Boglarda bu xil oh-u fig‘on tugaganicha ham yo‘q
ediki, barg kesuvchi sovuq shamol esa boshladi-da,
shoxlardagi barglami uzib tashlashga kirishdi-yu,
ularni
barglardan judo qilib, har tomonga ota
boshladi. Yaproqlaming rang-u safosi ham qolmay,
oliklardek bolib tuproqlar ustiga tusha boshladi.
Yel askarlari bog'ni talab, meva daraxtlarigina
saf tortgandek yalang'och, bosh-oyoq qora bolib,
ariqlardagi suvlar zanjiri bilan bir-biriga boglangan
fig'on tortayotgan yalang'och asirlardek turishardi.
Ulami barg deb emas,
oshxona otini, shox emas,
do‘zax kundasi deb atash to‘g‘riroq bolardi. Gotyo
do'zax jannat gulistoniga aylan-gan-u, do‘zax uning
oldida behisht boglga aylangandi.
Umr gulshanining kuz-u bahori ham shu gulis-
tonga o'xshab ketadi. Insonning sharaf uyi vaqti
yetgach umr quyoshi paydo boladi. Ko'pdan ko‘p
g'unchalar kulib, hadsiz-hisobsiz
gullar ochila
boshlaydi. G'unchalar oynam oq va yemak bilan
orom oladilar. Bilim shami ulaming miyasiga aql
nurini solmagunicha, ko'ngillarini idrok salohiyati
bilan yoritmaguncha, yoshlar o‘zining yetilgani,
yuzi gulrang bolganini anglagach, jafo bilan jon-
larini sayd etib, bazmlarda lablarni may bilan
xursand qiladilar.
Bog‘
gul va chechaklami tark etgach, navbat
barg bilan mevaga yetadi. Har bir daraxt gulshan
kiyimini kiyib, ilm-u adab mevasidan bahramand
boladi, ilm-kasb egallaydi. Biri tafsirlar ilmini
o‘rgansa, boshqasini hadislar qiziqtiradi. Yoshlar
madrasalarni o‘zlariga oromgoh qiladilar,
bosh-
qalari xonaqohlami xilvatxona qilib tanlaydilar.
Yoshlik mevalari toldlgach, baqo gulshanini
go'zalliklar tark aylagach,
yoshlik ayyomining
mevalari tolcilib, jahonning nafosat-u go'zalligi
tugallana borgach, qadd-u qomat daraxti g‘am yeli-
dan egila boshlagach, guldek yuzlar xazon bolib
Barg'aya boshlaydi.
Tan daraxtida havas bargi
qolmay, kuzning sovuq shamoli ularni uchirib
ketadi. Ko'zlar uylar burchagini talasha boshlaydi,
bolalar kulgusi yangrab, yuzlam i za’faron qiladi.
Ikki bukilgan qad hassaga tayanib asta odimlay-
di. Og‘iz ichidagi durlar toldlib, bir dona ham tishi
qolmaydi. Yuzdagi oq tuklar kafan iplarini xotirga
soladi. Olimni о‘ylayverganidan boshi quyi egilgan,
xayrlashish uchun qaddi ham ikki bukilgan.
Bir necha kun shu ahvoldagi iztirob bilan qon
yutish, oh-faryod ichida kechadi. Ajal xabarchisi
farmon bolganida yetib kelib, uning ko'nglini ha-
yot azoblari, keksalik alamlaridan qutqaradi. Bu
bazmga yetib kelgan har bir odam navbat bilan
bu qadah - olim qadahini ichadi. Bu
achchiq qa-
dahni totgan inson yo'qlik ko'chasi tomon mast
holda y o l oladi. Mast ekan, o'zini ham bilmaydi,
borganidan so‘ng xabari ham kelmaydi.
Dostları ilə paylaş: