Strategik menejment


Iste’molchilarga yo‘naltirilgan marketing strategiyalaini loyihalash



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/309
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162872
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   309
Strategik menejment

2.5.Iste’molchilarga yo‘naltirilgan marketing strategiyalaini loyihalash
1
.
Bozor va iste’molchilar to‘liq tushunilgandan keyin, marketing boshqaruvi endi 
iste’molchiga yo‘naltirilgan marketing strategiyalarini loyihalashi mumkin. Biz 
marketing boshqaruvini maqsadli bozorni tanlash va u bilan samarali munosabatlarni 
qurish san’ati va fani deb tushunsak bo‘ladi. Marketing menejerlarining asosiy 
maqasdi yuqori darajadagi iste’molchi qiymatini shakllantirish orqali xaqiqiy 
iste’molchilarni topish, ularni jalb etish va ular sonini oshirishdan iboratdir. Samarali 
marketing strategiyasini loyihalash uchun marketing menejerlari quyidagi ikkita 
savolga javob topishlar kerak:
- qanday iste’molchilarga xizmat ko‘rsatamiz? 
- va bu iste’molchilarga qanday qilib xizmat ko‘rsatamiz? 
Xizmat ko‘rsatish uchun iste’molchilarni tanlash.
 
Kompaniya avvalo kimga 
xizmat ko‘rsatish kerakligi bo‘yicha qaror qabul qilishi lozim. Uni kompaniyalar 
iste’molchilarni segmentlarga ajratish orqali amalga oshiradi. Bazilar marketing 
boshqaruvini imkoni boricha ko‘proq iste’molchilarni topish va bu orqali talabni 
oshirish deb hisoblaydi. Ammo marketologlar bozordagi barcha iste’molchilarga 
xizmat qila olmasligini tushunadi. Barcha iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishga 
xarakat qilish orqali ular xech bir iste’molchiga xizmat ko‘rsata olmaydi. Uning 
o‘rniga ular ayrim iste’molchilarni tajratib olib, ularga yaxshi va samarali xizmat 
ko‘rsatishni xohlashadi. Qisqa qilib aytganda marketing boshqaruvi bu-iste’molchi va 
1
Philip Kotler., Gari Armstrong. “Prinsiples of marketing”2014.719p


31 
talab menejmenti hisoblanadi. 
Marketing boshqaruvi yo‘nalishlari
.
Marketingni boshqarish iste’molchilar 
bilan samarali munosabatlarni o‘rnatishga mo‘ljallangan strategiyalarni ishlab 
chiishni o‘z oldiga asosiy vazifa sifatida qo‘yadi. Ammo bu marketing 
strategiyalarini qanday falsafa olg‘a suradi? Jamiyat, tashkilot va istemolchilar 
manfaatlariga qanday baho beriladi? Ko‘p hollarda bu savollar munozarali bo‘lib 
bqolmoqda.
Quyidagi beshta muqobil konsepsiyalar asosida kompaniyalar o‘z marketing 
strategiyalarini loyihalaydilar va amalga oshiradilar ya’ni: 
-
ishlab chiqarish konsepsiyasi; 
-
mahsulot konsepsiyasi; 
-
sotish konsepsiyasi; 
-
marketing konsepsiyasi; 
-
ijtimoiy marketing konsepsiyalaridir. 

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   309




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin