«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Tort, Navoiy, bu jahondin ilik



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Tort, Navoiy, bu jahondin ilik,
Qaysi jahon, javhari jondin ilik.
0 ‘n beshinchi maqolat 
JAHL MAYI HAQIDA
Xursandchiliging jomga hamrohlik, jahl xumori 
tufayli ishing doimo mastlik bolgan odam! Sening 
doim iy ayshing kamayishni bilmaydi. Sening 
muroding doimo jaholat jomi. May idishi sening 
ichingga boda lazzatini quyishi bilan o‘sha lazzat


ko'nglingga g‘avg‘o soladi. Boda joningga g4irur 
hissiyotini urib, o‘zingdan boshqa har qanday 
fikrni yo‘q qilib tashlaydi. Olm ak g‘ami motami 
ham, paymonang tolishining g‘ami ham qolmaydi. 
Ajal nazoratchisi yetib kelsa, nima qilasan, undan 
qutulish uchun ne chora topasan?
Muhtasib - nazoratchi jafo toshini bu kunga 
qarab ursa, har bir porasini parcha-parcha qilib 
tashlasa, jismingni boshdan oyoglnggacha dog‘ 
ustiga dog‘ o‘rtab, mayingni qaro tuproqqa toTdb 
tashlasa, nima qila olasan?
Safoling zarfi - idishingni ushatgandek, maying 
lalini yer qonidek qilsa, buki bilimsizlik mayini 
behisob ichasan, bu senga bir kuni ehtisob qi- 
linsa-chi?
Sening mastliging necha oy-u necha yildan beri 
davom etyapti, oy bilan yil mastligingdin ayil!
Mastning bori muhmal - tuturiqsiz boladi
ko‘chaning bolalariga masxara, kulgi boladi. Mast 
odam ko‘chaning boshidan jinninamo yurib kelar- 
kan, bolalar har tarafdan uni toshbo‘ron qiladilar.
U toVganicha ichib olib, mayxonadan ko‘cha- 
ga mast bolib chiqar ekan, manglayi devorlarga 
urilib qon bolib, boshidagi sallasi chuvalib, har 
yoqqa yoyilib, elga quturgan itga o'xshab hamla 
qilib, qaysi yomon it, qopag'on itdek har odamga 
tashlanib, jismini mastlik holati, har sari qadam 
qo^sa, o‘sha tomonga yana bir qadam tashlasa, 
seining yerdagi kolm ak suvini ichib, sharob xayol 
qilib shimirsa, soy toshini ко‘rib qolib, qizil gul- 
dek hidlab rohatlansa, olam gul-u toshi ko'ziga 
uchraganda esa ularni bir yon otib yubormoqqa 
madori ham qolmagan bolsa, uning beso'naqay


otgan toshlaridan bolalar goh tarqab qochishib, 
goh unga o'xshash mast-mast o'ynashib yiqilishsa, 
yiqilib, goh turib, may uning holini behol qilib, 
soqolini iflos qilib, qusqi soqolini necha bor порок 
etib, it yalab-yalab tozalab qo'yadi. Mastlik uyqusi 
kuchayib ko'chada uxlab qoladi-da, boshidagi 
sallasini ham, belidagi pulini ham topolmay, 
to'nini yana bir bor qaroqchi olib ketib, xuddi 
olikdan kafanni sug4irib olganday qilishadi. Qin 
qolibdi-yu, qolidagi pichog'ini olib ketishibdi. Ko- 
vushning ham biri qolib, birini yo‘q qilishibdi. To‘n 
etagi balchiq bolib, oldi hoi, oldi hol-u, ammo 
uning oldida kol.
Uyini topishga har qancha harakat qilsa ham, 
uzun ко‘chadan uni har qancha izlamasin - to- 
polmasdi. Butun a’zoyi badani titroqqa zo‘rg‘a 
chidar, og‘zi esa ajab bemaza ta’m berardi. Har 
qancha qidirib o‘z uyini izlab topolmadi. To'nini 
faqat o‘g‘ri yechib olgan bolmay, qolganini asas
- tungi soqchi olgan edi.
Bu bechora mastning ahvoli yarasini tuza- 
tish uchun o‘q zaxm ini o ‘zi yorib ochayotgan 
odamning holini eslatardi. Boshi aylanib gan- 
diraklar, hushi ozib behuzurlikdan azoblanar, 
qulog'ining osti - banogo'shi ham yashinib, egni 
ichiga kirib ketgandi. Har sari shu xildagi holat, 
shu shakl uning andomini tashkil qilgandi.
0 ‘zining holatidan xijolatlik ustiga mastlik be- 
holligi hamda maxmurlik, yana ichkilikka tashna- 
lik qiynardi uni. Xumor dema, uni yuz balo degil. 
Bu balolar yog'ilib, joniga yuz bedod solgandi. 
Ko‘rki, bilib turib shu ahvolga tushdi bu odam
ko‘rki, qancha alam solyapti o‘z joniga. Ko'rki, o‘z


qoniga ham kirish, qonini ham buzish bilan birga 
o‘z joniga zulm qilmoqda.
Buni ham qoyavering-u, borgan sari o‘z obro'si- 
dan ajralib, e’tiborsizlikda qolib, yalqov, daydilik 
kasaliga ham mubtalo bolyapti. Bu malomatlarga 
zarracha parvosi yo‘q, o'zining beta’sir qilmishlari- 
dan aslo xijolat chekmaydi. Shuncha qabohatlari, 
bir-biridan xunuk, yaramas ishlaridan uyalish, or 
qilish kerakligini anglamaydi.
Qarigan kampir qanchalar xunuk bolmasin, 
uning ko'ziga jannat huri bolib ko‘rinadi. О jar bir 
shoir qayerda nima desa, buning oldida qanday 
bema’ni bir so'zni vaysayotgan bolsa ham, uning 
uchun sehrli bir asar. Itki qozon oshiga til tekizdimi, 
yuzi qarolik bilan har yerda yuzi qizil-da!
El-ulus qatliga jallod bolgan inson o‘glini oldir- 
sa ham xursand bolaveradi. Ko‘mir sochishni 
hunar qilib olgan kimsa yuzining qora bolishi- 
dan uyaladimi? Boyqush obod yerda har qancha 
nahsli ko'ringani bilan vayrona ichida tovusdek 
go'zal ko‘rinishi shubhasiz.
May tanni vayron aylasa, ajablanarli joyi bormi? 
Sel uyni xarob aylashi ayon-ku. Sel uyni itqitib, 
elni selga giriftor qiladi, balo seli esa har qanday 
uyni vayron qilmay iloji yo‘q.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin