34
sifatida qaraladi. Shuni ta’kidlash joizki, global marketing asosida innovatsion
tovarni ehtiyojlarni qondirishning standartlashgan va iste’molchilarning keng
segmentlari uchun qulay va arzon bo‘lgan usuliga aylantirish g‘oyasi yotadi.
Bozorning globallashuvi mamlakatlar va ayrim hududlarning o‘z chegaralaridan
tashqarida faoliyat ko‘rsatishga intilishiga aytiladi. Bu haqda savdoning
liberallashuvi, investitsion to‘siqlarning olib tashlanishi, erkin tadbirkorlikning paydo
bo‘lishi va boshqalar dalolat beradi. Yirik korxonalar doirasida esa globallashuv ichki
bozor chegaralaridan chiqish va jahon bozorini o‘zlashtirishga umumiy
yondashuvning shakllanishini bildiradi. Bularning hammasi shunday xulosaga olib
keladiki, zamonaviy marketing yo‘nalishlari va tendensiyalari korxona darajasida
muvaffaqiyatli amalga oshirish uni boshqarish konsepsiyasi sifatida qabul qilish,
funksiyalararo koordinatsiyaning rivojlanishi va qarorlarni qabul qilish, korporativ
madaniyatni takomillashtirish bo‘yicha funksiyalararo guruhlarning yaratilishini talab
qiladi.
Ishonchimiz komilki, marketing kelajagi aynan ana shu konsepsiya bilan
bog‘liq. Ba’zi bozorlarda esa u allaqachon ustunlik qilmoqda. Dorilar, o‘yinchoqlar,
oziq-ovqat mahsulotlari, sport jihozlari, kompyuterlar va boshqalarni ishlab
chiqarishni misol sifatida keltirishimiz mumkin
5
.
Bundan buyon iste’molchilar bozorda uyushgan kuch tarzida namoyon
bo‘ladilar. Bu esa tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatida ancha qiyinchiliklarga olib
keladi. Konsyumerizm, qisqacha qilib aytganda, iste’molchilarning o‘z huquqlarini
himoya qilishi yo‘lidagi harakati deb tushuntiriladi. Bunda iste’molchilarning
harakati
iqtisodiy
evolyusiyaning
mahsuli
sifatida,
ishlab
chiqaruvchilar
iqtisodiyotidan iste’molchilar iqtisodiyotiga, sotuvchilar bozoridan xaridorlar
bozoriga o‘tish sifatida qaraladi. Konsyumerizm marketing konsepsiyasiga
ishonchsizlik bildirmaydi, balki uning amaliyotda real tadbiq etilishini talab qiladi.
Tabiiy resurslarning cheklanganligani anglab olish va iste’mol va marketingning
atrof-muhitga ta’siridan tashvishlanishni ifodalovchi environmentalistik harakat
rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga ekologik muammolarga e’tibor kuchaymoqda.
Ekologiya firma tashqi muhitining omili sifatida qaralmoqda. «YAshil marketing»
harakati rivojlanmoqda, bu esa ekologik jihatdan toza bo‘lgan mahsulotni ishlab
chiqarishni kengaytirishga ko‘maklashadi.
Dostları ilə paylaş: