, nomlari, orol­
lari tabiatini bilib olgach, Suqrotdan so'radiki: 
«Suvda ko‘p suzib, juda hadisini olibsan. Iltimo- 
simiz: bu uzoq va mashaqqatli safarga ham о‘zing 
peshvolik qilsang. Barcha mallohlar-u sayyohlar 
sening so‘zing bilan ish qiladilar. Sen bizni qayo- 
qqa boshlasang, sening so‘zing so‘z boladi».
Suqrot qabul qilib yol boshladi, ulus u boshlagan 
yoldan chiqmay ehtiyotlik bilan suzisha ketdi. 
Ilyosning ruhi hamroh bolib, kemalami qush- 
dek uchirib ketdilar. 0 ‘zlariga malum bolmagan 
Afranj-u Rum daiyosidan ham omon-eson chiqib 
oldilar. Hamma kemalaming ahllari qattiq harakat 
qilib, Orollar olkasini fath etishga kirishdilar. Bir 
necha kema olkaning hududi, qirg‘oq uzunligini 
olchash bilan band edi. Baland togli yoki cho'qqili 
orollar duch kelsa, balandligini aniqlash ancha


qiyin bolar, orol atrofini esa kema bilan aylanib 
chiqib olchab olar edilar. Orolda yollar bolsa, 
tanobchilar usuli bilan uzunligini aniqlar edilar. 
Bir kema ichidagi olchash hisobotlari to'plansa,
12 000 qari chiqdi.
Dengiz masofasini aniq qilib olchash uchun bir 
kemani langar toshi bilan mahkamlab, ipining yana 
bir boshini ikkinchi bir kema tortib ketar, olchov 
tugagach, unga langami tushirib, bu yog'idagi, 
olchov boshlanishidagi kemachilar esa langami 
chiqarib, oldingi kema tez yurib, belgilangan maso- 
fada to'xtab, yana tanobni tortib, bir kema turib, 
ikkinchisi tortib shu tarzda kemalar almashinib, 
har almashuvdagi masofa aniqlanib, yozilib borar- 
di. Biron orolni oYganguncha, hisobchilar olingan 
malumotlami qo'shib, ko'paytirib har tomonlama 
malumotni tayyor qilib qo'yishar, shu dengiz, yo 
orol haqidagi toliq malumotlami o'sha ondayoq 
Rumdan keltirilgan uchqur kabutarlar oyoglga 
mahkam qilib boglashib, uchirib yuborishar, 
xatlar Rum xalqiga yetib borib, shohning qilgan 
va qilayotgan ishlaridan mukammal malumot 
berib turardi.
Dengiz yollaridagi jami 12 000 orol va yarim- 
orolni hakimlar har jihatdan o'rganishar, hatto 
mahalliy aholi tilini ham o'zlashtirar edilar. Muhit 
dengizi ham atroflicha o'rganilgach, hujjatlar xat 
tashuvchi kabutarlar orqali yana to'xtovsiz Rumga 
jo ‘natildi.
Iskandar ilmiy ishlar bilan 12 yil shug4illandi. 
Endi Farang dengizigina qolgan edi. Shoh bir or­
olda makon qurib, dam olishga ruxsat berdi.
Ushbu buyruqdan shodlikka tolib-toshgan 
sipohlar o‘z vatanlari tomon y o l oladigandek xur-


sand bolib ketishdi. Lekin shoh kitoblar, hisob-ki- 
toblar yuklangan bir kemani olib keldi. Sipohlar 
kitob va qog'ozlar solingan sandiqlami tozalash- 
di. Qog'ozga nam o‘tsa, raqamlarni o'qib bolmay 
qoladi deb, qo'rqishgan edi. Sandiqlarni birma-bir 
ochib qarashsa, qog‘ozlarga nam o'tmabdi. «Olin- 
gan daftar-u qog'ozlardagi yozuvlami hisobchilar 
hisoblab ko'rishsin», degan farmon berilgach, hi­
sobchilar hisobdan o‘tkazdilar. Olimlar u sonlami 
yana bir tekshirib, bu kitoblami shohga taklif 
etdilar. Shoh tavakkal misolida bir-ikki daftar 
hisoblarini tekshirib ko‘rdi va qoniqish hosil qildi.
Iskandar hamma hisob-kitoblami ko‘zdan ke- 
chirib, ularning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgach, 
shunday xulosaga keldi:

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin