xushbo'y gullar bilan bezaydi, gul bilan yuzi-
ga g‘oza surib, zulf hamda egnini sunbul bilan
orasta qiladi-yu, lola bilan chehrasini qizil qilib,
lola dog‘idan ul chehraga xol yasaydi. Sabza bi
lan qoshiga o'sma qo'yib,
shabnam bilan yuziga
yopinchiq - me’jar tutadi. Sarvdan panjalariga
nigor surma surtib, suvni unga oyinador qiladi.
Og'zini g4mchalar bilan pinhon qilib, so‘zlash
chog‘ida u g'unchani ochiladigan qiladi. Shahlo
nargisdan unga ko‘z yasab, savsan-u ra’nolar
tilidan so‘z o'rgatadi. Ko‘zlariga g'amza bilan noz
o'rgatib, g'amzasiga firibgarlik talimini beradi.
Shuncha go'zalliklar bilan u olam kelinini bezab,
xalqni unga maftun etishga intiladi. Endi har kim
u go'zalni ko‘rib shaydo bolgach, o‘zi dallolalik
qilib,
ikki toqdan juftlar yasaydi-yu, mahrga jon
davlatini belgilaydi. Yigit va qiz bir-biriga oshiq
bolgach, endi ulam ing jon bilan imoniga hujum
qilib, dahr uyidan quvlaydi. Olam shunday davom
etaveradi.
Insonlar tinmasdan bazmga kelgan odamlardek
bu dunyoga kelib-ketaveradilar. Yuz ming falak
odamlarni shu tarzda vayron qilgan, uning jafo-
sidan oh, yuz ming oh! Jahondagi barcha jonli
va jonsiz narsalar undan shikoyat qiladilar. Fal-
akning to'xtovsiz aylanaverishidan tun bilan kun
hayoti ostin-ustun boli^petgan. Chekkan azoblari-
dan quyosh yuzi sarg'aylb, yangi oy ham behol.
Tong to'nini
chok etib, uning g'ami bilan shorn
libosi motamiy rang. Falakning azob-uqubatlari-
dan o'tni o‘z isitmasi beqaror qilsa, yelni yugur-
moqdan charchatadi. Dengiz unga alami borligi
tufayli ichida zahar saqlaydi, kon falak zulmidan
baxti qaro, go‘у о ichini laxta-laxta qon bog'lagan.
U beixtiyor durga jafo qilib,
ozor berganidan bu
holatga chiday olmay ko‘z yosh topadi. Bulut
holining azobi uning dardiga bir qora oh bolib
atrofida yuradi.
Chashma ham o‘zi ko‘rgan balolar tufayli bir
ko‘zini yo‘qotgan holda ko‘z yosh tolcadi. Bulbul
uning alamidan diqqat, shu tufayli gul to‘ni par-
chalari ham yerni qoplab yotadi.
Ammo falak el joniga har qancha o‘t solsa ham,
berganlarini barcha odamdan qaytarib oladi. Fa
lak ham o'zini elga yaqin tutib, mehribonlik qilib,
bir necha kun nash’-u namo ham ko‘rsatadi-da,
bir necha-kun elni o‘z maqsadiga erishtirgandek
boladi. Birovni mol-u davlat sohasida Qorun kabi
boyliklarga ega qilsa,
boshqasini Faridun kabi
taxtga mindiradi.
Falak el holini sinovdan o'tkazib, pokni nopok-
dan judo qiladi. Yaxshi bilan yomon m a’lum
bolgach, g'alvirini aylantirib, ko'proq yaxshilik
qilganlarga lutf etib, yanada boyroq qiladi.
Ba’zan saxovatga noloyiq kishilarga, bilimsiz,
odobsiz kishilarga oltin laganlarda kumushlar
hadya qiladi. Pokiza deb bilgan gulni jannat gulzo-
rining
zevari deb anglaydi-yu, tikanga mubtalo
etib, uzib-sovurib yuboradi. Rindlar ichkilik
qadahi terisini Xo'tan mushki saqlaydigan qildi.
Qilichni zolim podshoh yoniga osib qo'yib, ko'plab
begunoh kishilar qonining asossiz to'kilishiga
sabab b o ld i. O/qdek to ‘g ‘ri yaxsh i odam lar
adolatni bilmagan podshohning saroyida eng
tuban ishlami bajarishga tayinlanganlari uchun
boshqa mamlakatlarga qochib ketardilar.
Qizig'i shuki, yaxshi yoki yomon odamlar o‘z
muhlati bo^icha yashab, taxt uzra yashaganlar
kabi taxta ustida bu dunyoni tashlab ketardilar.
Falak taxt ustida podsholik qilgan ne-ne ulug‘
shohlaming birontasini ham omon qoldirmadi.
Faridun-u Jamshid,
Eraj-u Hushang, Zahhok-u
Salm, Manuchehr-u Navzar, Bahman-u Skandar
qani? Jahongir Chingizxon, jahon xoni Temur
Ко‘r agon qani? Bu charxi dun - pastkash olam
bittasiga ham vafo aylagani yo‘q. Kimni yuksakka
ko'targan bolsa, yana pastga uloqtirdi.
Dostları ilə paylaş: