taranglik
kuchlari, ulaming yo’nalishi va taranglik kuchlarining valga
bosimi to’g ’risida tushuncha berish lozim. Misolning amaliy mohiyati,
balki hali o'rganilmagan mashina detallari fani asosida transmission
vallarning qo'llanilish sohasi to'g'risida talabalarga ma'iumot berish usuli
bilan, ularda misolga nisbatan qiziqish uyg'otiladi va bu holat misolni
echishda o ’z aksini topadi Misolni echishda lozim bo'lgan
ayrim
qisqartirish va cheklanishlar hamda o ’zgarishlami talabalarga oldindan
tushuntirish o’ta ahamiyatlidir.
Ayrim misollarda fizik jarayon qisqartirilishi yoki ahamiyatga ega
bo'lmasligi mumkin. Bu vaziyatni tushuntirish va tahlil etish zarur bo'ladi.
Masalan: massasi 500 N bo’lgan yuk 2 s davomida vertikal holatda 10 m
balandlikka kotarildi Berilgan ruxsat etilgan kuchlanishdan foydalanib,
kanatning talab qilingan diametri hisoblansin. Bu misolda jarayonni fizik
nuqtai nazaridan harakat xarakteri hisoblash natijasiga ta'siri juda kichik
bo’ladi Misol cheklanish evaziga echildi.
Misollarni tahlil qilishda
ulaming shartida amaliy mohiyatini ochib berish kerak bo’ladi. Bu esa
talabada misolga nisbatan qiziqish uyg’otadi.
Masalan, berilgan materialdan va o'lchamda tayyorlangan val uchun
ruxsat etilgan momentni ko'rib chiqaylik: metallni kesishning yangi
rejimiga o’tish munosabati bilan, stanok valikining mustahkanilik sharti
uchun qanday eng katta ruxsat etilgan burovchi moment to 'g 'ri keladi.
Metallni kesish sifati uning sirtiga ishlov
berish darajasini belgilaydi, bu
esa o 'z navbatida valikning mustahkamligiga ta sir etuvchi omildir.
Misol shartini muhokama qilish yoki tahlili ham rivojlanuvchan, ham
tarbiyaviy xarakterga ega bo'lishi kerak. Masalan: mustahkamlikka
ehtiyotlik koeffitsienti birlamchi qabul qilingan qiymatiga ko’ra 10% ga
kamaytirilsa, balkaning og'irligi qanday o'zgaradi. Bu misolda ehtiyotlik
koeftitsientini kamaytirish katta qurilishlarda qanday ahamiyatga ega
ekanligini tushuntirish mumkin.
Misolni ortiqcha va etishmaydigan shartlari to'g'risida. Ayrim
misollarda uni echish uchun kerak bo’lmagan, ya'ni
ortiqcha shartlar
berilgan bo’ladi. Masalan, buralishda mustahkamlikka hisoblanayotgan
valning uzunligi yoki detaining materiali bilan birga ruxsat etilgan
kuchlanishining qiymati berilgan.
Misolni shartida ortiqcha ma'iumot yoki qiymatlar berilishi
foydalidir, chunki talabani o'ylab tahlil qilishga o'rgatadi, texnik
muammoni echishda ular kerak emas, lekin konstruktsiyani to’liq tasaw ur
qilish uchun hamda misol echish davomida talaba
tegishli formulani izlab
topishida ushbu ma'iumot samara beradi.
10
Ayrim hollarda to'liq m alum ot bo'lmagani ma'qul, chunki real
loyihalashda konstruktoming o'zi bir qancha kerak bo’lgan ma'lumotlarni
tanlashini talaba bilib oladi. Bunday misollar mashina detallari fanida
uchraydi. Materiallar qarshiligida qo'shimcha ma'lumotlarni kitoblardan
qidinb topiladi. Bunda yuldanish xaiakteri va material ko'rsatilgan, lekin
ruxsat etilgan kuchlanish berilmagan. Masalan, ichi g ’ovak valning
uzatayotgan quw ati va uning aylanish chastotasi berilgan.
Valning
dianietri hisoblansin. Buning uchun valning o’rtacha diametrini, uning
ichki va tashqi diametrlari bilan tashkil qilgan nisbatidan foydalaniladi.
Misolni faqat sharti ahamiyatli deb tushunmaslik kerak, balki uni
to’liq ma'nosini saqlagan holda qisqa yozish kerakki,
talaba har daqiqa
to’liq shartni tiklay olsin. Kitobda misolning sharti to’liq yozilganligi
uchun, uni yozish shart emas deyish noto'g’ri. Ayrim hollarda yozish
elementi deb, sxema yoki chizmani tuzish tushuniladi Eng yomon holat
chizmani yozuv asosida tushuntirish yoki uning mazmunini yoritish.
Oddiy misollarda shartni o ’qib, uni yozib (doskada yoki daftarda) talaba
tegishli chizmani bajara olishi kerak. Murakkab misollarda bu savolni
echimi juda qiyinlashadi. Chizmalarda o’lchamlarning
shartli belgilarini
berilishi yozuvni qisqartiradi.
Konstruktiv
yoki
yarim
konstruktiv
sxemalardan hisoblash sxemalariga o’tish yozuv asosida emas, balki
misolni echish elementi sifatida bajariladi. Masalan. valni buralish bilan
egilishga hisoblash
Dostları ilə paylaş: