Strategik menejment



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/309
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162872
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   309
Strategik menejment

Nazorat savollari 
1.
Sog’liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirish manbalari qanday 
moliyalashtiriladi? 
2.
Sog’liqni saqlash tizimi mussasalarini saqlash va rivojlantirishda davlat 
budjetining ahamiyati va ularni boshqarish yo’llari qanday ? 
3.
Davlat sog’liqni saqlash muassasalarining tarkibi, ular xarajatlarini 
rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirishning xususiyatlari qanday? 
4.
Xarajatlarni rejalashtirishdagi asosiy ko’rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi 
qanday amalga noshiriladi?
 
Tayanch iboralar: 
Smeta, sanitariya-epidemiologiya, ilmiy-tekshirish institutlari, tibbiyot statistikasi 
byurosi, sanatoriylar, sud-tibbiy ekspertiza byurosi, patologoanatomik markazlar. 
 
 
11-MAVZU. SERVIS XIZMATLARI MENEJMENTI 
 
Reja: 
 
1.
 
Servis faoliyati tushunchasi. 
2.
 
Servis faoliyatini xo‘jalik amaliyotidagi o‘rni 
3.
 
Servis faoliyati ehtiyoj sifatida 
Mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish va servis sohasi rivojlanishiga 
mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi 
sifatida qaralmoqda. Mamlakatimizda xizmatlar bozori xizmatlarning yangi istiqbolli 
turlari – turizm, bank–moliya, sug‘urta, axborot-kommunikatsiya va boshqa 
xizmatlarni rivojlantirish hisobidan takomillashib bormoqda. Oilalarni murakkab 
maishiy texnika, kompyuter va shaxsiy avtotransport bilan ta’minlashni keskin 
oshirish ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tobora ko‘payishiga imkon 
yaratdi.SHu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mazkur 
yo‘nalishga taalluqli qonun va kodekslari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
turizmga oid qator farmonlari ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Mamlakatimizda 
turizm sohasiga katta e’tibor berilib, ko‘plab ommaviy axborot vositalarida ham 
turizm to‘g‘risida ko‘rsatuv va materiallar berilayotganiga guvoh bo‘lishimiz 
mumkin. 
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 mayda qabul 


156 
qilingan "2012-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasini 
rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” gi qarori ushbu sohani yanada rivojlantirish va 
kuchli turtki bo‘ldi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2012yilda mamlakatimizni 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013yilga mo‘ljallangan iqtisodiy 
dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar 
Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida 2012-yilda xizmat ko‘rsatish sohasi ham 
yuqori sur’atlar rivojlani va ushbu yilda aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi qariyb 
15 foizga o‘sgani, sohaning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi esa 
bugungi kunda 52 foizdan ziyodni tashkil etgani ta’kidlab o‘tildli. 
Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, turizm taraqqiyoti uchun 
faqatgina jozibador maskanlarning mavjud bo‘lishining o‘zi etarli emas. Mahalliy 
turistik infratuzilmani ham etarli rivojlantirish lozim, ya’ni hududda ichki turizmning 
ham o‘rni katta bo‘lib, undan daromad olish, mahalliy aholi talablarini qondirib, unga 
xizmat ko‘rsatish, aholining saviyasini oshirish, odamlarni ish o‘rinlari bilan 
ta’minlash imkoniyatlarini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. 
Davlat miqyosida amalga oshirayotgan chora-tadbirlar tufayli O‘zbekiston yil 
sayin turizm o‘lkasiga aylanmoqda. Bu, o‘z navbatida, xalqaro aloqalarni 
rivojlantirish, xalqimizning boshqa millatlar bilan hamkorligini kuchaytirish imkonini 
bermoqda. O‘zaro hamkorlikning kuchayishi esa mamlakatimizga jalb etilayotgan 
xorijiy investitsiyalar hamda turistik xizmat eksportining o‘sishiga xizmat qiladi.
Servis faoliyati iqtisodiy faoliyati turi bo‘lib, bozor munosabatlari doriasida va 
ishchilarni malakaviy tayyorgarligi asosida jamiyat ne’matlarini yaratishga, xizmatlar 
ko‘rsatishga, servis mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan. Servis faoliyati 
ixtisoslashgan xizmat ko‘rsatish strukturalari, ya’ni uni sub’ektlari tomonidan 
generatsiya (ishlab chiqariladi, sotiladi) qilinadi. Bu sub’ektlar jamiyat ehtiyojlari 
masshtab va xususiyatini baholagan holda hamma hohlovchilarga o‘z xizmatlarini 
taklif etish va ularni qondirishga intilishadi. Sub’ektlar sifatida aniq tadbirkorlar yoki 
servis tashkilotlari jamoalari bo‘lishlari mumkin. Bunday tashkilotlar ro‘yxatini 
keltiramiz 

firmalar, jumladan ixtisoslashganlar uchun, sayyohlik, mehmonxona, davolash 
firmalari; 

korxonalar, jumladan ixtisoslashganlar transport, aviatsiya, ta’mirlash, savdo; 

byuro, kontoralar – yuridik, informatsion – reklama, uy-joy foydalanish; 

muassasalar (huquqni muhofaza qilish, madaniy muassasalar va boshqalar) – 
militsiya bo‘linmalari, kinoteatrlar, teatrlar, muzey, kutubxonalar; 

tashkilotlar – prokat, bank, omborxona, sug‘urta, muhofaza, san’at sohasidagi 
va boshqalar. 
Servis faoliyati sub’ektlarini faoliyati to‘liq yoki qisman bozor almashinuvi 
tomoyillariga asoslangan, shuningdek huquqiy va adminstrativ-tashkiliy xarakterdagi 


157 
ko‘rsatmalarga buysindirilgan. Xizmatlar sohasidagi biznes ko‘pgina hollarda 
kommersiya (tijorat) asosida amalga oshirilib yuqori mehnat unumdorligiga, past 
tannarh va xizmat raqobatbardoshligiga erishish maqsad qilib qo‘yiladi. Ayni shu 
vaqtda ko‘pgina davlat tashkilotlari aholiga aralash asosda (qisman tijorat asosida; 
qisman jamiyat ne’matlarini bepul taqsimlash mexanizmi asosida) xizmat ko‘rsatadi. 
Umuman olganda servis faoliyati keng jamiyat va shaxsiy ehtiyojlarni qondirilishini 
ta’minlaydi va zamonaviy iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni samarali 
rivojlantiradi. 
Xizmat ko‘rsatishdagi mehnat qator bozorga xos bo‘lmagan elementlarga boy. 
Xizmat ko‘rsatishdagi mehnat foydali qazilmalar qazib olish yoki sanoat va 
qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish mehnatidan farq qiladi. Keyingi holatda ishchi 
fizikaviy materiallarni qayta o‘zgartiradi yoki bioresurslar bilan ishlaydi. Tabiiy xom-
ashyolarni qazib olishda, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirishda, sanoat tovarini 
yaratishda odam ancha energiya sarflaydi, bu sarfni esa oson hisoblash va mehnatga 
to‘lov sifatida qoplash mumkin. Bu jarayonda ishchi boshlang‘ich materialni 
o‘zgartirib oxirida tovar sifatiga ega bo‘lgan yangi xom-ashyo yoki mahsulot (yarim 
tayyor mahsulot, hosil, mashina, maishiy predmetlar yoki kiyim-bosh) oladi. Olingan 
mahsulot shakl, og‘irlik, hajm va boshqalarga ega bo‘lib, uni narh sifatlarini 
aniqlashni osonlashtiradi. 
Xizmat sohasidagi mehnat ko‘p hollarda boshqacha tavsifga ega. Bu erda ishchi 
eng avvalo odam, uni ehtiyojlari va hohishlari bilan ish ko‘radi. Xizmatlar o‘rab 
turgan dunyoda, odamni qiyofasida yoki uni ongida ma’lum o‘zgarishlarni sodir 
etsada, ammo bu o‘zgarishlar yaqqol seziluvchan predmet – moddiy xarakterga ega 
bo‘lmaydi. Xizmat ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari harakat qilyotgan vaziyat, 
ularni birgalikdagi tirishishlarisiz amalga oshmaydi. 
Servis xizmatchisi xizmatni amalga oshira turib, aniq narsalarni o‘ta nozik 
xususiyatlari, ijtimoiy aloqalar, odamlarni psixologiyasi va ongi bilan ish ko‘radi. 
Xizmatlar ishlab chiqarishdagi harakatlar xarakteri ob’ektiv sifati(strukturasi)ga ko‘ra 
murakkab bo‘lib, bu esa uni natijalarini baholashni qiyinlashtiradi. 
SHunga qaramasdan xizmat bilan bog‘liq mehnat o‘zini bozor narxiga ega. 
Servis faoliyatini ko‘rsatkichlari milliy statistikani, to‘laqonli komponentni deb 
tan olingan. 
Servis faoliyatiga o‘ziga xos xususiyatlar bag‘ishlovchi xizmatlar belgilari: 

xizmat ko‘rsatish jarayoni shunday faoliyatki, unda ishlab chiqaruvchi va 
iste’molchini sheriklik o‘zaro ta’siri xos; ushbu faoliyat natijasi sifatida xizmat 
iste’molchisi uchun muhim bo‘lgan foyda, ne’mat yaratiladi va shu sababli u xizmat 
ishlab chiqaruvchisi mehnatini bozor narxlarida to‘laydi; 


158 

ko‘rsatiladigan xizmatlar sezilmaydigan, nomoddiy xarakterga ega, ammo 
xizmatlarni amalga oshirish uchun material resurslar, moddalar, texnika, maxsus 
jihozlar zarur bo‘ladi; 

xizmatlar ular ko‘rsatilgunga qadar mavjud bo‘lmaydi, ularni saqlash va taxlab 
qo‘yish mumkin emas. Xizmatlarni ishlab chiqish jarayoni ularni iste’mol qilinishi 
bilan bir vaqtda kechadi; 

iste’molchi ko‘p hollarda xizmat ko‘rsatish jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ishtirok etadi. Ammo qator xizmatlarni ishlab chiqish iste’molchini ishtirokisiz 
boshlanishi mumkin, iste’molchi esa xizmat ko‘rsatishni ma’lum bosqichida paydo 
bo‘lishi mumkin. Iste’molchi xizmat ko‘rsatish jarayonida albatta, paydo bo‘lishi 
kerak, chunki u siz xizmat yakuniy tavsifiga ega bo‘lmaydi; 

xizmat iste’molchisi uni mulkdori bo‘la olmaydi. Ammo bu xizmat 
ko‘rsatilayotgan narsalarga tegishli emas (ta’mirlangan dazmol, tikilgan kiyim); 

xizmat ko‘rsatish faoliyatdir, shuning uchun iste’molchi tomonidan to‘lanmay 
turib baholanishi mumkin emas; 

aniq xizmat o‘zini iste’mol qiymatiga ma’lum vaqt davomida aynan shu 
yo‘nalishga ega bo‘ladi, bu esa uni bozorda almashinishi imkoniyatini chegaralaydi. 
Bu xususiyatlar xizmatlar va servis faoliyatini ishlab chiqaruvchidan mahorat, 
hayotiy tajriba, tashabbuskorlikni, odamlar bilan ishlay olishni talab etuvchi iqtisodiy 
faollik bo‘lishini ta’minlaydi. 
SHu bilan birga turli xizmatlar bir-biriga nisbatan o‘zaro to‘ldiruvchilik 
xarakterida bo‘lishadi, busiz servis faoliyati amalga oshmaydi. Misol uchun, 
metropolitendagi transport xizmatlari doimiy ravishda elektr toki berilishi bilan 
(energetiklar xizmati), informatsion xizmatlar, stansiya va o‘tish yo‘llaridagi 
tozalikni saqlash xizmatlari, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, savdo xizmatlarini 
mavjud bo‘lishi bilan kechadi. 
Servis sub’ektlari o‘zaro ta’sir etishib va bir-birlarini faolligini to‘ldirib servis 
mahsulotini yaratishadi. Servis mahsuloti aniq xizmatga nisbatan ancha murakkab va 
hajmli hodisalar. Ushbu mahsulot quyidagi komponetlarni harakati yig‘indisi sifatida 
qaraladi: 

ushbu xizmat turini ishlab chiqarishga aloqador barcha servis faoliyati 
sub’ektlari mehnati (aniq servis korxonalari va qo‘shni korxonalar); 

mahsulot yaratishga jalb etilgan yordamchi mexanizmlar, texnologik jihozlarni 
ishi; 

xizmatda foydalaniladigan material moddalar, predmetlar va tovarlar. 
Qator servis mahsulotlari ishlab chiqarishda tabiiy resurslar (sayyohlikda, 
sanatoriyada) qo‘lda barpo etilgan ob’ektlar (ekskursion xizmat ko‘rsatishda) 
foydalaniladi va ularsiz odamlarni o‘ziga xos talablarini qondirish mumkin emas. 


159 
Servis mahsulotni yaratishda xizmatga sezilmaydigan komponentlarni (iste’molchiga 
nisbatan firmada yaratilgan umumiy muhit, aniq ishchilarni kayfiyati, xizmat 
ko‘rsatish xonasidagi shinamlik) ahamiyati katta bo‘lib, aniq korxonani servis 
mahsulotini shakllantiradi. 
Umuman servis mahsuloti servis faoliyatini kompleksli tabiatini, shuningdek uni 
turli yo‘nalishlari va turlarini o‘zaro to‘ldiruvchanlik xarakterini aks ettiradi. 
Turli servis mahsulotlari nafaqat tashkilot va firma darjasida, balki tarmoq, 
region, milliy amaliyot darajasida ham ishlab chiqarilishi mumkin. Masalan, milliy 
turistik mahsulotni yaratilishi. 

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   309




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin