1.3.
Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish jarayoni
Xizmat ishlab chiqaruvchilarni iste’molchilar bilan bevosita va bilvosita
aloqalari jarayonlariga vaqtli tavsiflar xos. Bu aloqalar mohiyatiga ko‘ra, servisni,
xizmat ko‘rsatish jarayonini tashkil qiladi.
Xizmat ko‘rsatish
– bu mehnat
operatsiyalari tizimi, servis mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni iste’molchilar
talablarini qondira turib va ularga ne’mat va qulayliklar bera turib, ularga nisbatan
amalga oshiradigan foydali harakatlari, turli urinishlaridir.
“Xizmat ko‘rsatish” tushunchasi “xizmat” tushunchasiga yaqin. Ammo xizmat
tushunchasi iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasidagi munosabatlar mohiyatiga
qaratilgan bo‘lsa, xizmat ko‘rsatish esa bu munosabatlarni o‘z strukturasiga ega
bo‘lgan, vaqt bo‘yicha cho‘zilgan tavsifga ega bo‘ladigan bosqichli jarayon sifatida
ekanligini ta’kidlaydi. Agar xizmat ko‘rsatish qanchalik ko‘p vaqt talab qilsa, u
shunchalik katta darajada pulsatsiya rejimida amalga oshiriladi, ya’ni ishlab
chiqaruvchilarni iste’molchilar bilan aloqasi ma’lum muntazamlikda (masalan, har
kuni, haftada bir marta, oyda ikki marta va h.k) amalga oshiriladi.
Bir vaqtli xizmat ko‘rsatish bir necha daqiqadan (tovarni sotish) bir necha kun,
oylar (sayyohlarga xizmat ko‘rsatish shifoxonada kasalni tibbiy kuzatish va
boshqalar) davom etishi mumkin.
Agar aniq ishlab chiqaruvchi tomonidan bir mijozga xizmat ko‘rsatish uzoq
muddatga cho‘zilgan bo‘lsa (bir necha oydan bir necha yilgacha), unda u davriy,
ya’ni ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar o‘rtasidagi aloqa teng vaqt oraliqlaridan
keyin amalga oshiriladi. Bunday vaqt oraliqlari turlicha bo‘lib, oylik yoki yillik
rejimda amalga oshiriladi. SHunday qilib, sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish turlari,
ta’limdagi, advokatlikdagi, sug‘urta amaliyotidagi va boshqalar kabi turli xizmat
ko‘rsatish shakllari generatsiya qilinadi.
Sotuvchi va iste’molchini o‘zaro ta’sirining turli bosqichlaridagi har xil
xizmatlar nabori keltirib chiqaradigan xizmat ko‘rsatishni bir xil bo‘lmagan o‘ziga
xosligini ko‘rib chiqamiz. Xizmat ko‘rsatishni boshlanishiga qadar ham xizmat ishlab
chiqaruvchisini va ham iste’molchisini aloqaga tayyorligini shakllantiruvchi davr
mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi ma’lum tur va tavsifdagi o‘z xizmatlarini taqdim
194
etishga tayyor bo‘lib, bu haqdagi informatsiyani mumkin qadar kengroq tarqatishga
tayyor. Iste’molchini ham ma’lum turdagi xizmatlarga ehtiyoji paydo bo‘ladi. U
bunday xizmatni kim va qaerda, unga taqdim eta olishi haqidagi ma’lumotni izlaydi.
Ko‘rsatilgan holatlar iste’molchi va ishlab chiqaruvchini birinchi aloqasi uchun
zamin hozirlaydi.
Birlamchi aloqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita (tenxnik aloqa vositalari orqali)
xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Ammo u hamma hollarda ikkala tomon uchun ham
o‘ta muhim hisoblanadi. Aloqa davomida sotuv oldi xizmat ko‘rsatishi malaga
oshiriladi. Bunday xizmat ko‘rsatish mahsulot yoki servis mahsuloti elementlarini
bo‘lg‘usi iste’molchiga ko‘rsatishni, uning xususiyatlari, uni olish va keyingi xizmat
ko‘rsatish shartlari to‘g‘risida ma’lumot berilishini taqozo qiladi.
Ko‘pgina servis turlarida mijozga sotuv oldi xizmat ko‘rsatishga faol ishtirok
etish sharoitlari yaratiladi. Masalan, atele, kiyim-kechak va payafzal magazinlarida
mijoz unga yoqib qolgan narsalarni kiyib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Maxsus uyushtiriladigan degustatsiyalarda iste’molchilarga mahsulotni tatib ko‘rish,
uni tayyorlash jarayonini ko‘rish va boshqalar imkoniyati beriladi. Sotuv oldi xizmat
ko‘rsatish hamma vaqt tekin.
Servis faoliyatini tashkilotchilari sotuv oldi xizmat ko‘rsatishga alohida e’tibor
berishadi. Informatsion – ma’lumot xizmat ko‘rsatishda, tovar va mahsulotlarni
ko‘rsatishda maxsus tanlangan, tayyorlangan ishchilar – agentlar jalb etiladi. Ular
sotuv oldi xizmat ko‘rsatishni hamma turlarini tez va malakali amalga oshira olishlari
lozim: istemolchilarga zarur ma’lumotni berishi, tovar yoki xizmatlarni ba’zi
natijalarini ko‘rsata olishi, ularni firmali servisni yuqori darajaligiga ishontirishi va
sotuvni amalga oshirishga vaj ko‘rsatishni.
Servis faoliyatini amaliyotida informatsion va taqdimot ta’minoti bilan
bog‘langan ushbu davr puxta kuzatiladi va tahlil etiladi. Sotuv oldi xizmat
ko‘rsatishni rejalashtirish, hisobga olish va sifatini baholashda muhim ahamiyat kasb
etuvchi ko‘rsatkichlar ajratiladi. Bu birinchi navbatda tashrif buyuruvchini (bo‘lg‘usi
mijoz, buyurtmachi) agentni navbat, uni bo‘lmasligi va boshqalar sababli kutishga
sarflangan vaqti. Teskari holatlar, ya’ni agent tomonidan buyurtmachini navbatdagi
tashrif buyurishi yoki qo‘ng‘irog‘ini kutishlari ham kuzatiladi.
Bunday mijoz bilan bo‘ladigan dastlabki aloqalarga xizmat ishlab chiqaruvchisi
asosiy xizmat ko‘rsatishga nisbatan ko‘proq vaqt sarflashi mumkin. Bir tomondan,
ushbu vaqt hajmi ma’lum chegaralardan oshmasligi kerak va uni doirasidan
tashqarida bu tashrif buyuruvchiga ishchi vaqtni ajratish foydali emas. Boshqa
tomondan,
ishlab
chiqaruvchi
birinchi
qiyinchiliklardan
keyin
bo‘lg‘usi
buyurtmachidan voz kecha olmaydi, chunki bu sotuv hajmini pasaytirishi, firma
obro‘siga ta’sir etishi mumkin.
Iste’molchilar bilan birlamchi kontaktga xos bo‘lganlar xizmat ko‘rsatishni
195
asosiy jarayoni uchun ham muhim bo‘lib qolaveradi. SHuning bilan birga, xizmat
ishlab chiqarishni bu bosqichi servis faoliyatini turli yo‘nalish, tur va shakllaridagi
sifat mohiyatlari bilan belgilanadigan o‘ziga xos tavsifga ega.
Xizmat ko‘rsatish jarayonini o‘ziga xos etuvchi, ko‘p tajriba va mahorat talab
etuvchi sifatlarga to‘xtalamiz. Ishlab chiqaruvchi xizmat ko‘rsatish jarayonida
ko‘rsatadigan xizmatlar, ularni bajarilishida ko‘p hollarda xom-ashyo, nrsalar,
texnika va maxsus jihozlarni foydalanishi bilan kechishiga qaramasdan
sezilmaydigan, nomoddiy tavsifga ega. Masalan, sotuvchi xaridorga mebelni, bank
ishchisi buyurtmachiga moliyaviy kreditni rasmiylashtiradi va beradi, tikuvchi
mijozga kiyim tikadi, Tish doktori patsientni kasal tishiga plomba qo‘yadi va hokazo.
Xizmat ko‘rsatish yakunlangandan keyin har bir iste’molchi mutaxassis ishini
baholashi mumkin, xizmatni qabul qilishi yoki qilmasligi mumkin. Xizmat
ko‘rsatishni ko‘pgina segmentlarida xizmat uni yaxshi sifatliligi buyurtmachi
tomonidan tan olingandan keyin to‘lanadi.
Ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi munosabatlar moddiy narsalar va
predmetlar atrofida bo‘lgan funksional tavsifi, ma’lum sifatlari atrofida
konsentrlanadi. YUqorida sanab o‘tilgan xizmat ishlab chiqaruvchilari quyidagilarga
majbur:
iste’molchiga uni oldida qanday tovar turganligi haqida to‘liq ma’lumot
berishi;
tez, to‘g‘ri bank kreditini rasmiylashtirishi va berishi;
yangi narsani tikishi yoki yaroqsizini ta’mirlashi;
kasal tishni davolashi.
Iste’molchi sotuvchi, bank ishchisi, tikuvchi, tish doktori bilan uchrashgach,
ko‘rsatilgan xizmat mulkdoriga aylanmaydi, faqat narsalar, pullar yoki tiklangan
sog‘liq egasi bo‘ladi.
Nomoddiy bo‘lgan holda xizmatlar katta miqdor va hajmlarda iste’mol qilinishi
mumkin, ammo ularni taxlash, jo‘natish, oldindan kelgusiga tayyorlab qo‘yish
mumkin emas. Bularni hammasi yana bir marta xizmat ishlab chiqaruvchilarni va
ular iste’molchilari o‘rtasidagi bevosita kontaktlarni xizmat ko‘rsatish sohasidagi
ahamiyati haqida guvohlik beradi.
Xizmat ko‘rsatsh davomida ishlab chiqaruvchi va iste’molchini o‘zi ma’lum
kontakt zonasi doirasida o‘zaro ta’sir etishadi, bu zona esa turli servis turlarida va
turli korxonalarda turlicha tashkil etilgan, turli ko‘lamga ega turli sharoitlarda amal
qiladi. Ko‘pgina hollarda kontakt zonasi ishchisi va iste’molchi firma ofisidagi
xizmat stolini turli tomonlarida o‘tirishadi. Bu holda ishchi o‘z xizmatini taklif eta
turib, iste’molchi ro‘parasida turadi yoki ular o‘rtasida harakat qiladi (masalan,
auditoriyadagi o‘qituvchi, avialayner salonidagi styuardessa va boshqalar). Hamma
bu hollarda ishlab chiqaruvi va xizmat iste’molchisi o‘rtasidagi masofa o‘rtacha 1 m
196
dan 70 sm diapozonda o‘zgarishi kerak.
Dastlabki buyurtmalarni qabul qilish bilan bog‘liq bank yoki pochta xizmat
ko‘rsatishi jarayonida, xizmat ko‘rsatishda kontakt zonasi maxsus qabulxonasida
shakllantiriladi. Bitta ishchi o‘ringa 3-3,5 m
2
maydon ajratiladi. Servis ishchisi va
iste’molchi o‘rtasidagi kontakt chizig‘i pul va hujjatlarni uzatish uchun teshikli tiniq
ekran o‘rnatilgan yog‘ochli ustun bilan ajratiladi. Servis ishchisi ekranni bir tomonida
o‘tirib mijozlarga xizmat ko‘rsatadi, ayni shu vaqtda ular navbat bilan xizmatni
iste’mol qilishadi. Bu holda ekran kontakt zonasi ishchisi asabini yuklamalardan
himoya qilib, himoya funksiyasini bajaradi, chunki kontakt zonasi chegaralangan,
iste’molchilar oqimi esa doimiy xarakterga ega.
SHu bilan bir qatorda shaxsiy xizmatlarni ko‘p qismi o‘ta siqilgan kontakt
zonasi fazosida ko‘rsatiladiki, unda ishchi mijozga juda yaqin keladi. Bu sartaroshlik,
kosmetik, hammom xizmatlarini amalga oshirish, restoran, sanitar sog‘lomlashtirish,
madaniy valeologik xizmat ko‘rsatish jarayonlarida va boshqalarda ro‘y beradi.
Bunda xizmat iste’molchisi tik turishi (kasalni vrach tomonidan ko‘rish protsedurasi),
o‘tirgan bo‘lishi (ofitsiant xizmat ko‘rsatayotgan restoran tashrif buyuruvchisi) yoki
yotgan bo‘lishi (tibbiy hamshira tomonidan uqalash mulojasini olayotgan sanatoriy
dam oluvchisi).
Sanab o‘tilgan barcha holatlarda xizmatni amalga oshiruvchi ishchi mijozni
bevosita yaqinida ishlash kasbiy ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Bu xizmatlar
odamni eng nozik va o‘ziga xos ehtiyojlarini (vital-rekreatsion, kosmetik, yakka didli
yoki intim) qondirishga qaratilgan.
Bu hollarda servis ishchisiga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat: o‘ta
zaruriyat bo‘lmasa mijozga noqulaylik yaratmaslik; ularda og‘riqli yoki noxush
holatlarni paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik; marhamatli va vaziyatdan chiqib keta
oluvchi. Kontakt zonasi ishchisi iste’molchini (patsient, mijoz) turli reaksiyasida ham
bir tomondan do‘stona munosabatni, ochiq chehralikni, boshqa tomondan esa
xushmuomalalik, vazminlikni saqlashi kerak. Kontakt zonasini fazosi siqilgan servis
turlarida personalni ko‘pgina xatti-harakatlari va xizmat ko‘rsatish protseduralari
qattiq va birma-bir me’yorlangan.
Servisda xizmat va xizmat ko‘rsatishni ba’zi turlari borki, ularda ishlab
chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi aloqa minimumga etkazilgan. Bunday hollarda
servis ishchilari mijozlarga ular xizmatini mustaqil iste’mol qilish uchun imkoniyat
va sharoit yaratadilar. SHunday o‘ziga xos xususiyatlarga aloqa xizmati,
informatsion-kompyuter xizmat ko‘rsatish, mehmonxona servisi egadir. CHunonchi,
mehmonxona servisi an’analari mijoz qavatlarda oqsoch ma’mur (boshqaruvchi)
ishini ko‘rmasligini qattiq belgilab qo‘ygan, ammo bunda mijozga zaruriyat
bo‘lganda hohlagan vaqtda ularga murojaat qilish huquqi saqlanib qolinadi.
Servisni ko‘pgina turlari mavjudki, ular mijoz ishtirokisiz generatsiya qilinadi.
197
Masalan, ta’mirlash-maishiy xizmatlar, tovarni tashish xizmatlari, qator ishlab
chiqarish xizmatlari va boshqalar ana shunday xizmatlar hisoblanadi. Bunda xizmat
ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari faqat buyurtma berish va ish yakunlangandan
keyin aloqa qilishadi. Bu hollarda ham mijoz buyurtmani qabul qilishi, uni to‘lashi
lozim, shu bilan xizmatni amalga oshganligini tan oladi.
Xizmat ko‘rsatishni maxsus bosqichi sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish bilan
bog‘liq. Dastlab bu bosqich uzoq maddatli foydalanish texnika va tovarlarini sotish
jarayonida rivojlana boshladi. U ishlab chiqaruvchini servis filiallari tomonidan
generatsiya qilingan. Bunda iste’molchiga tovarlarni etkazish, uni montaj qilish,
o‘rnatish, sozlash, komplektlovchi nabor bilan ta’minlash, texnikaviy xizmat
ko‘rsatish va ekspluatatsiya nazorati, shuningdek, ta’mirlash (joriy, o‘rta, kapital)
tashkil qilinar edi. Oxirgi yillarda sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatishni yana bir turi,
ya’ni o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan tovarni yo‘qotish paydo bo‘ldi.
Sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatishni ikki xili ma’lum: kafolatli va kafolatdan
keyingi xizmat ko‘rsatish. Kafolatli xizmat ko‘rsatish tekin va ishlab chiqaruvchi
firmani kafolat muddatida bu tovarni sotib oluvchi iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish
bo‘yicha majburiyatlari – hujjatli kafolati (poruchitelstva) asosida amalga oshiriladi.
Kafolatli xizmat ko‘rsatish quyidagi xizmat turlari bog‘liq: tovarni iste’molchi ko‘z
o‘ngida konservatsiyadan chiqarish, uni yig‘ish va ishga tushirish, tekshirish, sozlash,
iste’molchini to‘g‘ri ekspluatatsiya qilishga o‘rgatish, ehtiyot qismlarni etkazish va
boshqalar. Kafolatli majburiyatlar iste’molchini tovarga nisbatan xatti-harakatidagi
ba’zi cheklashlar bilan bog‘liq. CHunonchi, kafolat muddatida tovarni iste’molchi
tomonidan yoki begona mutaxassis tomonidan ta’mirlanishi taqiqlangan.
Kafolat muddati o‘tgach servis pullik amalga oshiriladi. Umuman olganda,
kafolatli va kafoltadan keyingi xizmat ko‘rsatish turlari tovarga texnik xizmat
ko‘rsatishni, iste’molchini etiyot qismlar bilan ta’minlashni, joriy va kapital
ta’mirlashni, majburiy modernizatsiyalashni, o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan tovarlar
qoldiqlarini to‘liq utilizatsiya qilishni nazarda tutadi.
Umuman olganda, sotilgan tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan amalga
oshiriladigan sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish turlari, ularni kuchayayotgan
raqobat sharoitida yashash zaruriyatidan kelib chiqadi. Sotuvdan keyingi xizmat
ko‘rsatishni tashkil etish firma ishlab chiqaruvchini oz bo‘lmagan harajatlari bilan
bog‘liq. Dunyo amaliyoti ishlab chiqaruvchilarga bunday xizmat ko‘rsatishni nafaqat
ishlab chiqarilayotgan, shuningdek, ishlab chiqarishdan olingan texnika va jihozlarni
to‘liq xizmat qilish muddati davomida tashkillashtirishga javobgar ekanliklarini talab
qilmoqda.
Ammo ishlab chiqaruvchilar o‘zlarini servis firmalari orqali muqarar korxona
faoliyatini umumiqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilaydilar. Sotuvdan keyingi
harajatlar yuqori bo‘lmasligi uchun korxona o‘z mol
198
sifati va mutahkamligini yaxshilashi, ularni tannarxini pasaytirishga majbur
bo‘ladilar. Bularni hammasi korxonani iqtisodiy rivojlanishini yaxshilaydi.
Dostları ilə paylaş: |