60
zaif tomon (wrekness), imkoniyatlar (opportunities), havf-xatarlar (threats)) va
STEP-tahlil (step dan olingan: ijtimoiy (social), texnik (technical),
iqtisodiy
(economic), siyosiy (political) omillar) hisoblanadi. SVOT-tahlil asosida tashqi muhit
tahlilini o’tkazish uslubini qisqa ko’rib chiqamiz.
SVOT-tahlil ikki qismdan iborat:
1) korxona uchun hozir va kelajakda vujudga kelishi mumkin bo’lgan tashqi
imkoniyatlar va xavflar o’rganiladi;
2) korxonaning kuchli va zaif tomonlari o’rganiladi. Bunda korxona potentsial
baholanadi.
Korxonaning kuchli (yuqori malaka, kompetentlik,
mos texnalogiya,
xaridorlarda yaxshi obro’ga ega bo’lishi, xarajatlar, raqobat sohasidagi ustunlik,
adekvat moliyaviy resurslar va h.k.) va zaif (aniq strategik yo’nalishlarning yo’qligi,
eskirgan
uskunalar, tor ishlab chiqarish assortimenti, past marketing imkoniyatlari,
bozor va raqiblar xaqida tasavvurga ega bo’lmaslik va h.k.)
tomonlari, shuningdek
imkoniyatlari (yangi bozorlarga chiqish, ishlab
chiqarishni kengaytirish, investitsion
fondlarning qiziqishi, iste’mol bozorining tyinmaganligi va h.k.) va havf-hatarlari
(yangi raqiblarning paydo bo’lishi, o’rinbosar mahsulot sotuvining o’sishi,
xukumatning
noqulay siyosati, xaridorlar ehtiyojlari va didlarining o’zgarishi,
noqulay demografik, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa o’zgarishlar va h.k.)
ning aniq
ro’yxati tuzilganidan so’ng ular o’rtasidagi aloqalarni o’rnatish uchun SVOT
matritsasi tuziladi (z-rasm).
4.2.rasm.Omillarning o’rtasidagi aloqalarni o’rnatish uchun tuzilgan
Dostları ilə paylaş: