63
aylanadi. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun menejerlar quyidagi
savollarga javob topishlari lozim:
1)tarmoqdagi xarakatlantiruvchi kuchlarni xisobga
olganda firmaning bugungi
strategiyasi ma’qulmi;
2)firmaning amaldagi strategiyasi tarmoqning kelajakdagi muvaffaqiyatning
kalit omillariga
mos keladimi;
3)tarmoqdagi 5 ta raqobat kuchlaridan amaldagi strategiya yaxshi ximoya
qiladimi;
4)qanday vaziyatlarda bugungi strategiya kompaniyani
tashqi xavflar va ichki
zaifliklardan ximoya qila olmaydi;
5)bir yoki bir nechta raqiblarning xujumi kompaniyaga zarar etkaza oladimi,
agar etkaza olsa qanday zarar
etkaza oladi;
6)kompaniya raqobat ustunligiga egami yoki u raqobatchilikdagi kamchiliklarni
tugatish uchun yanayam ko’proq ishlashi kerakmi;
7)bugungi strategiyaning kuchli va zaif tomonlari nimalardan iborat;
8)kompaniyaning raqobat pozitsiyasini kuchaytirish uchun qo’shimcha choralar
ko’rish lozimmi;
Ushbu savollarning javoblari kompaniya amaldagi strategiyasini davom ettirgani
ma’qulmi yoki strategiyani tubdan o’zgartirish lozimmi degan savolga javob beradi.
Vaziyat taxlilining sunggi bosqichida kompaniyaning
ish rejasini tashkil
qiluvchi barcha muxim strategik yondashuvlar aniqlanadi. U bajarilgan vaziyat
taxhliliga tayanishi va quyidagi savollarga javob berishi kerak:
- mavjud strategiya tarmoqdagi xarakatlantiruvchi kuchlarga mosmi?
- mavjud strategiya tarmoqning kelgusidagi
muvaffaqiyat omillari bilan
qanchalik kuchli bog’liq?
- mavjud strategiya xozir va ilgari emas, kelgusidagi
beshta raqobat kuchidan
qanchalik yaxshi ximoyalangan?
- mavjud strategiya kompaniyani ichki xatarlar va tashqi zaifliklardan ximoyalay
oladimi?
- kompaniya bir yoki bir nechta raqiblarning xujumlaridan xavfsirashi kerakmi?
- kompaniyaning qiymat pozitsiyasini yaxshilash,
ijobiy imkoniyatlarni
kupaytirish yoki uning raqobatli pozitsiyasini yaxshilash uchun qo’shimcha chora-
tadbirlarni amalga oshirish kerakmi?
Dostları ilə paylaş: