Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 806
w www.oriens.uz February 2022 Xitoy davlatining haydaladigan yer maydoni 100 mln. gektar bo’lib, shundan 50
mln. gektari sug’oriladigan yerlar hisoblanadi. Yillik yog’ingarchilik miqdori
o’rtacha 1200 mm.ni tashkil qiladi yoki har gektar yerga 12 ming kubometr suv
zahirasi to’g’ri keladi. Bu yerda sug’orish ishlari uchun bir yilda o’rtacha 400 mlrd.
kubometr suv ishlatilib, o’rtacha bir gektar maydonga 7,1 ming kubometr suv zaxirasi
to’g’ri keladi. Xitoydagi yirik suv xo’jaligi tizimlaridan biri Xuanxe daryosi asosida
faoliyat yurituvchi majmuadir. Majmuaning uzunligi 252 kilometr bo’lib, u 460 ta
suv inshootlari, 13 ta dyukerni o’z ichga oladi. Bu yerda suv daryodan 40 metr
balandlikka ko’tarib beriladi. Bugungi kunda Xitoy suv xo’jaligi vazirligi suvdan
foydalanish borasida katta huquqlarga ega bo’lib, mamlakatda suv xo’jaligi bo’yicha
alohida militsiya tizimi ham tashkil qilingan va bu suvdan foydalanish jarayonini
nazorat qiladi. Amerika Qo’shma Shtatlarida 1960 yillarning boshida Richard Xapin
tomonidan “Shudringli shlang” nomi (boshqa nomi “spagetti quvuri”) bilan
tomizgichli lenta ishlab chiqildi va uning birinchi namunasi 1964 yilda amaliyotga
joriy qilindi. Bunday shlanglar asosan daraxtlarni va issiqxonalarda yetishtiriladigan
gullarni sug’orish uchun keng joriy qilindi.
Tomchilatib sug’orish tizimlaridan foydalanish 1980 yildan keyin ayniqsa
kuchaydi va 2000 yilga kelib dunyo miqyosida tomchilatib sug’orish tizimlari joriy
qilingan ekin maydonlari 3,2 mln. gektardan ortib ketdi. AQShning Xavay orollarida
qiyalik maydonlarda shakarqamish yetishtirishda egatdan sug’orish usulini qo’llash
mumkin bo’lmaganligi bois fermerlar yomg’irlatib sug’orishdan foydalanishgan va
katta qiyinchiliklarga duch kelishgan. Tomchilatib sug’orish yaxshi samara berishi
aniqlangandan so’ng esa Xavaydagi 11 shakarqamish plantatsiyasi 1986 yilda
to’laligicha tomchilatib sug’orishga o’tkazilgan.
Tomchilatib sug’orish tizimlarini qo’llashda Isroil, Kipr, AQSh, Italiya,
Avstraliya va Iordaniya kabi jahon mamlakatlarida juda katta yutuqlarga erishildi.
AQSh, Avstraliya, Isroil va boshqa bir qator mamlakatlarda yer ostidan
tomchilatib sug’orish tizimlari ham keng tarqaldi. Ushbu tizimlar suvni o’simlikning
ildiz qatlami ostidan yetkazib berishga moslashtirilganligi bilan boshqa tomchilatib
sug’orish tizimlaridan keskin farq qiladi. Yevropa mamlakatlarida suv resurslaridan
foydalanish va ularni samarali boshqarish masalasi eng dolzarb mavzular qatoriga
kiradi. Masalan, Ispaniyada keyingi yillarda qurg’oqchilik sababli kelib chiqayotgan
qator muammolar natijasida avvalroq vujudga kelgan og’ir ekologik vaziyatni
yaxshilash dasturlari, daryolarni bir-biriga oqizish tadbirlari amalga oshirilgan bo’lsa,
yaqin yillardagi yog’ingarchiliklar va suv toshqinlari tufayli, uzoq kelajakka
mo’ljallangan kuchli davlat tadbirlari ustida ish olib borilmoqda.