Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 808
w www.oriens.uz February 2022 yetishtirishda tomchilatib sug’orishni qo’llash egatlab sug’orishga nisbatan suvni 1,5
– 3,0 martagacha kamaytirish, paxtadan gektariga 35-43 tsentner miqdorida hosil
olish mumkinligini tasdiqladi. 1990 yillarning ikkinchi yarmida O’zbekistonda yana
600 ga maydonda tomchilatib sug’orish tizimlari joriy qilindi. Shu jumladan 1999-
2001 yillarda Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida uchta 100 gektarli maydonda
Isroil davlati Netafim firmasining har biri 2,1 mln. AQSh dollari turadigan
tomchilatib sug’orish tizimlari tadbiq qilindi. Qurilgan ushbu sug’orish tizimlari turli
sabablarga ko’ra ko’ngildagiday faoliyat yuritishmadi.
O’zbekistonda 1975 - 2000 yillar oralig’ida qurilgan tomchilatib sug’orish
tizimlaridan biri - Qashqadaryo viloyati «Varganza» xo’jaligidagi anorzorni
tomchilatib sug’orish tizimi (1990 yilda qurilgan) hozirgi kunda ham faoliyat
yuritmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 25 oktyabrdagi
«Qishloq xo’jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni rag’batlantirish
mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-4499-sonli qarorida
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish uchun davlat byudjetidan 300 mlrd so’m
subsidiya ajratilishi belgilandi va bunda tomchilatib sug’orish tizimlari uchun - 8 mln
so’m, yomg’irlatib sug’orish tizimlari uchun - 4 mln so’m, diskretli sug’orish uchun -
1 mln so’m mablag’ ajratilishi belgilandi.
2013-2019 yillarda respublikada jami 76,2 ming gektar qishloq xo’jaligi ekin
maydonlarida shundan, 52,5 ming gektar bog’ va uzumzorlarda, 11,9 ming gektar
sabzavot va poliz mahsulotlari hamda 11,7 ming gektar paxta maydonlarda
tomchilatib sug’orish texnologiyasi joriy etildi.